maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini
kengaytirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi;
(11-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
sog‘liqni saqlash
tizimini rivojlantirish, tibbiy yordamning sifati, samaradorligi va hamma
uchun
ochiqligini oshirish, aholi sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi
prinsiplarini
joriy etish, shuningdek sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha
choralarni amalga oshiradi;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash hamda sport infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha
choralarni amalga
oshiradi;
ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqadi hamda
amalga oshiradi, mehnat bozori infratuzilmasi
rivojlantirilishini, fuqarolarning ijtimoiy himoya
qilinishini, ijtimoiy va pensiya ta’minoti tizimlarining ishlashini ta’minlaydi;
oila, onalik va bolalikni himoya qilishga ko‘maklashadi, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga
oshirish choralarini ko‘radi;
ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davlat dasturlarining ishlab chiqilishi va bajarilishini
ta’minlaydi, fuqarolarning
haqiqiy daromadlarini oshirish, aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash
hamda aholining ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlarini va nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi.
Dostları ilə paylaş: