vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi
qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari,
parlament
so‘rovi, Qonunchilik palatasi deputatining va Senat a’zosining so‘rovi, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishining borishi monitoringini amalga oshiradi;
joylarda ishlarning haqiqiy holatini o‘rganadi, shuningdek iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi
muammolarni har tomonlama tahlil qiladi;
strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflar ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va davlat boshqaruvi organlari
ishining samaradorligini
oshirish sohasidagi kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini
baholash tizimining ishini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston
Respublikasi qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari
qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
hujjatlari va topshiriqlarini, Vazirlar Mahkamasi
hujjatlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘radi;
Oldingi
tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajaradi.
(22-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bosh vazir o‘rinbosarlari o‘ziga ishonib topshirilgan faoliyat sohasida erishilgan natijalar uchun
shaxsan javobgar bo‘ladi.
23-modda. Bosh vazir maslahatchilari
Bosh vazir maslahatchilari vazifalar taqsimotiga muvofiq:
o‘z vakolatiga kiritilgan tegishli yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha Bosh vazirga takliflar ishlab
chiqilishini, ularning ekspertizadan o‘tkazilishini va tayyorlanishini ta’minlaydi, shuningdek buning
uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;
O‘zbekiston
Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari
qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi
hujjatlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘radi;
o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini umumiy
tarzda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
Oldingi
tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajaradi.
(23-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bosh vazir maslahatchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
bilan kelishilgan holda Bosh
vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Dostları ilə paylaş: