O‘RQ-591-сон 10.12.2019. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
36-modda. Vazirlar Mahkamasining qarorlari Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy tusdagi hujjatlari qarorlar shaklida qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi
va qonunlari,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul
qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, agar ularning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa,
rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang. Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy tusga ega qarorlari “O‘zbekiston Respublikasi
Hukumatining qarorlari to‘plami”da, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”da, “Xalq so‘zi”,
“Narodnoye slovo” gazetalarida va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi ma’lumotlari milliy
bazasida e’lon qilinadi, zarur bo‘lgan taqdirda esa boshqa ommaviy axborot vositalari orqali keng
omma e’tiboriga yetkaziladi.
(36-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasi . 37-modda. Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari Vazirlar Mahkamasining tezkor va boshqa joriy masalalar bo‘yicha hujjatlari Vazirlar
Mahkamasining farmoyishlari shaklida qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari, agar ushbu hujjatlarda boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo‘lsa, ular imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
7-bob. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda