O‘RQ-591-сон 10.12.2019. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
14-modda. Vazirlar Mahkamasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari Vazirlar Mahkamasi:
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash sohasida
yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish, ekologik
osoyishtalikni ta’minlash choralarini ko‘radi;
tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hamda tabiatdan
foydalanishni tartibga solish bo‘yicha faoliyatni tashkil etadi;
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazish hamda respublika va xalqaro ahamiyatga molik
yirik ekologik dasturlarni ro‘yobga chiqarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
yirik avariyalar va halokatlarning, shuningdek tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning
oqibatlarini tugatish choralarini ko‘radi.
15-modda. Vazirlar Mahkamasining tashqi siyosatni amalga oshirish va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish sohasidagi vakolatlari Vazirlar Mahkamasi:
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, hukumatlararo
aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash choralarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta’minlaydi;
o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzadi,
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi,
shuningdek ushbu shartnomalarning boshqa ishtirokchilari o‘z majburiyatlarini bajarishini kuzatib
boradi;
O‘zbekistonning xorijdagi jismoniy va yuridik shaxslarining huquqlari hamda qonuniy
manfaatlarini himoya qilish, shuningdek savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni
rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha
hukumatlararo komissiyalarning faoliyati tashkil etilishini ta’minlaydi.