Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va qonunchilikka muvofiq
O‘zbekiston Respublikasining
butun hududida barcha organlar,
korxonalar,
muassasalar,
tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar
va farmoyishlar chiqaradi.
(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Bosh vazir tomonidan imzolanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonunchilikda
nazarda tutilgan hollarda, Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlari
Bosh vazir tomonidan imzolanguniga qadar belgilangan tartibda O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishiladi.
(35-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
93-moddasi
qoidalaridan kelib chiqqan holda Vazirlar
Mahkamasining qarorlarini,
farmoyishlarini va Bosh
vazirning farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi o‘zi qabul qilgan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratni bevosita yoki
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari orqali amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining
7-bobi
(Qabul qilingan qarorlar
ijrosini tashkil etish va ularni nazorat qilish tartibi).
Dostları ilə paylaş: