O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi to‘G‘risida


-modda. Bosh vazir o‘rinbosarlari



Yüklə 183,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/27
tarix14.12.2023
ölçüsü183,23 Kb.
#179768
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
O‘RQ-591-сон 10.12.2019. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

22-modda. Bosh vazir o‘rinbosarlari
Bosh vazir o‘rinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq:


vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament
so‘rovi, Qonunchilik palatasi deputatining va Senat a’zosining so‘rovi, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishining borishi monitoringini amalga oshiradi;
joylarda ishlarning haqiqiy holatini o‘rganadi, shuningdek iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi
muammolarni har tomonlama tahlil qiladi;
strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflar ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va davlat boshqaruvi organlari ishining samaradorligini
oshirish sohasidagi kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini
baholash tizimining ishini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari
qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarini, Vazirlar Mahkamasi
hujjatlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘radi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajaradi.
(22-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bosh vazir o‘rinbosarlari o‘ziga ishonib topshirilgan faoliyat sohasida erishilgan natijalar uchun
shaxsan javobgar bo‘ladi.
23-modda. Bosh vazir maslahatchilari
Bosh vazir maslahatchilari vazifalar taqsimotiga muvofiq:
o‘z vakolatiga kiritilgan tegishli yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha Bosh vazirga takliflar ishlab
chiqilishini, ularning ekspertizadan o‘tkazilishini va tayyorlanishini ta’minlaydi, shuningdek buning
uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari
qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi
hujjatlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘radi;
o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini umumiy
tarzda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajaradi.
(23-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bosh vazir maslahatchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh
vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Yüklə 183,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin