O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi to‘G‘risida


-modda. Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy prinsiplari



Yüklə 183,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/27
tarix14.12.2023
ölçüsü183,23 Kb.
#179768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
O‘RQ-591-сон 10.12.2019. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

4-modda. Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy prinsiplari
O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi 
va qonunlarining ustunligi, inson hamda fuqaroning
huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, kollegiallik, hokimiyat tarmoqlarining bo‘linishi va hamkorligi,
shuningdek ochiqlik va shaffoflik Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy prinsiplaridir.
2-bob. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish tartibi
5-modda. Vazirlar Mahkamasining tarkibi
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zolari — O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vaziridan (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi), uning
o‘rinbosarlaridan, vazirlardan, davlat qo‘mitalari raislaridan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi raisi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
6-modda. Vazirlar Mahkamasini shakllantirish tartibi
Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga (bundan
buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan
siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy
partiya tomonidan taklif etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir lavozimiga taqdim etilgan nomzodni ko‘rib
chiqqanidan keyin o‘n kunlik muddatda uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.
Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi ko‘rib
chiqilayotgan va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga
mo‘ljallangan harakatlar dasturini taqdim etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 
2-bobi
(Vazirlar Mahkamasi
ishini rejalashtirish va tashkil etish).
Bosh vazir nomzodi, agar uni yoqlab tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari va
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi)
a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi ovoz bersa, tasdiqlangan hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
118-moddasi
.
Agar ovoz berish chog‘ida Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasida yoki Senatda
Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari
bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan keyin Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana bir
marta taqdim etish huquqiga ega.
Vazirlar Mahkamasi a’zolari Bosh vazirning Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin
kiritilgan taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va
lavozimidan ozod etiladi.
Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzod Qonunchilik palatasidagi mas’ul qo‘mita, siyosiy
partiyalar fraksiyalari va deputatlar guruhlari tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilganidan keyin
Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi va ma’qullanadi.
Vazirlar Mahkamasi a’zosi lavozimiga nomzod uning nomzodini Qonunchilik palatasida ko‘rib
chiqish va ma’qullash chog‘ida Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan o‘zaro bog‘liq
bo‘lgan, istiqbolga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy,
iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini taqdim
etadi.


Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodni rad etgan taqdirda, Bosh vazir
ko‘rib chiqish va ma’qullash uchun yangi nomzodni kiritadi.
Vazirlar 
Mahkamasining 
a’zosi 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
tomonidan
tasdiqlanganidan keyin o‘z vazifalarini bajarishga kirishadi.
Bosh vazir va Qonunchilik palatasi o‘rtasida doimiy ziddiyatlar yuzaga kelgan taqdirda,
Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan
ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari va
Senat a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan
hisoblanadi. Bunday holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish
to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga
iste’foga chiqadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
119-moddasi
.
Yangi Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan
tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish
uchun taklif etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad
etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi.
Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z
vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga
qadar mamlakat Prezidentining qaroriga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.
Vazirlar Mahkamasining o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi yangi shakllantirilgan
Senatning birinchi majlisi o‘tkazilgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga
Bosh vazir tomonidan yozma murojaat berish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari o‘zining majlislarida Vazirlar
Mahkamasining o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi to‘g‘risidagi tegishli qarorlarni qabul
qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasi 
5-bandi

114-moddasi
.

Yüklə 183,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin