O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 390,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/20
tarix23.06.2022
ölçüsü390,19 Kb.
#62147
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

 
 
«Adashmayman » o`yini 
Bu oyinda bolalar doira shaklida tizilib turadilar. O`qituvchi o`yinda ishtiroq 
etayotgan o`quvchilardan biriga yaqinlashib tegadi va signal bo`yicha bola boshlaydi, 
1… boshqalari esa hisoblashni 2, 3, 4, 5, 6 deb davom ettiradi va navbatdagi yitti 


56 
sonining o`rniga “Adashmayman” so`zini aytadi navbatdagi o`quvchi 8 keyingilari 9, 10 
, 11, 12, 13 deb sanashni davom ettiradi. Bunda faqat 7ga bo`linadigan sonlar o`rniga 
navbatdagi bola “Adashmayman” so`zini aytadi. Shunday qilib 70 gacha davom etadi. 
Hisoblashda adashgan bola (o`quvchi ) doirada ( safdan ) chiqadi. Belgilangan vaqtgacha 
doirada qolgan o`quvchilar yutgan hisoblanadi. “Adashmayman” so`zini boshqa sonlar 
o`rnida ham ishlatish mumkin. Bu esa o`qituvchining qanday bo`lish jadvalini 
mustahkamlashni nazarda to`tishga bog`liqdir. 


57 
Xulosa 
Ushbu bitiruv malaka ishida boshlang’ich maktab o’quvchilarining nomerlash 
metodikasini o’zlashtirish faoliyatini shakllantirish bilan bog’liq nazariy va amaliy 
tadqiqot natijasida “ nomerlash metodikasini o’zlashtirish darajasi” tushunchasi mazmuni 
va uni ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlari aniqlandi, bu muammoni boshlang’ich 
maktab o’quvchilari matematik tayyorgarligiga nisbatan qo’llash shart-sharoitlari 
belgilandi.
Boshlang’ich maktab o’quvchilari nomerlash metodikasini o’zlashtirishning asosiy 
yo’nalishi sifatida rag’batlantirish; psixik jarayonlarni faollashtirish (qabul qilish, diqqat 
va hokazo); boshlang’ich ta’limdayoq rivojlanuvchi ta’lim g’oyalarini amalga oshira 
borib, o’quvchilar fikrlash faoliyatini rag’batlantirishga ko’proq urg’u berish belgilandi.
Bitiruv malaka ishida psixologik-pedagogik nuqtai nazardan yosh o’qituvchilarga
nomerlash metodikasining o’ziga xosliklari, o’quv jarayonining didaktik ta’minoti, 
didaktik ishlanmalar mohiyati va yo’nalishi ko’rib chiqilib, materiallarning o’quvchilar 
bilish faoliyatini shakllantirish maqsad va vazifalariga muvofiqligi ilmiy, amaliy jihatdan
asoslandi.
Boshlang’ich maktab o’quvchilari ta’limiga muammoli yondoshishni amalga 
oshirishning taklif etilayotgan uslublari, yo’llari, shakli va vositalari dastur materiallari 
o`quvchilarning sonlarni nomerlashni chuqur, mustahkam o’zlashtirishni ta’minlaydi. 
Ta’limga muammoli yondoshuv o’quvchilarning nomerlash metodikasini o’zlashtirishiga 
faolligini oshiradi, vazifalarni “o’z” usullari bilan bajarishga, mustaqil ishni o’z vaqtida 
ado etishga bo’lgan ishtiyoqini kuchaytiradi.
Bitiruv malaka ishimizning olingan natijalari o’quvchilarning nomerlash 
metodikasini o’zlashtirishi faoliyatini tashkil etishda o’qituvchining yetakchilik rolini, 
uning shaxsi, bilimi, ishga va o’quvchilarga bo’lgan munosabati, metodik mahoratining 
muvaffaqiyatli yechilishida katta ahamiyatga egaligini tasdiqladi.

Document Outline

  • KIRISH
    • KIRISH

Yüklə 390,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin