O‘RQ-591-сон 10.12.2019. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
46-modda. Vazirlar Mahkamasi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish Jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining faoliyati to‘g‘risidagi
axborotdan foydalanishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
30-moddasiga
hamda
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi
Qonuniga
muvofiq ta’minlanadi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida quyidagilar orqali o‘z faoliyatini ommaviy axborot
vositalarida yoritish chora-tadbirlarini ko‘radi:
o‘z rasmiy veb-saytida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni
joylashtirish va yangilab turish;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini yoritish.
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini ommaviy axborot vositalarida yoritish,
shuningdek ko‘rib chiqiladigan masalalar muhokamasiga jamoatchilikni jalb etish tartibi Bosh vazir
tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy veb-saytiga axborotni joylashtirish va
yangilab turish Bosh vazirning matbuot xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
9-bob. Vazirlar Mahkamasi a’zolarini va uning apparati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlash 47-modda. Vazirlar Mahkamasi a’zolarini va uning apparati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish Oldingi tahrirga qarang. Vazirlar Mahkamasi a’zolarining va uning apparati xodimlarining ish haqi lavozim maoshidan
hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat.
Vazirlar Mahkamasi a’zolarini va uning apparati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish
qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(47-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ- 683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)