O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi to‘G‘risida


-modda. Vazirlar Mahkamasining qonunchilik tashabbusi huquqi



Yüklə 183,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/27
tarix14.12.2023
ölçüsü183,23 Kb.
#179768
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
O‘RQ-591-сон 10.12.2019. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

20-modda. Vazirlar Mahkamasining qonunchilik tashabbusi huquqi


Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqini qonun loyihalarini Qonunchilik
palatasiga kiritish orqali amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi o‘zi kiritgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqishda
ishtirok etish uchun o‘z vakillarini tayinlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
98-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
“Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish
tartibi to‘g‘risida”gi Qonuni 
5-moddasi
.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 
5-bobi
 (Vazirlar Mahkamasining qonun
ijodkorligi faoliyati).
4-bob. Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish
21-modda. Bosh vazir
Bosh vazir:
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali
ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati oldiga qo‘yilgan maqsadli vazifalarning bajarilishini
ta’minlash maqsadida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyatini
umumiy tarzda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, yuzaga kelgan kelishmovchiliklar bo‘yicha
qarorlar qabul qiladi;
Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi;
xalqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi, muzokaralar olib boradi va
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan xalqaro shartnomalarni imzolaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazir o‘rinbosarlari o‘rtasida
vazifalarni taqsimlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining Vazirlar Mahkamasi majlisida ko‘rib chiqish talab
etilmaydigan masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarini lavozimga
tayinlash hamda lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritadi;
Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil
uchun asosiy ustuvorliklar to‘g‘risidagi har yilgi ma’ruzasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalariga taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati a’zolari bilan birgalikda har chorakda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga mo‘ljallangan davlat
dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlar Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanganidan
keyin bu nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Bosh vazir o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga
muntazam ravishda axborot berib boradi.
Bosh vazir yo‘qligida uning vazifasini Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari yoki Bosh vazir
o‘rinbosarlaridan biri bajarib turadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
117-moddasi
.

Yüklə 183,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin