O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi to‘G‘risida


fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligi



Yüklə 183,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/27
tarix14.12.2023
ölçüsü183,23 Kb.
#179768
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
O‘RQ-591-сон 10.12.2019. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlari,
siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi, qonunchilikka
muvofiq ularga zarur yordam ko‘rsatadi.


(44-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan nodavlat notijorat
tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining takliflarini ko‘rib
chiqadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 
13-bobi
(Vazirlar
Mahkamasining nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari
bilan o‘zaro hamkorligi).
8-bob. Vazirlar Mahkamasi faoliyatining ochiqligi va shaffofligi
45-modda. Vazirlar Mahkamasi faoliyatining ochiqligini ta’minlash
Vazirlar Mahkamasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi 
Qonuniga 
muvofiq xalq bilan ochiq muloqotni ta’minlaydi, jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning
vakillarini qabul qilishni tashkil etadi.
Vazirlar Mahkamasining apparati jismoniy va yuridik shaxslarning Vazirlar Mahkamasi
apparatiga, davlat boshqaruvi organlariga hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kelib
tushgan murojaatlari bilan ishlash monitoringini va tahlilini amalga oshiradi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish holatini o‘rganish yakunlari
Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida yoki selektor yig‘ilishlarida har chorakda, shu
jumladan tegishli mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish to‘g‘risida takliflar
kiritgan holda ko‘rib chiqiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning samarali tizimi faoliyat
ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi bilan hamkorlik qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 
14-bobi
(Vazirlar Mahkamasi
faoliyati ochiqligini ta’minlash) va 
15-bobi
 (Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash).

Yüklə 183,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin