O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi to‘G‘risida


kuch ishlatishga vakolatli bo‘lgan tuzilmalar, boshqa davlat organlari va nodavlat tashkilotlar



Yüklə 183,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/27
tarix14.12.2023
ölçüsü183,23 Kb.
#179768
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
O‘RQ-591-сон 10.12.2019. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

kuch ishlatishga vakolatli bo‘lgan tuzilmalar, boshqa davlat organlari va nodavlat tashkilotlar
bilan hamkorligi
38-modda. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan hamkorligi
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishlarini, Davlat budjetining asosiy parametrlarini va unga o‘zgartishlarni ishlab chiqadi
hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.


Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 
10-bobi
(Vazirlar
Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan o‘zaro hamkorligi).
Bosh vazir O‘zbekiston Respublikasi Hukumati a’zolari bilan birgalikda har chorakda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga
mo‘ljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari zarur bo‘lgan hollarda o‘z majlislarida Bosh
vazirning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ayrim dolzarb masalalari yuzasidan
hisobotini qonunga muvofiq parlament so‘rovi tartibida eshitishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Vazirlar Mahkamasi ayrim a’zosining o‘zi
rahbarlik qilayotgan davlat boshqaruvi organi faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitishi
hamda zarur bo‘lganda uni iste’foga chiqarish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib
chiqishi uchun taklif kiritishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati a’zolari Qonunchilik palatasining majlisida Qonunchilik
palatasi deputatlarining savollariga javoblarni taqdim etadi (“hukumat soati”).
Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, ularning
qo‘mitalari hamda komissiyalari majlislarida hozir bo‘lishi va so‘zga chiqishi mumkin.
Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari tomonidan Vazirlar Mahkamasi yoki uning
ayrim a’zolari faoliyatiga taalluqli masalalar qo‘yilgan taqdirda, Bosh vazir shu masalalar yuzasidan
zarur tushuntirishlar olish va tushuntirishlar berishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qo‘mitalari va
komissiyalarining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati masalalariga doir tavsiyalari va
takliflarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi. Tavsiyalar va takliflarni ko‘rib
chiqish natijalari haqida hamda ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qo‘mitalarini va komissiyalarini kelishilgan muddatda
xabardor qiladi.
Qonunchilik palatasining, Senatning O‘zbekiston Respublikasi Hukumati yoki unga
bo‘ysunuvchi davlat boshqaruvi organlari faoliyatiga taalluqli bo‘lgan parlament so‘rovi,
Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining shunday so‘rovi yuborilgan Vazirlar Mahkamasi
yoki uning a’zosi qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda javob taqdim etishi shart.
 LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 
31
va 
31 -moddalariga
va O‘zbekiston Respublikasining
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 
32
va
32 -moddalariga 
qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida ko‘rib chiqiladigan qonun loyihalarini,
boshqa hujjatlarni tayyorlash borasida Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining, davlat
boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaqin hamkorligini
ta’minlash, Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan qonun
ijodkorligi faoliyatidagi hamkorligini tashkil etish, shuningdek qonunlarning ijro etilishi ustidan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan parlament nazoratini amalga oshirishda
Vazirlar Mahkamasining ishtirok etishiga ko‘maklashish uchun Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakili faoliyat ko‘rsatadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi Vakolatli vakilining huquq
va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
(38-moddaning o‘n ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili lavozimini joriy etish to‘g‘risida” 
Qarori
.
1
1



Yüklə 183,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin