davlat boshqaruvi usullarini takomillashtiradi, shu jumladan
elektron hukumat prinsiplari
asosida takomillashtiradi, bozor prinsiplariga asoslangan xo‘jalik boshqaruvi hamda korporativ
boshqaruvning zamonaviy prinsiplari va usullari joriy etilishini rag‘batlantiradi;
qishloq xo‘jaligini boshqarish
tizimini takomillashtirish, agrar sektorni modernizatsiya qilish
hamda jadal rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, resurslarni
tejovchi va intensiv
zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, yer resurslari sifatini saqlash va yaxshilash hamda suv
resurslaridan oqilona foydalanish choralarini ko‘radi;
urbanizatsiya jarayonlarining davlat tomonidan tartibga solinishini
va davlat uy-joy siyosati
amalga oshirilishini, yer uchastkalariga nisbatan zamonaviy bozor mexanizmlari joriy etilishini
ta’minlaydi;
erkin
tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, “xufiyona” iqtisodiyot
ulushini
qisqartirish, iqtisodiy jarayonlarda davlatning ishtirokini maqbullashtirish uchun shart-
sharoitlar yaratadi, shu jumladan litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini
soddalashtirish
hamda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish orqali shart-sharoitlar yaratadi;
tadbirkorlar, shu jumladan chet ellik investorlar murojaatlari bilan ishlash, ular bilan ochiq va
to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni ta’minlash bo‘yicha samarali tizimni joriy etish choralarini ko‘radi.
Dostları ilə paylaş: