O`zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi



Yüklə 116,31 Kb.
səhifə6/15
tarix07.01.2024
ölçüsü116,31 Kb.
#208937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Документ Microsoft Word

2005 yil 19 mart – O`zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi V Majlisida Teshaboyev Muxammadyusuf Mutalibjonovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.
2005 yil 25 iyul – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdan tashqari III S’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Dasturi va Ustaviga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
2006 yil – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ta’sischiligida Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi tashkil etildi. Shu kunga qadar 4000 mingga yaqin tadbirkor va fermerlarning qonuniy huquq va manfaatlari Markaz tomonidan himoya qilindi. Bundan tashqari, mamlakat parlamentida tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi qator qonunlar qabul qilindi, shuningdek, hukumat tomonidan tegishli qonunosti hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
2006 yil 7 dekabr – O`zLiDeP Siyosiy Kengashining VIII Majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
2007 yil 6 noyabr – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining IV S’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga navbatdagi saylovda O`zLiDePdan nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Partiya S’ezdi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Mazkur yig‘ilishda I.Karimov «Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish – oliy saodatdir» nomli ma’ruza bilan ishtirok etdi.
2007 yil 27 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tgan saylovda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Islom Abdug‘aniyevich Karimov g‘alaba qozondi.

Yüklə 116,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin