O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi to‘G‘risida


-modda. Vazirlar Mahkamasining qarorlari



Yüklə 183,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/27
tarix14.12.2023
ölçüsü183,23 Kb.
#179768
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
O‘RQ-591-сон 10.12.2019. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

36-modda. Vazirlar Mahkamasining qarorlari
Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy tusdagi hujjatlari qarorlar shaklida qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi 
va qonunlari,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul
qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, agar ularning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa,
rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy tusga ega qarorlari “O‘zbekiston Respublikasi
Hukumatining qarorlari to‘plami”da, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”da, “Xalq so‘zi”,
“Narodnoye slovo” gazetalarida va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi ma’lumotlari milliy
bazasida e’lon qilinadi, zarur bo‘lgan taqdirda esa boshqa ommaviy axborot vositalari orqali keng
omma e’tiboriga yetkaziladi.
(36-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
116-moddasi
.
37-modda. Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari
Vazirlar Mahkamasining tezkor va boshqa joriy masalalar bo‘yicha hujjatlari Vazirlar
Mahkamasining farmoyishlari shaklida qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari, agar ushbu hujjatlarda boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo‘lsa, ular imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
7-bob. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti va uning Administratsiyasi, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda

Yüklə 183,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin