O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi to‘G‘risida


-modda. Bosh vazirni lavozimidan ozod etish



Yüklə 183,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/27
tarix14.12.2023
ölçüsü183,23 Kb.
#179768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
O‘RQ-591-сон 10.12.2019. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

7-modda. Bosh vazirni lavozimidan ozod etish
Bosh vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan quyidagi hollarda lavozimidan
ozod etiladi:
Bosh vazirning iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizasiga binoan;
Bosh vazir o‘z vakolatlarini bajarishi mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda;
Vazirlar Mahkamasi tarkibida uning normal faoliyat ko‘rsatishiga tahdid soluvchi, bartaraf etib
bo‘lmaydigan ixtiloflar yuzaga kelganda, shuningdek Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir necha bor
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasiga

qonunlariga, 
O‘zbekiston 
Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilingan taqdirda;
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
ko‘rib chiqishi uchun taqdim etgan tashabbusiga binoan. Agar zarur asoslarga ega bo‘lgan bunday
tashabbus Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalarning yetakchi fraksiyalari tomonidan qo‘llab-
quvvatlansa hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qonunchilik palatasida va
Senatda ovozga qo‘yilganda tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senat a’zolari
umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozini olsa, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Bosh vazirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul
qilingan ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda.


Bosh vazirning lavozimidan ozod etilishi bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi
Hukumatining iste’foga chiqishiga sabab bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
114-moddasi
.
3-bob. Vazirlar Mahkamasining vakolatlari
8-modda. Vazirlar Mahkamasining umumiy vakolatlari
Vazirlar Mahkamasi:
samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, ilm-fan, madaniyat, ta’lim,
sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish
bo‘yicha dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘ladi;
fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya
qilishga doir choralarni amalga oshiradi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi
hamda yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan nazoratni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim
masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzalarni taqdim etadi;
davlat boshqaruvi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida, vazirliklarni, davlat qo‘mitalarini,
idoralarni va boshqa davlat boshqaruvi organlarini tuzish, qayta tashkil etish hamda tugatish
haqida takliflar ishlab chiqadi;
strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllari davlat boshqaruvi tizimiga joriy etilishini
ta’minlaydi;
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning eng muhim hamda ustuvor yo‘nalishlari
bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyalar, konsepsiyalar,
dasturlar hamda “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish yuzasidan choralar ko‘radi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasida
, ushbu Qonunda va
boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
115-moddasi
.

Yüklə 183,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin