O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi to‘G‘risida


-modda. Vazirlar Mahkamasining madaniy-gumanitar sohadagi vakolatlari



Yüklə 183,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/27
tarix14.12.2023
ölçüsü183,23 Kb.
#179768
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
O‘RQ-591-сон 10.12.2019. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

12-modda. Vazirlar Mahkamasining madaniy-gumanitar sohadagi vakolatlari
Vazirlar Mahkamasi:
madaniy-gumanitar sohada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi;
madaniyatni, san’atni rivojlantirishga, madaniy qadriyatlardan keng ko‘lamda foydalanishni
ta’minlashga, fuqarolarning ijtimoiy va madaniy hayotda to‘la huquqli tarzda ishtirok etishiga
ko‘maklashadi;
teatr-tomosha, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar hamda muzeylar faoliyatini rivojlantirish va
takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi;
tarixiy va madaniy merosning muhofaza qilinishini, mamlakatning butun hududida ijtimoiy
hayotning barcha sohalarida davlat tilining har tomonlama rivojlantirilishi hamda amal qilishini
ta’minlaydi;
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish
hamda rivojlantirish choralarini ko‘radi.
13-modda. Vazirlar Mahkamasining hududlarni rivojlantirish sohasidagi vakolatlari
Vazirlar Mahkamasi:
hududlarning iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, ularning sanoat hamda
eksport salohiyatini oshirish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks va mutanosib
ravishda rivojlantirishni ta’minlaydi;
iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani strategik jihatdan rivojlantirish davlat dasturlarini,
hududiy rivojlantirish dasturlarini, shuningdek hududlarda iqtisodiy, ijtimoiy va ma’muriy
islohotlarni amalga oshirish choralarini ko‘radi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va
Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining maqsadli ijrosini
ta’minlaydi;
hududlarni, eng avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda orqada qolayotgan qishloq
tumanlarini hamda shaharlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini samarali hal qilish bo‘yicha
davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini
ta’minlash choralarini ko‘radi;


hududlarni kompleks rivojlantirishga, shu jumladan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida bozor
islohotlarini chuqurlashtirishga, hududlarda aholi bandligi va turmush darajasi uzluksiz oshirib
borilishini ta’minlashga doir islohotlar amalga oshirilishi jarayonini monitoring qilish asosida
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tamoyillarining kompleks tahlilini o‘tkazadi;
chet el investitsiyalarini jalb qilish va hududlarning eksport salohiyatini oshirish choralarini
ko‘radi, mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan va uning iqtisodiy xavfsizligidan
kelib chiqqan holda, hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini yanada yaxshilash yuzasidan
takliflar ishlab chiqadi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari,
farmoyishlari, bayonnoma qarorlari va topshiriqlarining bajarilishi jarayonini maqsadli o‘rganishni
amalga oshiradi;
hududlarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlovchi eng muhim ustuvorliklar, iqtisodiyotning
muayyan tarmoqlari va sohalaridagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, hududlarning iqtisodiy
salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

Yüklə 183,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin