O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi to‘G‘risida


-modda. Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalar



Yüklə 183,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/27
tarix14.12.2023
ölçüsü183,23 Kb.
#179768
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
O‘RQ-591-сон 10.12.2019. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

29-modda. Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalar
Quyidagilar faqat Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqiladi:
Davlat budjetini tayyorlash va ijro etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati
tasarrufidagi davlat maqsadli jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalari;
boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish masalalari, O‘zbekiston Respublikasini va uning ayrim
hududlarini iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy jihatdan rivojlantirish dasturlari loyihalari;
davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish hajmi hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki
va tashqi qarzini oshirish chegaralari to‘g‘risidagi takliflar;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarini belgilash hamda o‘zgartirish to‘g‘risidagi
takliflar;
qat’iy belgilangan davlat narxlari qo‘llaniladigan mahsulotlarning, tovarlarning va
xizmatlarning nomenklaturasi;
davlatlararo shartnomalarni imzolash to‘g‘risidagi takliflar.
Vazirlar Mahkamasining majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga
va Vazirlar Mahkamasi Rayosatining qarorlariga muvofiq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqiladi.
30-modda. Vazirlar Mahkamasining majlislariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish
Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqish uchun masalalarni tayyorlashni Vazirlar
Mahkamasining apparati amalga oshiradi.


Zarur bo‘lgan hollarda masalalarni tayyorlashni Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati
tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasining majlisida ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
Reglamenti 
talablariga muvofiq tayyorlanadi.
Zarurat bo‘lgan taqdirda aniq sohalar va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning
borishini o‘rganish maqsadida Bosh vazir tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida
hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mavzuli sayyor majlislari o‘tkazilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mavzuli sayyor majlislarini o‘tkazish tartibi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Yüklə 183,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin