O‘zbеkiston rеspublikаsi


A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə366/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   410
MIKRO MAKRO

33.2. A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi 
Shu paytga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari xalqaro 
savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda keltiradi degan fikrni ilgari 
suradi. Erkin tashqi savdoning zarurligi va foydaliligi to‘g‘risida dastlabki 
nazariyalardan biri A.Smitning 
mutlaq ustunlik 
nazariyasidir. Bu nazariyaga ko‘ra 
har bir mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar o‘ziga xosligiga tayangan 
holda ma’lum bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt birligida bu tovarni 
eng ko‘p) ishlab chiqirish imkoniyatiga ega. Shunday ekan mamlakat mutlaq 
ustunlikka ega bo‘lgan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ushbu tovarning o‘z 
iste’molidan ortiqcha qismini sotadi hamda boshqa tovarlarni sotib oladi. Chunki bu 
tovarlar ularni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan davlatlarda ancha 
arzon ishlab chiqarilgan bo‘ladi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab 
ko‘proq mahsulotga ega bo‘ladi. 
Masalan, 
O‘zbekiston 
asosan 
paxta 
mahsulotlarini 
etishtirishga 
ixtisoslashganligi uchun boshqa mahsulotlarga nisbatan ko‘proq shunga e’tiborni 
qaratish lozim. Chunki, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, ob-havosi va qolaversa, butun 
respublika sharoiti paxta etishtirishga moslashgan va unga kam miqdorda mehnat va 
moliyaviy resurslarni sarf qilib, yuqori hosil olish texnologiyasiga ega. Shuningdek, 
boshqa mamlakatlar ham o‘zi ixtisoslashgan sohaga ko‘proq e’tiborni qaratishsagina 
dunyo bo‘yicha ko‘proq mahsulot ishlab chiqariladi va xalqaro savdoda ham katta 
muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin. Demak, shu yo‘l bilan dunyo aholisining 
talablarini maksimum qondirish imkoniyatiga erishiladi. 
Ammo qaysidir mamlakat hech qaysi mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha 
dunyoda mutlaq ustunlikka ega bo‘lmasligi mumkin. Bu esa shu mamlakat hamma 
tovarlarni chetdan keltiradi-mi degan savolni tug‘diradi. Agar shunday bo‘lsa 
importni bu mamlakat qaysi mablag‘lar hisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga javob 
berish borasida mutlaq ustunlik nazariyasi boshi berk ko‘chaga kirib qoladi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin