O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi to‘G‘risida


-modda. Vazirlar Mahkamasining budjet, moliya, pul-kredit siyosatini amalga oshirish



Yüklə 183,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/27
tarix14.12.2023
ölçüsü183,23 Kb.
#179768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
O‘RQ-591-сон 10.12.2019. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

10-modda. Vazirlar Mahkamasining budjet, moliya, pul-kredit siyosatini amalga oshirish
sohasidagi vakolatlari
Vazirlar Mahkamasi:
budjet, moliya, pul-kredit siyosati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini
ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb
yuritiladi) va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari, respublikani iqtisodiy hamda ijtimoiy
rivojlantirish prognozlarini va eng muhim dasturlarini inobatga olgan holda soliq hamda budjet
siyosatining asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilishini va bajarilishini tashkil etadi;
xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolgan holda Davlat budjetining barcha
darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlash
choralarini amalga oshiradi;
samarali fiskal siyosat olib boradi, soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligi
tizimining sifati va samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
davlat qarzini boshqarish bo‘yicha choralar ko‘radi, xususan, davlat tomonidan mablag‘ jalb
qilish uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilaydi, O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat qarziga oid
shartnomalarni va ularga doir qo‘shimcha kelishuvlarni tuzadi, davlat qarzini boshqarish
strategiyasini tasdiqlaydi hamda uning amalga oshirilishini nazorat qiladi, davlat qarzining
makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada saqlab turilishini ta’minlaydi;
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi O‘RQ-836-sonli 
Qonuniga
asosan
oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son
— 2023-yil 2-avgustdan kuchga kiradi)
pul-kredit siyosatini takomillashtirish, valyuta siyosatini liberallashtirish, valyutani tartibga
solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish, shuningdek milliy valyutaning barqarorligini
ta’minlash choralarini ko‘radi;
bank tizimining barqarorligini ta’minlaydi, ushbu tizimning moliyaviy barqarorligini
mustahkamlash, shuningdek sug‘urta, lizing va boshqa moliya institutlarini rivojlantirish bo‘yicha
choralarni amalga oshiradi.

Yüklə 183,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin