mamlakat iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligini tashkil etadi,
fuqaro muhofazasiga
rahbarlikni amalga oshiradi.
19-modda. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlariga
rahbarlik qilish
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari ishini
muvofiqlashtiradi hamda yo‘naltiradi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari o‘zlari olib borayotgan
davlat siyosatining sifatli va samarali amalga oshirilishi uchun
Vazirlar Mahkamasi oldida
javobgardir.
Vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari va boshqa davlat boshqaruvi organlari rahbarlari Vazirlar
Mahkamasiga kiritilayotgan takliflar, tahliliy hamda boshqa hujjatlarning, shu jumladan normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va har tomonlama ishlab chiqilishi, shuningdek ularni amalga
oshirishning pirovard natijalari va oqibatlari uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari to‘g‘risidagi nizomlar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat budjeti hisobidan ta’minlanadigan vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining hamda
boshqa davlat boshqaruvi organlarining markaziy devonlari xodimlarining
cheklangan soni va
ularning ta’minoti uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklarni, davlat qo‘mitalarini va boshqa davlat boshqaruvi organlarini
tuzish hamda tugatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlarini tuzish hamda tugatish
to‘g‘risidagi taqdimnomalarni tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritish tartibi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Vazirlarning va davlat qo‘mitalari raislarining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Boshqa davlat boshqaruvi
organlarining rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlari, agar qonunchilikda
boshqacha qoida
nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va
lavozimidan ozod etiladi.
(19-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat boshqaruvi organlari hay’atlarining a’zolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi maqsadli vazifalarning bajarilishini vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining
va boshqa davlat boshqaruvi organlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarning
bajarilishini baholashning asosiy mezonlarini hisobga olgan holda ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa
davlat boshqaruvi organlari
rahbarlarining asosiy mezonlarda ko‘rsatilgan maqsadli vazifalarning bajarilishi hamda ularga
erishilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini tizimli ravishda eshitadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi zarurat bo‘lganda davlat boshqaruvining o‘z vakolatiga kiruvchi ayrim
masalalarini hal etishni, agar bu masalalarning hal etilishi qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasi
Hukumatining mutlaq vakolatlariga kiritilmagan bo‘lsa, vazirliklarga, davlat qo‘mitalariga va o‘z
bo‘ysunuvidagi boshqa davlat boshqaruvi organlariga berishi mumkin.
(19-moddaning o‘n ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining
9-bobi
(Bosh vazir o‘rinbosarlari
va maslahatchilari, shuningdek, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining
javobgarligi).
Dostları ilə paylaş: