O`zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi


TADBIRKORLAR VA ISHBILARMONLAR HARAKATI – O‘ZBEKISTON LIBERAL-DEMOKRATIK PARTIYASI



Yüklə 116,31 Kb.
səhifə5/15
tarix07.01.2024
ölçüsü116,31 Kb.
#208937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Документ Microsoft Word

TADBIRKORLAR VA ISHBILARMONLAR HARAKATI – O‘ZBEKISTON LIBERAL-DEMOKRATIK PARTIYASI
TARIXIDAN
2003 yil 4-5 oktabr – bir guruh tashabbuskorlar – kichik biznes vakillari, tadbirkorlar va fermerlardan iborat mulkdorlar qatlami, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari hamda boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifoda etadigan va himoya qiladigan umummilliy siyosiy tashkilot, ya’ni partiya tuzish tashabbusi bilan chiqishdi.
2003 yil 7 oktabr – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ushbu tashabbuskor guruh a’zolari bilan uchrashdi.
2003 yil 15 noyabr – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Ta’sis S’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Dasturi va Ustavi tasdiqlandi, Siyosiy Kengash hamda Markaziy nazorat-taftish komissiyasi tarkibi saylandi.
Shu kuni Toshmatov Qobiljon Fattoxovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.
2003 yil 3 dekabr – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tdi.
2004 yil 1 yanvar – «XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etildi.
2004 yil 24 may – O`zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi II Majlisida Axmedjanov Maxamadjon Axmedovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.
2004 yil 26 dekabr – partiya ilk bor O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 41 nafar deputatlik o‘rnini egallagan O`zLiDeP parlamentda eng yirik fraksiyani tashkil etdi. Shuningdek, Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga 1908 nafar deputat saylandi.
2005 yil – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining tashabbusi bilan O’zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi. Aynan, mazkur Assotsiatsiyaning sa’y-harakati bilan bugun mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan va aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilayotgan 400 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari yagona tuzilmaga birlashdi. Partiya ushbu tashkilot faoliyatiga yaqindan ko‘mak berish tarafdori.

Yüklə 116,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin