(44-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatiga taalluqli masalalar
yuzasidan nodavlat notijorat
tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining takliflarini ko‘rib
chiqadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining
13-bobi
(Vazirlar
Mahkamasining nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari
bilan o‘zaro hamkorligi).
8-bob. Vazirlar Mahkamasi faoliyatining ochiqligi va shaffofligi
45-modda. Vazirlar Mahkamasi faoliyatining ochiqligini ta’minlash
Vazirlar Mahkamasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi
Qonuniga
muvofiq xalq bilan ochiq muloqotni ta’minlaydi,
jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning
vakillarini qabul qilishni tashkil etadi.
Vazirlar Mahkamasining apparati jismoniy va yuridik shaxslarning
Vazirlar Mahkamasi
apparatiga, davlat boshqaruvi organlariga hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kelib
tushgan murojaatlari bilan ishlash monitoringini va tahlilini amalga oshiradi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish holatini o‘rganish yakunlari
Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida yoki selektor yig‘ilishlarida
har chorakda, shu
jumladan tegishli mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish to‘g‘risida takliflar
kiritgan holda ko‘rib chiqiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning samarali tizimi faoliyat
ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining
Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi bilan hamkorlik qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining
14-bobi
(Vazirlar Mahkamasi
faoliyati ochiqligini ta’minlash) va
15-bobi
(Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash).
Dostları ilə paylaş: