O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi to‘G‘risida


-modda. Vazirlar Mahkamasi a’zolarini va uning apparati xodimlarini ijtimoiy



Yüklə 183,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/27
tarix14.12.2023
ölçüsü183,23 Kb.
#179768
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
O‘RQ-591-сон 10.12.2019. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

48-modda. Vazirlar Mahkamasi a’zolarini va uning apparati xodimlarini ijtimoiy
ta’minlash
Vazirlar Mahkamasi a’zolariga va uning apparati xodimlariga yillik haq to‘lanadigan ta’tillar
beriladi.
Ishlash uchun boshqa hududlardan taklif qilingan hamda Toshkent shahrida uy-joyga ega
bo‘lmagan Vazirlar Mahkamasi a’zolariga va uning apparati xodimlariga zaruratga ko‘ra ularning
arizasiga binoan lavozimda bo‘lish muddatida xizmat uy-joyi beriladi.
Vazirlar Mahkamasi a’zolari va uning apparati xodimlari kafolatlangan tibbiy hamda sanatoriy-
sog‘lomlashtirish yordamidan foydalanadi.
Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari uchun avvalgi ish joyida uzoq muddatli xizmati, harbiy
va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun
berilgan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar saqlab qolinadi.
Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari avvalgi ish joyi bo‘yicha xodimlar uchun belgilangan
barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya choralaridan Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda
bo‘lgan mehnat sharoitlari hisobga olingan holda hamda lavozim maoshi va boshqa to‘lovlar
miqdorlari saqlangan holda foydalanadi.
Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni (martaba
darajalarini, malaka toifalarini, diplomatik darajalarni va boshqalarni) olish uchun zarur bo‘lgan ish
stajiga qo‘shiladi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
49-modda. Vazirlar Mahkamasining faoliyatini moliyalashtirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari,
shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(49-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
50-modda. Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi mansabdor
shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va uning mansabdor shaxslarining harakatlari
(harakatsizligi) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 03/19/591/4130-son; 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son;
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son)

Yüklə 183,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin