O‘RQ-591-сон 10.12.2019. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
31-modda. Vazirlar Mahkamasining majlislarida qarorlar qabul qilish Vazirlar Mahkamasining majlisida ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha qarorlar O‘zbekiston
Respublikasi Hukumati a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining majlisida qabul qilingan qarorlar bayonnoma tarzida
rasmiylashtiriladi.
Vazirlar
Mahkamasi
majlisining
bayonnomasi
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
Reglamentida
belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi apparati tomonidan
rasmiylashtiriladi va tarqatiladi.
Hukumatning bayonnoma qarorlari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va hisobga olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Reglamentiga
muvofiq amalga oshiriladi.
5-bob. Vazirlar Mahkamasining Rayosati 32-modda. Vazirlar Mahkamasining Rayosati va tarkibi Vazirlar Mahkamasining Rayosati Vazirlar Mahkamasining doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi
organidir.
Vazirlar Mahkamasining Rayosati tarkibiga Bosh vazir, Bosh vazirning o‘rinbosarlari va
maslahatchilari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi raisi kiradi.
33-modda. Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalar Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlislarida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarining ijrosini tashkil etish masalalari;
Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi tartibida kiritiladigan qonunlar loyihalari;
Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiradigan masalalar ko‘rib chiqiladi, bundan ushbu
Qonunga muvofiq faqat Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalar
mustasno.
34-modda. Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlislarini tayyorlash va o‘tkazish Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlisini tashkil etishni va tayyorlashni Vazirlar
Mahkamasining apparati amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlislari har haftada Bosh vazir tomonidan, u yo‘qligida esa
uning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan o‘tkaziladi.
Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlislarida ko‘rib chiqish uchun masalalarni tayyorlash
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Reglamenti
bilan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlislarida qabul qilingan qarorlar bayonnomalar tarzida
rasmiylashtiriladi va raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 6-bobi (Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish tartibi).