samarali bojxona-tarif siyosatini olib boradi, eksport qiluvchilarni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlaydi, mahalliy tovarlar va xizmatlarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-
sharoitlar yaratadi, zamonaviy logistika infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida rahbarlikni amalga oshiradi, uni rivojlantirishning strategik
yo‘nalishlarini belgilaydi;
O‘zbekistonning savdo, iqtisodiy, texnologik, transport va boshqa aloqalarini kengaytirish,
milliy iqtisodiyotning barqarorligini mustahkamlash va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash choralarini
ko‘radi;
o‘z vakolatlari doirasida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, moliya institutlari va boshqa ko‘p
tomonlama savdo-iqtisodiy tizimlar doirasida hamkorlikni rivojlantiradi hamda unda
O‘zbekistonning milliy manfaatlarini ilgari suradi;
oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha investitsiya loyihalari hamda amaliy
tadbirlar rejalari (“yo‘l xaritalari”) sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansini ishlab chiqadi;
chet eldan olinadigan kreditlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarini
beradi;
O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni
tasarruf etadi.
17-modda. Vazirlar Mahkamasining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish sohasidagi vakolatlari
Vazirlar Mahkamasi:
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosati
amalga oshirilishini ta’minlaydi;
axborot jamiyatini shakllantirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimi
joriy etilishini ta’minlash, aholi, biznes va davlat o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun
zarur shart-sharoitlar yaratadi;
elektron davlat xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlari spektrini kengaytirish,
telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish choralarini amalga oshiradi;
axborot xavfsizligini va axborot muhofazasini ta’minlash, tarmoqlarni, dasturiy mahsulotlarni,
axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish choralarini
ko‘radi.
Dostları ilə paylaş: