O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi to‘G‘risida


-modda. Vazirlar Mahkamasi a’zolari



Yüklə 183,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/27
tarix14.12.2023
ölçüsü183,23 Kb.
#179768
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
O‘RQ-591-сон 10.12.2019. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

24-modda. Vazirlar Mahkamasi a’zolari
Vazirlar Mahkamasi a’zolari:
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi,
shuningdek Vazirlar Mahkamasi majlislarining kun tartibi bo‘yicha takliflar kiritadi;
Vazirlar Mahkamasi ko‘rib chiqishi uchun masalalar tayyorlashni amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida Vazirlar
Mahkamasiga takliflar kiritadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqadi;
tegishli vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining yoki boshqa davlat boshqaruvi organlarining
faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan harakatlar rejasini ro‘yobga chiqarishga, shuningdek
vazirliklar va davlat qo‘mitalari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarning bajarilishini
baholashning asosiy mezonlarini hisobga olgan holda, maqsadli vazifalarni bajarishga doir
choralarni amalga oshiradi;


Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va
boshqa ishchi organlariga Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra rahbarlikni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi a’zolari o‘zi rahbarlik qilayotgan vazirlikning, davlat qo‘mitasining yoki
boshqa davlat boshqaruvi organining faoliyati samaradorligi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasi a’zolari ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa
turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
25-modda. Vazirlar Mahkamasining kollegial organlari
Vazirlar Mahkamasi doimiy komissiyalar tuzadi va ularning vazifalarini, funksiyalarini hamda
faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvining ayrim masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash, Vazirlar
Mahkamasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ayrim
topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasining muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi
organlari tashkil etilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 
8-bobi
(Komissiyalar,
kengashlar va boshqa idoralararo kollegial organlarni tuzish va faoliyatini tashkil etish tartibi).

Yüklə 183,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin