O‘zbеkiston rеspublikаsi


-bob . XALQARO SAVDO NAZARIYASI



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə365/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   410
MIKRO MAKRO

33-bob . XALQARO SAVDO NAZARIYASI 
33.1. Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko‘rinishlari 
 
Hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlik darajasi ya’ni mamlakatlarning 
ixtisoslashuvi va ular o‘rtasida kooperatsiya chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar 
o‘z iqtisodiyotini rivojlantirish,iqtisodiy muammolarni hal qilish borasida tadbirlar 
ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bu holatlarni etiborga olishi shart. 
Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi 
va chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi va 
unga bog‘liq ravishda xalqaro moliya-valuta, kredit munosabatlari rivojlandi. 
Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim obyektiv sabab bilan izohlanadi. 
Birinchidan, bu tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar o‘rtasida 
notekis taqsimlanganligi. Eng katta hududga ega bo‘lgan yoki rivojlangan davlatlar 
ham barcha resurslar bilan o‘zini to‘liq ta’minlay olmaydi. Ular o‘zlarida ortiqcha 
bo‘lgan resurslarni eksport qilishga va mamlakatda taqchil bo‘lgan resurslarni import 
qilishga majburlar. 
Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini belgilovchi ikkinchi muhim sabab 
shundaki hamma mamlakatlar ham barcha turdagi mahsulotni bir xil samaradorlik 
bilan ishlab chiqara olmaydi. Ya’ni bir tovar Yaponiyada arzon ishlab chiqarilsa, 
ikkinchi tovar O‘zbekistonda arzon ishlab chiqarilishi mumkin. Shu sababli 
resurslardan samarali foydalanish maqsadida mamlakatlar ixtisoslashadilar va o‘zaro 
savdo-sotiqni yo‘lga qo‘yadilar. 
Bu ikki obyektiv sabab har qanday milliy iqtisodiyotning takror ishlab 
chiqarishi jarayonida xalqaro savdoning ahamiyatini aniqlaydi. 90-yillarning 
boshlarida xalqaro savdo hajmi AQShda yalpi milliy mahsulotning 16-18 foizini, 
Germaniyada 30-39 foizini tashkil etdi. Shu davrda O‘zbekiston yalpi milliy 
mahsulotida tashqi savdoning ulushi 10-12 foiz atrofida bo‘ldi. 
Tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an’anaviy shakli sifatida quyidagi 
ko‘rinishlarni o‘z ichiga oladi: 

mahsulotlarni ayirboshlash: yoqilg‘i-xom ashyo mahsulotlari, qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat mahsulotlari; 

xizmatlarni ayirboshlash: muhandislik-maslahat xizmatlari; 

transport xizmatlari, sayyohlik va boshqa xizmatlar. Hozirgi vaqtda 
xizmatlarning jahon eksportidagi hissasi 30 foizdan oshib ketdi; 

yangi ilmiy-texnik ma’lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va «nou- 
xou»lar. Ular hissasiga xalqaro savdo aylanmasining 10 foiziga yaqini to‘g‘ri keladi. 
Xalqaro savdo mahsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma’lumotlarini 
ayirboshlashning barcha ko‘rinishlari tashqi savdo operatsiyalari yordamida amalga 
oshiriladi. Ular o‘z navbatida eksport, import, reeksport va reimport operatsiyalariga 
bo‘linadi. 
Eksport operatsiyasi - mahsulotlarni chet mamlakatlarga chiqarish. 


397 
Import operatsiyasi - mahsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va uni 
mamlakatga olib kelish. 
Reeksport operatsiyasi - avval import qilingan va qayta ishlov berilmagan 
mahsulotni chet elga olib chiqib sotish. 
Reimport operatsiyasi - avval eksport qilingan va u erda qayta ishlov 
berilmagan mahsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin