O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi to‘G‘risida


-modda. Vazirlar Mahkamasiga masalalarni kiritish va ko‘rib chiqish



Yüklə 183,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/27
tarix14.12.2023
ölçüsü183,23 Kb.
#179768
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
O‘RQ-591-сон 10.12.2019. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

26-modda. Vazirlar Mahkamasiga masalalarni kiritish va ko‘rib chiqish
Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun:
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari loyihalari — qonunchilik tashabbusi tartibida
Qonunchilik palatasiga kiritish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalari —
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish uchun;
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari — qabul qilish uchun;
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti
maslahatchilarining Vazirlar Mahkamasi vakolatiga taalluqli qismi bo‘yicha nomenklaturasiga
hamda Vazirlar Mahkamasining nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga tayinlash, tasdiqlash,
taqdim etish, kelishib olish uchun nomzodlar va ularni lavozimidan ozod etish bo‘yicha takliflar;
mansabdor shaxslar ayrim toifalarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga chiqishi
to‘g‘risidagi, Vazirlar Mahkamasi bilan belgilangan tartibda maxsus kelishib olish talab qilinadigan
takliflar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasida uning vakolatlariga kiradigan masalalarni ko‘rib chiqish Vazirlar
Mahkamasi, uning Rayosati majlislarida, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari
tomonidan Vazirlar Mahkamasi tashkil etadigan komissiyalarning hamda boshqa idoralararo
kollegial organlarning majlislarida manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari
ishtirokida amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi
, ushbu
Qonun bilan uning vakolatiga tegishli bo‘lgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan belgilangan boshqa masalalar ham kiritiladi.
Muhim davlat, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy masalalarni hal qilish uchun Vazirlar
Mahkamasining kompleks yoki maqsadli dasturlari va tadbirlari ishlab chiqilib, ular Bosh vazir
o‘rinbosarlari hamda maslahatchilari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun
kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun masalalar Vazirlar Mahkamasi a’zolari, davlat
boshqaruvi organlari rahbarlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, istisno hollarda esa
ularning birinchi o‘rinbosarlari tomonidan kiritiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 
3-bobi
(Masalalarni Vazirlar
Mahkamasiga kiritish, shuningdek, ularni tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi).

Yüklə 183,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin