Rayosati majlislarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va
Vazirlar Mahkamasining hujjatlari
loyihalarini tayyorlashni, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan “yo‘l xaritalarini”, jadvallarni,
harakatlar dasturlarini, amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi apparatining va uning tarkibiy bo‘linmalarining
ish tartibi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi.
Bosh vazir, Bosh vazirning iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohani rivojlantirish
masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va maslahatchilari kotibiyatlarining mudirlari O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va
lavozimidan ozod etiladi.
Bosh
vazirning, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilarining kotibiyatlari, Vazirlar
Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari ishini muvofiqlashtirish
Vazirlar Mahkamasi
apparatining boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
28-modda. Vazirlar Mahkamasining majlislari
Davlat boshqaruvi, xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy rivojlantirishning eng muhim masalalari
Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasining majlislari har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Vazirlar Mahkamasining majlislarini Bosh vazir o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasining majlislarida Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, vazirlar, davlat
qo‘mitalarining raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, zarurat bo‘lganda esa
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda boshqa davlat boshqaruvi
organlari rahbarlari
ishtirok etadi.
Vazirlar Mahkamasining majlislariga zarurat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari,
Qonunchilik
palatasi Spikeri, Senat Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi,
Oliy sudining
raisi, Bosh prokurori taklif etilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining majlislarini ommaviy axborot vositalarida yoritish maqsadida
ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari ham taklif etilishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: