O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 390,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/20
tarix23.06.2022
ölçüsü390,19 Kb.
#62147
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

2.4. Didaktik o’yinlardan foydalanish. 
Bizga malumki, amalda bolalarning quyidagi o’yinlari mavjud: ijodiy harakatli ,
didaktik, predmetli, ijrochilik. Bolalar bu o’yinlarning hammasiga (vaqti bilan ) 
qatnashib, qoniqish hosil qiladilar. Bolaning o’yin faoliyati o’quv jarayoning biror 
ko’rinishida namoyon bo’libgina qolmasdan , balki o’qitish metodi hamdir. 
Matematik mazmundagi didaktik o’yinlarni tashkil etishda metodikaning quyidagi
masalalari haqida o’ylashga to’g’ri keladi. 
1. O’yining maqsadi o’yin jarayonida bola matematika sohasida qanday
malaka va ko’nikmalarni o’zlashtiradi. O’yining qaysi paytida alohida e`tibor berish
kerak. O’yinni o’tkazishda boshqa qanday tarbiyaviy maqsadlar kutiladi. 
2. O’yinda ishtiroq etuvchilar soni haqida har bir o’yin aniq eng kam va eng 
ko’p ishtirok etuvchilarni talab qiladi. O’yinni tashkil etishda bu masalaga alohida 
e`tibor berishi kerak . 
3. O’yin qanday materallar va boshqa o`quv qurollari kerak, 
4. Kam vaqt sarflab o’yin qoidaliri bilan bolalarni tanishtirish kerak . 
5. O’yin qanday vaqtda tayillangan bo’lishi va bolalar bu o’yinga yana bir
marta qaytishga istak bildirsin . 


53 
6. Qanday qilib o’yinga qiziqtirish kerak, bu narsani aniqlash uchun bolalarni
kuzatishni qanday tashkil etish kerak. 
7. Qanday qilib oyinga koproq bolalarni jalb etish kerak.
8. Bolalarning o’yinga bo’lgan qiziqishi va faolligini oshirish uchun o’yinga 
o’zgartirishlar kiritish kerak.
9. O’yinga boshqa matematik materiallar kiritish uchun o’yin mazmuniga qanday 
qilib foydalanish kerak. 
10. O’yindan keyin bolalarga qanday xulosalarni ma’lum qilish kerak. 
Matematik o’yinlarga bolalar bilan bir qatorda kattalar, matematik-olimlar ham 
qiziqib kelishgan. O`tgan asrimizning 40-yillarida matematikaning mustaqil sohasi o’yin 
nazariyasi nomi bilan yuzaga kelgan. Bu murakkab nazariya dastlab shaxmat, shashka va 
boshqa o’yinlarni matematik nuqtai nazardan o’rganish asosida payda bo’ldi. Hozirgi 
paytda o’yin nazaryasi xalq xo’jaligi va ijtimoiy hoyotining ko’pgina sohalarida 
qo’llanib, o’yin haqidagi tushuncha borgan sari rivojlanib bormoqda. Matematik 
o’yinlarini tashkil etishda quyidagi qoidalarga rioya qilish talab qilinadi.
1. O’yin qoidalari oddiy va aniq rasmiylashtirilgan, kichik yoshdagi bolalar uchun 
qulay va tushunarli bo’lishi kerak. Agar o’yin ayrim bolalar uchungina tushunarli bo’lsa, 
qolgan o’quvchilar yo qoidani tushunmaydi, yoki o’yinning mazmunini tushunmaydi. U 
holda bunday o’yin bolada qiziqish uyg’otmaydigan va yuzaki xo’jako’rsinga o’tkazilgan 
bo’lib qoladi. 
2.Agar o’yin bo’lada kuchli reaktsiya (ta’sir) ko’rsatib, aqliy faoliyat uchun yetarli 
ozuqa bermasa matematik ziyrakni va diqqatni rivojlantirmasa, u holda o’yin pedagogik 
maqsadlarni bajarishga imkon bermagan bo’ladi. 
3.Agar bolalar uchun didaktik materallarini tayyorlash murakkab yoki o’yin paytida 
undan foydalanish juda ham noqulay bo’lsa, bo’nday o’yin ko’tilgan natijani bermaydi.
4. Jamoalar musobaqasi bilan bog’liq bo’lgan o’yinlarini o’tkazish paytda o’yin 
natijalarini ishtirok etayotgan barcha o’quvchilar jamoasi yoki tegishli shaxslar 
tomonidan nazorat qilish ta`minlangan bo’lishi kerak. Musobaqa natijalari ochiq, aniq va 
adolatli baholanib borilishi talab qilinadi. Hisoblashdagi xato, hisobni o’zini to`g`ri 
baholashdagi tushunmovchilik, g’oliblar haqida adolatsiz xulosalar chiqarishga olib 
keladi va o’z navbatida o’yin ishtirokchilarida norozilik paydo qiladi. Ayniqsa IV –III 
sinf o’quvchilari bilan o’yinlar o’tkazishda bu narsa tez-tez sezilib turadi. Ular 


54 
hakamlarning qayerda noto’g’ri xulosa chiqarganliklarini yaxshi ajratadilar va 
adolatsizlikni keskinlik bilan qoralaydilar.
Agar bunday adolatsizlikni bolalar sezib 
qolsalar, u holda yaxshi taassurotlar bilan bir qatorda ularga ko`ngilsiz fikr-
mulohazalarsalar ham saqlanib qoladi.
5. Agar har bir o`quvchi o`yinda faol ishtirkq etsalar, shu paytdagina o`yin 
qiziqarli o`tadi. Bola o`yinda o`z navbatini kutib qolsa u o`yinda bolaning qiziqishi 
susayadi.
6. Agar darsda yoki sinfdan tashqari ishlarda bir necha o`yin o`tkazilayotgan 
bo`lsa, matematik mazmuniga ko`ra osonroq, so`ngra qiyinroq mashq navbatlanib 
turmog`i lozim, shunimg bilan birgalikda juda yengil va ancha sodda o`yinlarni 
mashg`ulot oxirida o`tkazish maqul bo`ladi. 
7. Agar bir necha mashg’ulotlarda fikrlar ta’sirining o’xshashligi bilan bog’liq
bo’lgan o’yinlar o’tkazilayotgan bo’lsa u holda soddadan murrakabga, konkretdan
abstraktga qarab borishdan iborat matematik prinsipga amal qilish kerak , bu
qoidani ayniqsa mantiqiy mazmundagi o’yinlarni o’tkazishda amal qilish kerak .
8. Harakatli o’yinlar harakatsiz o’yinlar bilan almashinib tuzulishi kerak.
9. Matematikadan darsda yoki darsdan keyin o’tkaziladigan o’yin aniq meyorga
ega bo’lishi kerak. Agar meyoridan oshirilib yuborilsa bu holda bolalarni o`yindan 
boshqa hech narsani ko`rmasligiga olib kelishi mumkin.
10. O`tkaziladigan har bir o`yin bilish ahamiyatiga ega. Shu sababli undan aqliy 
vazifani birnchi o`ringa ko`tarib aqliy faoliyatdan taqqoslash analiz , sintez, mulohaza va 
aqliy hulosalar chiqarishda foydalanish kerak. U holda ular kichiq yoshdagi maktab 
o`quvchilarida faqat mantiqiy fikrlashni rivojlantiribgina olmasdan balki, to`g`ri, aniq 
qisqa nutq qilishga ham o`rgatadi. Bolalar didaktik o`yinlarda belgilar, tushunchalar 
orasidagi bog`lanish va aloqalarni zarur bo`lgan holda terminlarni tog`ri so`zlar bilan 
ko`rsatib bera olsinlar. 

Yüklə 390,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin