O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 30-
sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 30-noyabrda
ma’qullangan
1-modda.
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi 818-XII-sonli
Qonuniga
(O‘zbekiston Respublikasining
2003-yil 29-avgustda qabul qilingan 524-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston
Respublikasi Oliy
Majlisining
Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 138-modda; O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 12,
465-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 310-
modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 3, 162-
modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (
ilova
qilinadi).
2-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu
Qonunning
ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida
tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy
hujjatlarini
qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-dekabr,
O‘RQ-591-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI