O‘RQ-591-сон 10.12.2019. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
39-modda. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi bilan hamkorligi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda uning Administratsiyasi
hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga Murojaatnomasida bayon etilgan topshiriqlarning samarali ijro etilishini ta’minlash chora-
tadbirlarini ko‘radi.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlarini
tuzish hamda tugatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi.
Bosh vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarini
lavozimga tayinlash hamda lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi.
Vazirlar Mahkamasining ayrim masalalarga doir hujjatlari majburiy tartibda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan majburiy tartibda kelishib olinadigan masalalar
ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi bilan
hamkorligi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa masalalar bo‘yicha ham amalga oshiriladi.
(39-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 11-bobi (Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi bilan o‘zaro hamkorligi). 40-modda. Vazirlar Mahkamasining sud hokimiyati organlari bilan hamkorligi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan sudlar faoliyatini moliyalashtirish,
moddiy-texnik va boshqa jihatdan ta’minlash, ularning binolarini qo‘riqlash va saqlash uchun
mablag‘larning miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga uning vakolatiga
taalluqli masalalarni ko‘rib chiqish uchun kiritishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati
hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga
muvofiqligini aniqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlisida Bosh vazir va O‘zbekiston
Respublikasi adliya vaziri ishtirok etishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 12-bobi (Vazirlar Mahkamasining sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiylashtirilgan tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorligi).