O‘zbеkiston rеspublikаsi


/8  barrel vino (o‘zidagiga nisbatan  5/6



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə368/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   410
MIKRO MAKRO

11/8 
barrel vino (o‘zidagiga nisbatan 
5/6 
barrel) sotib 
olishi mumkin. Ushbu vaziyatda Angliyaning yutug‘i: 
9 / 8 - 5 / 6 =7 / 24 = 0,29 barrel vino. 
Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga 
9/8 
dona movut sotib 
olgandagina xalqaro sovda foydali hisoblansa, Angliya uchun esa har bir barrel 
vinoga 
5/6 
dona movut almashganda savdo foydali hisoblanadi. 


399 
Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni rag‘batlantirib, quyidagi 
imkoniyatlarni yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishga 
ixtisoslashishguncha o‘tgan davrgiga nisbatan kamroq moddiy va mehnat xarajatlari 
sarflaydigan bo‘ladi. Ammo, bu borada barcha nazariyalar ham savdoda 
mamlakatlarning pul birliklari ishtorokida amalga oshishi hisobga olinmagan. 
Chunki, mamlakatlar o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun valutalarini 
almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushuntirib bera olgan. U 
izohlaganidek yuqorida keltirilgan imkoniyat valutalarni almashtirish sharoitida ham 
saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import to‘lovlari o‘zaro balansga ega emas. 
Bunday vaziyat valuta kurslaridagi o‘zgarishlar hisobiga yoki biror bir mamlakatdagi 
barcha baholarni o‘zgartirish hisobiga bartaraf etiladi. Yuqoridagi misol mavhum 
xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun: 

mehnat savdo qilayotgan mamlakatlar o‘rtasida emas, balki mamlakat 
ichida harakatchan bo‘lishini; 

transport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa cheklashlar 
hisobga olinmasligini; 

mahsulotlarning yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi texnika va 
texnologiyalarni qo‘llash hamda ularni ko‘p miqdorda seriyali ishlab chiqarishda 
xarajatlardagi o‘zgarishlar e’tiborga olinmasligini ta’minlash imkoniyatlari yaratilishi 
lozim. 
Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan vaziyatlarda xalqaro savdo 
narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qo‘llash mumkin. Chunonchi, bir barrel 
Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam narxda (80) va sotib olingan 
bahodan (120) yuqori narxda sotmaslik kerak. Shuningdek, angliyaliklar movutidan 
Portugaliyada (90 dan 100 gacha) shunday tartibda sotilishi kerak. 
Mahsulotlar bahosi o‘rtasidagi o‘zaro nisbat aniqlab olingandan keyin 
«savdo sharoiti» (terms of trade) tushunchasi savdo sharoitini aniqlab olish 
uchun esa “savdo sharoiti indeks” tushunchasi kiritilgan. Bu indeks quyidagi formula 
orqali aniqlangan: 
Indeksning o‘sishi (masalan, 100 dan 105 gacha) savdo sharoitlarining 
yaxshilanayotganligini ko‘rsatadi. Ya’ni, ushbu miqdordagi importga hisob- kitob 
qilish uchun undan kam miqdorda eksport talab etiladi. 
Amaliyotda savdo sharoiti, birinchidan, tovarlar bahosi o‘zgarishi hisobiga, 
unga bo‘lgan talabning oshishi yoki kamayishiga bog‘liq. Ayrim mahsulot ishlab 
chiqaruvchilar (masalan, neft va neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar) narxlarda 
bo‘layotgan o‘zgarishlarga qaramay, katta yutuqlarga erishadilar. 


400 
Ikkinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqaruvchilar yoki etkazib beruvchilarning 
bozorga moslashishiga (egiluvchanligiga) bog‘liq bo‘ladi. 
Uchinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqarish sharoitlari yoki mahsulotlar 
iste’molidagi o‘zgarishlarga qarab o‘zgaradi. 
Savdo sharoiti indeksi mamlakatning xalqaro savdodagi holati to‘g‘risida 
ma’lumotlar bersada, ko‘pgina kamchiliklardan xoli emas. Ularning eng asosiylaridan 
biri mamlakatda umumiy sharoitni yaxshilasada, sotilgan mahsulotlar miqdorini 
hisobga olmaydi. Boshqacha aytganda, savdo sharoiti yaxshilanishi eksport hajmi 
qisqarishi va import hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa to‘lov balansini 
yomonlashtiradi. 
A. Smit va D. Rikardo nazariyasida ishlab chiqarishga ta’sir qiladigan eng 
asosiy omil mehnat hisoblangan. Mahsulotlar narxi esa ishlab chiqarish xarajatlariga 
bog‘liq. 
Keyingi tadqiqotlar ishlab chiqarishda asosiy omillar sifatida yer, kapital kabi 
omillardan foyda olish imkoniyatini hisobga olgan. Agarda, mehnatning bozor bahosi 
ish haqi sifatida gavdalansa, kapitalning bahosi foiz stavkalari ko‘rinishida, erning 
bahosi renta miqdorida aniqlangan. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin