Vazirlar Mahkamasi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan hamkorlik qiladi, uning O‘zbekiston
Respublikasi
qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va
farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari
va farmoyishlari, shuningdek iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirish masalalariga doir boshqa
hujjatlar bajarilishi haqidagi ma’lumotlarini eshitadi;
Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
Vazirlar Kengashining takliflarini ko‘rib chiqadi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan eng muhim
tarmoqlararo hamda hududiy kompleks dasturlarni amalga oshirishda Qoraqalpog‘iston
Respublikasining huquqlariga rioya etilishini ta’minlaydi, bunda yuzaga keladigan nizoli masalalarni
hal etadi;
o‘z vakolatlari doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasiga
, O‘zbekiston
Respublikasining qonunlariga, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga hamda Vazirlar Mahkamasining
hujjatlariga zid bo‘lgan qarorlari va farmoyishlarining ijrosini to‘xtatib turishga haqli.
Qoraqalpog‘iston Respublikasini iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy
rivojlantirishga, uning tabiiy
resurslaridan oqilona foydalanishga va ularni muhofaza qilishga
taalluqli masalalar Vazirlar
Mahkamasi tomonidan hal etilayotganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining fikri
hisobga olinadi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy
vakolatxonasi bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: