O‘RQ-591-сон 10.12.2019. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
43-modda. Vazirlar Mahkamasining mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida:
hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirishni ta’minlash bilan bog‘liq masalalarda
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etilishi talab
qilinadigan masalalarga doir takliflarini ko‘rib chiqadi, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari
bajarilishining borishini nazorat qiladi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarini taklif
qilishga hamda ushbu qarorlar va farmoyishlar amalga oshirilishining borishi to‘g‘risidagi
hisobotlarni eshitishga haqli;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda boshqa davlat boshqaruvi organlarining viloyatlar va
Toshkent shahar hokimlari bilan hamkorligini ta’minlaydi, bunda yuzaga keladigan nizoli
masalalarni hal etadi;
hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlarini tasdiqlaydi, mahalliy
ijro etuvchi hokimiyat devonlari xodimlarining cheklangan sonini va ushbu devonlarning
namunaviy tuzilmasini belgilaydi;
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-sonli “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori . Oldingi tahrirga qarang. viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qonunchilikka zid bo‘lgan qarorlari va
farmoyishlari ijrosini to‘xtatib turishga hamda ularni bekor qilishga haqli.
(43-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 44-modda. Vazirlar Mahkamasining nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar va