O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika psixologiya fakul’teti



Yüklə 483,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix24.05.2020
ölçüsü483,24 Kb.
#31530
1   2   3   4   5
abu iso at-termiziyning yoshlar tarbiyasiga doir qarashlari


5.Ishlab chiqarish – kadrlarga bo’lgan ijtimoiy extiyojni, shuningdekularning 

tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi  asosiy 

buyurtmachi,  kadrlar  tayyorlash  tizimini  moliyaviy  va  moddiy-  texnika  jihatdan 

ta’minlash jarayonining qatnashchisi. 

“Ishlab  chiqarishning  talab-ehtiyojlari  kadrlar  tayyorlash  tizimining  

yo’nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, 

vazifalari  va  mazmunini  belgilaydi,  malaka  talablarini  ilgari  suradi,  ta’limning 

zamonaviy  texnologiyalari  va  shakllarini  tanlashni  taqozo  etadi.  Ishlab  chiqarish 

pirovard natijasida kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi”.

3

  



“Ishlab chiqarish muassis, homiy va boshqa sifatlarda alohida mutaxassislarni 

tayyorlashni,  guruhlarni  va  o’quv  yurtlarini  moliyalash  jarayonida  ishtirok  etib, 

mutaxassislarning  kasbiy  rivojlanishi  va  shaxsiy  faolligini  rag’batlantiradi,  ularni 

moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab – quvvatlashda bevosita ishtirok etadi”.

4

  

                                                 



1

 

Баркамол авлод орзуси // Тузувчилар Ш.Қурбонов, Ҳ.Саидов, Р.Аҳлиддинов. – Тошкент: Шарқ нашриёти – 



манбаа концерни Бош таҳририяти, 1999. – Б. 172. 

2

 



Ўша манба – Б. 171. 

3

 



Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Олий таълим: меъёрий ҳужжатлар тўплами. – Тошкент: Шарқ 

нашриёт – манбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. – Б. 42. 

4

 

Баркамол авлод орзуси // Тузувчилар Ш.Қурбонов, Ҳ.Саидов, Р.Аҳлиддинов. – Тошкент: Шарқ нашриёти – 



манбаа концерни Бош таҳририяти, 1999. – Б. 173-174. 

 

17 


Avvalalari  ishlab  chiqarish  tayyor  kadrlar  kuchi  va  salohiyatidan 

foydalanuvchi  is’temolchi  sifatidagina  faoliyat  olib  borgan  bo’lsa,  bugungi  kunda 

ushbu faoliyatning mazmuni tubdan o’zgaradi. Endilikda ishlab chiqarish kadrlarni 

tayyorlash sifati va saviyasiga nisbatan o’z talablarini qo’ya oladi. Shu bilan birga 

sifatli  hamda  yuksak  saviyali  mutaxassisni  tayyorlab  etishtirish  yo’lida  uzluksiz 

ta’lim  hamda  fan  tarmoqlarining  moliyaviy,  moddiy  –  texnik  jihatdan  qo’llab  – 

quvvatlash  majbariyatini  o’z  zimmasiga  oladi.  Shu  asosida  kadrlar  tayyorlash 

tizimining faol ishtirokchisiga aylanadi. 

Milliy  model  Konsepsiyasining  mazmuni  o’zbek  xalqining  milliy  turmush 

tarzi  va  ma’naviy  –  axloqiy  an’analari  bilan  hamnafasdir.  Zero,  xalq  orasida 

qadimdan  “ma’rifatli  inson”  tushunchasi  qo’llanib  kelingan  bo’lib,  u  o’zida  keng 

ma’noni  ifoda  etadi.  Bilim  olishga  intilish,  ma’rifatli  bo’lish  o’zbek  xalqi, 

millatining  ruhiyatida  ustivor  o’rin  tutuvchi  omil  sanaladi.  Ma’rifatchilik  – 

faqatgina bilim va malakaga ega bo’lish emas, ayni paytda chuqur ma’naviy axloq 

hamdir.  Bilimli,  komil  inson  qiyofasida  ana  shunday  xislatlarga  ega  shaxslar 

namoyon bo’ladi. 

Shuning  uchun  ham  kadrlar  tayyorlash  milliy  modelining  butun  mohiyati 

o’zbek xalqining milliy tarixi va hayot tarzi bilan bog’lanib ketgan. 

 

1.2. Pedagogika fanining yoshlar  tarbiyasidagi  roli 

Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash xalqimizning azaliy  orzusi 

bo’lib,  ajdodlarimiz  ma’rifat,  ma’naviyat  va  madaniyatni  qanday  qilib  yosh 

avalodga  o’rgatish  -  ularni  komillikka  etaklash  yo’llari,  qonun  –  qoidalarini  

mutassil  izlaganlar.  Bu  esa  pedagogika  fanining  maydonga  kelishiga  sabab  

bo’lgan.  Chunki,  insonni  ma’rifatli  va  ma’naviy  komillikka  erishishi  pedgogika 

fanining etakchiligida amalga oshiriladi. 

Ma’lumki,  mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi ta’lim – tarbiya  sohasidagi 

sifat  o’zgarishlari qilib yuqori samaradorlikka  erishishga, ularning jahon  ta’limi  

talablari bilan mosligi va amaliy  hayotdagi o’rnini  qay  darajada topayotganligiga 

bog’liq. 


 

18 


Ta’lim - tarbiyadagi sifat  o’zgarishlar va yuqori samaradorlik ko’proq milliy  

pedagogikamizning  tarixiy  ildizlari  va  zamonaviy  yutuqlarini  talabalar  ongiga  

singdirishni  qay  darajada   olib  borilganligiga  bog’liq  bo’lib,  u  barkamol  avlod 

tarbiyasida  mustahkam  asos  bo’ladi.  Shunday  asoslarda  ta’lim–tarbiya  berish 

bo’lajak  mutaxassislarni  yangicha  sharoitlarda  ishlashga  tayyorlovchi  innovasion 

jarayon  bo’lib,  oldingi  egallagan  bilimlar  asosida  ijobiy  pedagogik  samaralarni  

beruvchi  yangicha  yondoshuv  texnologiyalarini  yaratish  va  joriy  etishdan 

iboratdir.  Bu  talablarni  bajarish  ta’lim  -  tarbiya  jarayonini  ilm  -  fan  va  texnika  – 

texnologiyalarning eng   so’ngi yutuqlari asosida, zamon talablarini hisobga olgan 

holda  tashkil etish muammosi mavjudligini  ta’kidlaydi. 

Ta’lim-tarbiya 

sohasida  Respublikamizda 

qator 

tadbirlar 



amalga 

oshirilmoqda. Jumladan, «Ta’lim to’g’risida» gi  qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy 

dasturi»  va  jahon  ta’limi  andozlari  talablarlariga  mos  keluvchi  «Davlat  ta’lim 

standartlari»  da  davr  bilan  hamnafas,  ya’ni  «Intellektual  asr»ning  faol 

ishtirokchilarini  tayyorlash  ko’zda  tutilgan.  XXI  asrning  faol  ishtirokchisi  esa 

keng ma’noda ta’lim – tarbiya va ularning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar bilan 

bog’langan holda barkamol shaxsni voyaga etkazishdek innovasion jarayoni o’zida 

mujassamlashtiradi. 

Barkamol shaxs  tarbiyasi  tasodifan paydo  bo’lgan emas. Bu inson tarbiyasi 

haqidagi fikrlar, g’oyalar, qarashlar, qoidalar, qonunlar asosida  shakllana boshladi 

va  hozirgacha  jamiyat  taraqqiyotiga  mos  holda   takomillashib  kelmoqda.  Ular, 

asosan,  qissalar,  pandnomalar,  qadriyatnomalar  yozma  yodgorliklarda,  xalq 

og’zaki  ijodida  va  boshqa  shu  kabi  manbalarda  asoslab  berilib  avloddan  – 

avlodga  o’tkazildi  va  keyinchalik  mustaqil  fan  sifatida  shakllanib  o’z  mavqeini 

mustahkamlab oldi.  

«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»da  ta’lim  muassasalarida  zamonaviy 

pedagogik  texnologiyalarni  yaratish  va  ulardan  amaliyotda  keng  foydalanishga 

erishish, «Ta’lim – fan – amaliyot» integrasiyasining ta’lim tizimidagi samarasiga 

alohida  e’tibor  qaratilgan.  Qabul  qilingan  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»ning 

milliy modelidagi bosh muddao ham barkamol avlod tarbiyasi,  mustaqil  va erkin 



 

19 


fikrlovchi, dunyoqarashi keng ijodkor shaxsni tarbiyalash masalasidir. Bu vazifani 

esa  pedagogika  fani asoslaridan xabarsiz kishi  me’yoriga  etkaza  olmasligi hech 

kimga sir emas. 

Ushbu  ma’noda  bo’lajak  o’qituvchilar  zimmasiga  qo’yiladigan  yangi 

pedagogik  tafakkurni  shakllantirish  vazifasi  zamonaviy  pedagogika  fanining  

mazmun  –  mohiyatini  tashkil  etadi,  shuningdek,  jamiyat  oldida  milliy  maktab  

modelini  yaratish,  milliy  ta’lim  tizimini,  uning  mazmunini  jahon  tajribasi 

mezonlariga  mos   davlat  standartlari  asosida  yaratish  vazifasini  hal  etish  ham  

milliy pedagogikamizning zimmasiga yuklatiladi. 

O’zbekiston 

Respublikasidagi 

pedagogik 

oliy 

o’quv 


yurtlarida   

o’rganiladigan  pedagogika fani o’qituvchilik  kasbiga tayyorlash tizimida alohida 

ahamiyat  kasb  etadi  va  ixtisoslikka  yo’naltiruvchi  fan  hisoblanadi.  Mazkur  o’quv 

fani  o’zbek xalqining milliy  qadriyatlari, urf- odat, marosim va an’analari hamda  

xalq pedagogikasi  aqidalariga  asoslanib, bo’lajak  o’qituvchini milliy  mustaqillik 

sharoditida  yosh  avlodni  tarbiyalash  va  ta’lim  berish,  shaxsni  kamol  toptirish, 

e’tiqod va maslaklarini   shakllantirish, ma’naviy – axloqiy yuksaltirish jarayoniga 

olib kiradi. Pedagogika  fanining boshqa fanlar orasidagi  tutgan muhim o’rni ham 

ana shundadir. 

Pedagogika  fani  ijtimoiy  fanlar  tizimiga  kirib,  u  o’zining  nazariy,  milliy  va 

amaliy  asoslariga ega. 

 Pedagogika  fanining  nazariy  asoslari:  Pedagogika  fanining  nazariy  asoslari 

inson  aqliy  kamolotini  yuksaltirishga  qaratilgan,  xalqimiz  tomonidan  yaratilgan 

boy  tajriba,  ilmiy  tadqiqotlarga  doir  nazariy  va  metodik  manbalarga,  O’rta  

Osiyo va jahon ma’rifatparvar, mutaffakkir olimlarning asarlariga suyangan holda  

barkamol  shaxsni   tarbiyalash,  o’qitishning  qoida  va  umumiy  qonuniyatlariga 

asoslanadi. 

Pedagogika fanining  milliy asoslari: Pedagogika fanining milliy  asosi  ta’lim 

muassasalarini  har  bir  millatning  milliy  merosi  bilan  umuminsoniy, 

umumbashariy  qadriyatlarni  bog’lagan  holda  amalga  oshirishdir.  Har  bir 

millatning  o’ziga  xoc  meros  va  qadriyatlarga  suyangan  holda  tarbiyashunoslik 



 

20 


masasalarining  milliy  asosda  yosh  avlodga  etkazish  mazmuni,  shakli,  metod  va  

tamoyillarini milliylashtirishdir. 

Pedagogikaning  fan  sifatida  shakllanib  borishi  ijtimoiy-iqtisodiy  zaruriyat 

bo’lib,  u  turli  fanlar  bilan  uyg’un  holda  qadim-qadim  zamonlardan  rivojlanib 

kelgan.  Alloh,  eru  osmonni,  butun  borliqni  inson  uchun  yaratib,  unga  aql 

gavharini,  tafakkur  qilish  qobiliyatini  berdi.  O’zining  mavjudligi,  har  bir  ishga 

qodirligini, ilmda tengsizligini, mehr-muruvvatda beqiyosligini bildirdi. 

Islomda  ham  dunyoviy  ilmlarning  barchasi  Qur’oni  Karim  ta’limoti  bilan 

bog’liq va uyg’un holda berilgan.  

Qadimgi  Yunonistonda  Suqrot,  Pifagor,  Aristotel,  Platonlar  g’oyaga 

asoslangan  o’zlarining  inson  kamoloti  va  tarbiya  masalalarining  falsafiy  negizini 

yaratgan.  Aristotel  «Iskandarga  qilgan  nasihati»da  (U  Iskandar  Zulqarnaynning 

ustozi  bo’lgan  va  bu  ham  o’z  navbatida  Aristotelni  o’z  otasidan  ustun  qo’ygan) 

insonni eng yuksak fazilati taqvodorlik, iymonli ilmli bo’lishligini ta’kidlagan edi, 

ya’ni: «Taqvodorlik  iymon  vositasida  kamol  topadi.  Iymon  esa  fikru  andisha 

soyasida hosil bo’ladi», degan edi. 

Ilmda  xosiyat  ko’p,  chunki  u  –  taraqqiyot  kaliti  –  insonning  qalb  ko’zidir. 

Bunda ilm aqldan quvvat olganligi sababli aql ma’naviy haqiqatlari bilan insoniyat 

jamiyatining  dunyoviy  ishlarda  intizom  yaratadi.  Bu  haqda  ulug’  matematik  va 

faylasuf olim Pifagorning quyidagi fikrlari fikrimizning isbotidir. Ular: 

• 

«Donishmandlik nima? 



Tartib-intizomlilik.  Donishmand  bo’lay  desang  hamma  narsani  joy-joyiga 

qo’y. O’tkinchi shuhratdan oqil kishining kundalik ishidagi tartib a’loroq»; 

Etuk  shaxslarning  (olimlar,  donishmandlar,  faylasuflar,  yozuvchilar,  shoirlar, 

qahramonlar, davlat arboblari va shu kabilar) hayoti va faoliyati ulug’ ibrat, tarbiya 

sabog’idir.  

Hozirgi  kunda  ham  ilm-fanning  turli  sohalari,  shuningdek,  fan,  adabiyot, 

san’at,  falsafa  va  boshqa  sohalarida  ijod  qilganlarning  ismi  sha’riflarini  yo’qlash, 

qilgan  ishlaridan  foydalanish,  insoniyatning  og’irini  engil  qilganda  ularni  eslab, 

yod qilib turilishi nihoyatda ahamiyatlidir. 


 

21 


Shu sababli ham yuqorida ta’kidlaganimizdek, olim-mutafakkirlarimiz olamga 

mashhur  bo’lganlar.  Ulardan  ayrimlarining  fikrlarini  keltiramiz.  Muhammad  ibn 

Muso  al-Xorazmiyning  «Arifmetika»  asari  boshlanishidagi  quyidagi  fikrni 

keltiramiz: «Rahimli  va  mehribon  tangriga  loyiq  maqtovlar  aytaylik,  unga 

minnatdorchiligimizni  bildiraylik  va  uni  ko’klarga  ko’tarish  bilan  maqtovini 

oshiraylik, unga  ibodat qilaylik, toki, u bizni adolat sari boshlab, haqiqat  yo’lidan 

olib  borish  va  bizga  9  ta  raqamda  iborat  hind  hisobi  haqida  bayon  etishga  qilgan 

qarorimizga  yordam  bersin».

1

  Ya’ni  «Arifmetika  oddiy  va  murakkab  masalalarini 



o’z ichiga  oluvchi  «Al jabr  va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob»ni taklif 

qildim, chunki meros tadqim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va 

adliya  ishlarida,  savdoda  va  har  qanday  bitimlarda  va  shuningdek,  er  o’lchash, 

kanallar  o’tkazishda, (amaliy)  geometriya  va  boshqa  shunga  o’xshash  turlicha 

ishlarda kishilar uchun bu zarurdir». 

Abu  Ali  ibn  Sino  –  u  «Shayx  ur-rais»,  ya’ni  «Olimlar  boshlig’i», «Tabiblar 

podshohi», nomlariga sazovor bo’lgan olim. Uning tarjimai holidan quyidagi fikrni 

o’qishimiz mumkin: «Agar biror masaladan boshim qotib, qiyosda o’rtacha ta’rifni 

topa  olmasam,  jome’  masjidiga  borardim  va  namoz  o’qib,  yaratguvchiga 

yolborardim, natijada qorong’u narsalar menga oydinlashar, mushkullar osonlashar 

edi», deb yozgan edi. 

Abu  Ali  ibn  Sino  o’zining  quyidagi  asarlari  bo’yicha  ma’rifatimiz, 

madaniyatimiz va ma’naviyatimiz tarixiga katta hissa qo’shdi: 

• 

falsafa, tibbiyot va tabiatshunoslik sohalariga oid «Qonun fit tib» («Tib 



ilmlari  qonuni»); «Kitob  ash  shifo» («Jonni  saqlash  kitobi»); «Kitob  an-najot» 

(«Najot kitobi»); «Kitob an-insof» («Insof kitobi») va shu kabi asarlar yaratdi; 

• 

axloqqa  va  ma’rifatga  oid  «Risola  fi  ilm  al-axloq» («Axloqqa  oid 



risola»); «Risola fi fazilat an-nafs» («Nafsni pokiza tutish haqida risola»); «Risola 

fi  al-ahd» («Burch  haqida  risola»); «Kitob  an-insof» («Adolat  haqida  kitob»)  va 

                                                 

1

 



Муҳаммад Мусо ал-Хоразмий. Танланган асарлар. – Т.: «Фан», 1983. – Б. 59.

 

 



 

22 


shunga  o’xshash  ta’lim-tarbiyaga  oid  boy  ma’naviy  merosni  kelajak  avlodga 

qoldirdi. 

Buyuk  davlat  arbobi  va  ilm-fan  homiysi,  olim  va  o’z  davri  ta’lim  tizimining 

bosh  islohotchisi,  ma’rifatparvar  inson,  dunyoda  birinchi  hisoblash  markazining 

tashkilotchisi  Mirzo  Ulug’bek  hayoti  va  faoliyatida  ham  dunyoviy  ilmlar 

o’qitilishiga katta e’tibor berilgan. 

Ulug’bek  maktab  va  madrasalarda  berilgan  nazariy  bilimlarni  amaliyotga 

tadbiq  etish  maqsadida  mudarrislar,  talabalar  bilan  rasadxonada  amaliy 

mashg’ulotlar o’tkazishni talab etib, bunga o’zi rahbarlik qilgan. 

Qomusiy  olim  Abu  Rayhon  Beruniyning  ta’lim-tarbiya  sohasida  o’sha 

zamonlarda,  hattoki  hozirda  ham  o’z  dolzarbligini  yo’qotmagan  fikrlari 

pedagogika fani metodologik asoslarini tavsiflashda nihoyatda muhimdir. Ya’ni, u 

ta’lim berish jarayonida quyidagilarga e’tibor berish lozim, deb ta’kidlaydi: 

• 

ta’lim oluvchini zeriktirmaslik kerak; 



• 

talabalarga  bilim  berishda  bir  xil  narsa  va  ma’lumotlarni  doimo  bir  xil 

usulda o’rgatavermaslik kerak; 

• 

uzviylik  va  izchillik  asosida  mavzularni  qiziqarli  qilib  o’rgatish 



yo’llarini kashf etib borish kerak; 

• 

ta’lim  berishda  mashg’ulotlarni  ko’rgazmali  qilib  borishga  erishish 



kerak; 

• 

talabalarning  bilim  olishida  ularning  ilmlarni  egallashiga  tushunib 



harakat  qilishini,  ya’ni  ijodiy  intilishiga  va  qiziqishiga  e’tibor  doimo  ta’lim 

beruvchining diqqat markazida bo’lmog’i lozim. 

Abu Rayhon Beruniy ta’lim-tarbiya jarayonida muhitning ahamiyatiga alohida 

e’tibor  bergan  va  u  barcha  illatlarning  asosini  bilimsizlik  tashkil  etadi,  degan 

fikrda qat’iy turgan. 

Beruniy inson kamolotidagi omillarni quyidagi asosiy qismlarga bo’ladi: 

•  ma’rifat va ta’lim beruvchining ilm-ma’rifatli bo’lishi: 

•  ilm-fanni e’tirof qiluvchi muhit; 

•  ijtimoiy muhit va to’g’ri tarbiya; 


 

23 


•  ta’lim beruvchining yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lish. 

Bular  bugungi  pedagogikaning  metodologik  asoslarini  yaratishda  muhim 

ahamiyat kasb etadi. 

Pedagogika fani metodologiyasining yaratilishida qomusiy olimlar bilan birga 

chex  olimi  Yan  Amos  Komenskiy,  shveysariyalik  pedagog  Iogann  Genrix 

Pestalossi, nemis pedagogi Adolf Disterverg, rus pedagogi K.D.Ushinskiylar katta 

xissa qo’shganlar. 

Hozirgi  kunda  barkamol  shaxs  tushunchasi  fuqarolik  jamiyatini  qurish  va 

«Ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  yaratish»  uchun  fidoiy  farzand 

bo’lish  tushunchalari  bilan  bog’lanib  ketdi.  Biz  endi  alohida-alohida  etuk 

shaxslargina  emas,  balki  barkamol  avlodni  shakllantirishimiz  va  tarbiyalashimiz 

lozim.  Ana  shundagina  barkamol  avlodli,  intellektual  salohiyatli  shaxslar 

jamiyatiga  ega  bo’lamiz.  Bu  borada  muhtaram  Prezidentimiz  I.A.Karimov 

«Turkiston»  gazetasi  muhbiri  bilan  qilgan  suhbatida  quyidagi  qimmatli  va 

ko’rsatmali fikrni aytganlar: «Endi oldimizga nihoyatda muhim, kelajagimizni hal 

qiluvchi yangi vazifa turibdi. Bu vazifa erkin fuqarolik jamiyatining ma’naviyatini 

shakllantirish,  boshqacha  aytganda,  ozod,  o’z  haq-huquqlarini  yaxshi  taniydigan, 

boqimandalikning har qanday ko’rinishlarini o’zi uchun or deb biladigan, o’z kuchi 

va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o’z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan 

manfaatlari  bilan  uyg’un  holda  ko’radigan  komil  insonni  tarbiyalashdan 

iboratdir».

1

 



Demak,  hozirda  pedagogika  fanining  metodologik  asosi  tadqiqot  metodlari, 

maqsad  va  vazifalari,  yangi  yo’nalishlari,  ta’lim  va  tarbiya  mazmuni,  shakl  va 

metodlari  hamda  boshqa  bir  qator  muammolar  yangicha  yondashuv,  ya’ni  milliy 

mafkura  asosida  yaratilishini  taqozo  etmoqda.  Shuningdek,  Prezitendimiz 

I.A.Karimov o’z risola, nutq va suhbatlarida ilgari surgan fikrlar, g’oyalar, ana shu 

fikr  va  qarashlar  asosida  yaratilgan  «Milliy  istiqlol  g’oyasi:  asosiy  tushuncha  va 

tamoyillari» ham pedagogika fanining metodologik asosi sanaladi. 

                                                 

1

 

Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. – 7 том. – Тошкент: Ўзбекистон, - Б. 3-4. 



 

24 


Shu bilan birga pedagogika fanining ham o’z ildizlari, sarchashmalari mavjud. 

Ma’lumki, ta’lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz moziyda ham bosh masala 

inson, uni barkamol etib tarbiyalash bo’lganligining guvohi bo’lamiz. Eng qadimgi 

manbalardan  boshlab,  keyinchalik  paydo  bo’lgan  ta’limiy-axloqiy  asarlarda  ham 

amaliy  masalalar  tahlil  etilganki,  uning  asosida  inson  shaxsini  ma’naviy-axloqiy 

shakllantirish  muammosi  markaziy  muammo  bo’lgan.  Yusuf  Xos  Hojibning 

«Qutadg’u  bilig»  asaridan  boshlab,  Kaykovusning  «Qobusnoma»,  Ahmud 

Yugnakiyning  «Hibat  ul-haqoyiq»,  Sa’diyning  «Guliston»,  Alisher  Navoiyning 

«Mahbub  ul-qulub»,  Abdulla  Avloniyning  «Turkiy  guliston  yoxud  axloq»  va 

boshqa  juda  ko’p  didaktik  asarlarning  har  birini  bir  pedagogik  darslik,  desak 

yanglishmagan  bo’lamiz.  Biz  ana  shu  asarlarga  tayangan  holda  tadqiqot  ishlarini 

olib borgan taqdirdagina pedagogikaning ilmiy asoslarini boyitgan bo’lamiz. 

Prezidentimiz  I.A.Karimov  bu  borada  shunday  degan  edi: «O’zbekistonning 

yangilash  va  rivojlantirishning  o’z  yo’li  to’rtta  asosiy  negizga  asoslanadi.  Bu 

negizlar: 

• 

umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 



• 

xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; 

• 

insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 



• 

vatanparvarlik».

1

 

O’zbekistonda  mustaqillikni  saqlab  qolish  va  uni  mustahkamlashda 



pedagogika  fani  va  uning  metodologik  asoslariga  bevosita  bog’langan  holda,  har 

bir  pedagogik  masalaga  ijodiy,  rivojlantiruvchi  nuqtai  nazaridan  yondashishi 

zarurdir.  Ana  shunda  mazmunan  yangilanayotgan  zamon  talablari  asosida 

shakllanayotgan pedagogika – inson ruhiyatiga ta’sir  etuvchi zamonaviy metodlar 

va 

texnologiyalar 



hosil 

bo’lgandagina 

haqiqiy 

milliy 


va 

zamonaviy 

tarbiyashunoslik faniga aylanishi muqarrar. 

Bu  borada  Respublikamiz  Prezidentining  quyidagi  vazifaviy  (ko’rsatmali) 

fikri  ahamiyatlidir: «O’z-o’zidan  ayonki,  yangi  davlat  barpo  etishda  milliy  va 

                                                 

1

 

Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат мафкура. I том. – Тошкент: Ўзбекистон, 1996. 



– 

Б. 76.  


 

25 


umuminsoniy  qadriyatlar  ruhida  tarbiyalangan,  mamlakatimizni  modernizasiya 

qilish  va  zamonaviy  demokratik  jamiyat  qurish  yo’lidagi  murakkab  va  keng 

ko’lamli  vazifalarni  hal  etishga  qodir  bo’lgan  yangi  avlod  kadrlarini  tayyorlash 

masalasi muhim prinsipial va hal qiluvchi ahamiyatga ega».

2

  

 



1.3. Dars - yoshlar tarbiyasidagi asosiy omillardan biri 

Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari 

bor.  Jamiyat  rivojining  har  bir  yangi  bosqichi  ta’limni  tashkil  etishga  o’z  ta’sirini 

o’tkazadi. 

Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratilib ko’rsatiladi: 

• 

individual; 



• 

individual – guruhli; 

• 

sinf – dars; 



• 

ma’ruza – seminarli; 

• 

sinfdan tashqari; 



• 

auditoriyadan tashqari; 

• 

maktab va maktabdan tashqari. 



Ulardan ta’lim oluvchilarni qamrab olishi, ta’lim oluvchilar faoliyatini tashkil 

etishi,  jamoaviy  va  individual  shakllarining  nisbatlari,  mustaqiligi  darajasi  va 

o’qish  jarayoniga  rahbarlik  qilish  xususiyatlari  kabi  belgilariga  ko’ra  quyidagi 

asosiy turi iste’molda foydalanib kelinmoqda: 

• 

individual; 



• 

individual – guruhli; 

• 

sinf – dars; 



• 

ma’ruza – seminarli. 

Qadim zamonlarda mavjud bo’lgan o’qitishning eng qadimgi shakli individual 

ta’lim hisoblanadi.  

                                                 

2

 



Каримов И.А. Ўзбекистоннинг 16 йиллик мустақил тараққиёт йўл // «Халқ сўзи» газетаси. – Т.: 2007 

(13.08.07й.). – 2 бет. 



 

26 


Individual ta’lim bir qator afzalliklarga ega. Shuning uchun bu usulni bizning 

davrimizgacha  repititorlik  shaklida  saqlanib  qolgan.  Uning  ustunligi  o’quv 

faoliyati  mazmuni,  metodi  va  suratini  to’la  individuallashtirish,  aniq  bir  masalani 

hal  etishda  uning  har  bir  harakati  va  operasiyalarini  kuzatib  borishga  imkon 

berishdan  iborat.  Individual  ta’lim  beruvchining  yuqori  pedagogik  malakaga  ega 

bo’lishini talab etadi. 

Individual ta’limning kamchiliklari: vaqtning tejamli emasligi; ta’lim beruvchi 

ta’sirining  cheklanganligi. (Bunda  ta’lim  beruvchining  vazifasi  ta’lim  beruvchiga 

topshiriq berish va uni tekshirishdan iborat bo’ladi); boshqa ta’lim oluvchilar bilan 

hamkorlikda  ishlash  imkoniyati  cheklanganligi  (Bu  ta’lim  oluvchining  yoki 

ta’limning  ijtimoiylashishiga  salbiy  ta’sir  ko’rsatadi);  jamoada  ishlash  tajribasini 

shakllanmasligi va shu kabilardan iboratdir. 

Qayd  etilgan  kamchiliklarni  bartaraf  etish  natijasija  XVI  asrdan  boshlab 

ta’limning  individual  –  guruhli  shakli  paydo  bo’ldi.  Bu  ta’lim  turidan  XVI  asrga 

kelib  Evropada  keng  foydalana  boshlandi.  Markaziy  Osiyo  davlatlarida  bu  ta’lim 

turidan  qadim  davrlarda  ham  foydalanganlar.  Bunga  Avesto  davri  misol  bo’la 

oladi. Avesto davri jamiyatidagi maktablarda individual o’qitish jamoaviy o’qitish 

bilan birga olib borilar edi.  

XI  asrdayoq  Abu  Ali  ibn  Sino  o’zining  “Tadbiri  manzil”  nomli  ilmiy 

asarining maxsus “Amuzish va parvarishi modrasas farzand” (“Bolalarni maktabda 

o’qitish va tarbiyalash”) bo’limida ta’lim oluvchilarga jamoaviy o’qitish haqida o’z 

fikrini bayon etgan. 

Burhoniddin  Zarnuji  (XII  asr) “Bilim  olish  yo’lida  o’quvchiga  maslahatlar” 

nomli o’zining ilmiy asarida dars olib borish bo’yicha tavsiyalar beradi. uning ko’p 

yillik  dars  o’tish  tajribalari  asosida  mazkur  ilmiy  asar  yaratilgan  va  XX  asrgacha 

o’ziga  xos  pedagogika  darsligi  sifatida  Markaziy  Osiyo  madrasalarida  foydalanib 

kelingan.  Asarda  maktabda  dars  taxminan  bir  soatlar  davom  etishi  kerakligi 

yoziladi.  Ta’lim  beruvchi  maktabda  darsga  tushunish  va  o’zlashtirish  mumkin 

bo’lgan  o’quv  materiallarini  tanlab  olishi,  darsda  o’rganiladigan  materiallarni 

tushuntirib  berish  kerak.  O’quv  materialini  shunday  tanlash  kerakki,  u  ikki 



 

27 


marotaba  takrorlanganda  o’zlashtirilsin.  Shuning  uchun  u  katta  matnlarni 

qismlarga bo’lish va boshqa darslarda uni albatta takrorlashni taklif etadi.

1

 

XV  asrda  jamoaviy  o’qitishni  tashkil  etish  g’oyasini  Muhammad  Tarag’ay 

Mirzo Ulug’bek davom ettiradi. U o’zining madrasalarida individual mashg’ulotlar 

tizimini  bekor  qiladi  va  jamoaviy  sinf  –  dars  tizimiga  yaqin  bo’lgan  shaklni  joriy 

qiladi. Umumiy ma’ruzani 50 – 70 nafar kishidan iborat katta guruhga odatda, o’z 

sohasida  mashhur  bo’lgan  olim  mudarris  (o’qituvchi  -  professor)  o’qiydi,  amaliy 

mashg’ulotlarni  esa  10  –  15  kishidan  iborat  kichik  guruhga  kichik  mudarris 

(o’qituvchi) olib boradi.  

XV  –  XVI  asrlar  davomida  Evropada  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi 

kuzatildi  va  uning  natijasida  ta’lim  berishning  ommaviy  shakli  yuzaga  keldi. 

Ulardan biri ta’lim oluvchilarni o’qitishning guruhli (jamoali) turi deb ataladi. Ular 

g’arbiy  Rossiya  (Hozirgi  Belorussiya  va  Ukrainaning  g’arbiy  qismlari)  dagi 

birodarlik maktablarida ilk bor qo’llanilgan va undagi o’qish sinf – dars shaklining 

asosi  bo’lgan.  Bu  tizimlar  XVII asrda  Yan  Amos  Komenskiy  tomonidan  “Buyuk 

didaktika”  asarida  nazariy  jihatdan  asoslab  berildi  va  ommalashtirildi.  Olim 

pedagogikaga o’quv yili, o’quv kuni, dars mashg’ulotlari orasidagi tanaffus, o’quv 

ta’tillari kabi tushunchalarini kiritgan. 

Sinf  –  dars  tizimi  garchi  350  yil  avval  asoslangan  bo’lsada,  bugungi  kunda 

ham  keng  ko’lamda  iste’molda  foydalanib  kelinmoqda.  Uning  asosiy  mazmuni 

o’quv  ishlarini  tashkil  etishning  o’ziga  xos  shakli  sifatida  quyidagilardan  iborat 

bo’ladi: 

• 

bir  xil  yoshdagi  va  taxminan  bir  xildagi  tayyorgarlik  darajasiga  ega 



bo’lgan  ta’lim  oluvchilar  (o’quvchilar)  sinfni  tashkil  etadi.  Bu  sinf  maktabda 

o’qishning umumiy davriga asosan doimiy tartibini saqlab qoladi; 

• 

sinf  faoliyati  yagona  yillik  reja  va  dastur  asosida  doimiy  dars  jadvali 



bo’yicha  tashkil  etiladi,  buning  natijasida  bolalar  maktabga  yilning  bir  vaqti  va 

oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak bo’ladi; 

                                                 

1

 



Антология педагогической мысли Узбекистана. – Москва, 1986 

 


 

28 


• 

mashg’ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi; 

• 

dars odatda bir fan yoki mavzuga bag’ishlangan bo’ladi, shu bois ta’lim 



oluvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar; 

• 

darsda  ta’lim  oluvchilarning  ishiga  (faoliyatiga)  ta’lim  beruvchi 



rahbarlik  qiladi,  u  o’z  fani  bo’yicha  o’qish  natijalarini,  har  bir  ta’lim  oluvchini 

alohida  bilimini  baholaydi.  O’quv  yili  oxirida  pedagogik  jamoa,  ya’ni  ta’lim 

beruvchilar xulosalari bo’yicha ta’lim oluvchini keyingi sinfga o’tishi haqida qaror 

qabul qilindi. 

Sinf  –  dars  tizimi  K.D.Ushinskiy  tomonidan  yanada  rivojlantirildi.  U  bu 

shaklning hamma ustunliklarini ilmiy asoslab berdi. Dars, ayniqsa, uning tashkiliy 

qurilishi (tuzilishi) va tipologiyasining ixcham nazariyasini yaratdi. 

K.D.Ushinskiy  har  bir  darsning  bir  –  biri  bilan  ketma  –  ket  bog’langan 

quyidagi uchta qismini ajratib ko’rsatdi: 

1).  Ilgari  o’rganilgan  bilimlar  asosida  yangi  bilimlarni  anglashni  amalga 

oshirish  va  ta’lim  oluvchilarda  materialni  jadal  qabul  qilishga  maqsadli 

ko’rsatmani  yaratishga  qaratilgan  qism.  Darsning  bu  qismi  K.D.Ushinskiyning 

fikricha darsga go’yoki “eshik” hisoblanadi. 

2). Asosiy masalani hal etishga yo’naltirilgan qism. Bu qism darsning muhim 

markaziy qismi hisoblanadi. 

3).  Amalga  oshirilgan  faoliyatga  yakun  yasash  va  bilim,  ko’nikma  va 

malakalarni  mustahkamlashga  qaratilgan  qism.  Bu  qism  darsning  xulosalash  va 

umumlashtirish qismi bo’lib, hisoblanadi. 

Darsni  tashkil  etishning  ilmiy  asoslarini  ishlab  chiqishga  A.Disterveg  ham 

katta hissa qo’shdi. U ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning faoliyatiga taalluqli 

o’qitish tamoyillari va qoidalari tizimini ishlab chiqdi hamda ta’lim oluvchilarning 

yoshi imkoniyatlarini hisobga olishni zarurligini asoslab beradi. 

Alohida  o’quv  fanlarini  o’qitish  metodikasi  va  didaktikasiga  oid  asarlarda 

ta’limning  sinf  –  dars  tizimining  afzalliklari  va  kamchiliklari  ko’rsatilib  beriladi. 

Quyida ular to’g’risida to’xtalamiz. 

I. Afzalliklar: 



 

29 


• 

yaxlit  o’quv  –  tarbiyaviy  jarayonning  tartibli  (tizimli)  ketishini 

ta’minlovchi aniq tashkiliy tizim; 

• 

jarayonlarning oddiy boshqarilishi; 



• 

muammoning  jamoa  bo’lib  muhokama  qilinishi,  masalaning  echimini 

birgalikda  izlash  jarayonida  ta’lim  oluvchilar  o’rtasida  o’zaro  munosabatlarning 

shakllanish imkoniyati; 

• 

ta’lim  beruvchining  ta’lim  oluvchilar  va  ularning  tarbiyasiga  doimiy 



emosional ta’sir ko’rsatishi; 

• 

ta’limning  emosionalligi  (zero,  ta’lim  beruvchi  bir  vaqtning  o’zida 



ta’lim  oluvchilarning  katta  guruhi  bilan  ish  olib  boradi),  o’quv  faoliyatiga 

musobaqalashish elementlarini kiritish uchun sharoitning yaratilishi, bilimsizlikdan 

bilimlarni o’zlashtirish sari harakatlarning muntazamligi va izchilligi. 

II. Kamchiliklari: 

• 

tizimning  bilimlarni  asosan  o’rta  darajada  o’zlashtiruvchi  ta’lim 



oluvchilar  uchun  mo’ljallanganligi,  bo’sh  o’zlashtiruvchi  ta’lim  oluvchilar  uchun 

qiyinchiliklarning  yuzaga  kelishi  va  kuchli  o’zlashtiruvchi  ta’lim  oluvchilarning 

qobiliyatlarining rivojlanish sur’atining ortga surilishi; 

• 

ta’lim  beruvchi  uchun  o’qitish  mazmuni  va  o’qitish  sur’atlari  hamda 



metodlari  bo’yicha  individual  ishlarni  tashkil  etish,  shuningdek,  ta’lim 

oluvchilarning  individual  xususiyatlarini  hisobga  olishda  qiyinchiliklarni  yuzaga 

kelishi; 

• 

katta  va  kichik  yoshli  ta’lim  oluvchilar  o’rtasidagi  munosabatlarning 



qaror topmasligi. 

XIX  asr  oxiri  XX  asr  boshlarida  aqliy  rivojlanishida  farqi  bo’lgan  ta’lim 

oluvchilarni  o’qitishda  individuallashtirishga  e’tibor  qaratish  masalasi  ayniqsa 

dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shunga mos ravishda ta’limning tanlab o’qitish shakli 

yuzaga  keldi.  Bu  AQSh  da  Batov  va  Evropada  Manncheyms  tizimlarida  yaqqol 

seziladi. 

XX  asr  boshida  Evropa  va  AQSh  da  ta’lim  oluvchilarning  individual,  faol, 

mustaqil  o’quv  ishlarini  ta’minlashga  qaratilgan  ko’plab  ta’lim  tizimlarining 



 

30 


samaradorligi  sinab  ko’rilgan.  Ular  orasida  1905  yili  Massachusets  shtatining 

Dalton  shahrida  o’qituvchi  Elena  Park  Xerst  tomonidan  birinchi  bor  qo’llanilgan 

ta’limning  individuallashtirilgan  tizimi  sifatida  e’tirof  etilgan.  Bu  tizim  dalton  – 

reja nomi bilan pedagogikaga va maktab tarixiga kirdi. Bu ba’zan laboratoriya yoki 

ustaxonalar  tizimi  deb  ham  ataladi.  Bu  tizimning  mazmun  –  mohiyati 

quyidagilarda namoyon bo’ladi: 

• 

o’quv  faoliyatining  muvoffaqiyati  maktabda  ishlash  sur’atining  har  bir 



ta’lim  oluvchining  imkoniyatlari,  ularning  qobiliyatlariga  moslashtirilishiga 

bog’liq; 

• 

ta’lim  faoliyati  uchun  ustun  turadigan  o’qishni  an’anaviy  tashkil  etish 



ta’lim oluvchining mustaqil o’quv faoliyatining markazi hisoblanishi; 

• 

ta’lim beruvchi o’z vazifasini odob bilan bajarishi; 



• 

sinf 


labarotoriyalarining 

ustaxonalar 

bilan 

almashtirilishi, 



o’qituvchining yangi materialni tushuntirmasligi, balki uni ta’lim oluvchining o’zi 

laboratoriya  yoki  ustaxonalarda  ta’lim  beruvchidan  olingan  topshiriq  asosida 

mustaqil  shug’ullanishlari  va  zarur  bo’lgan  paytlarda  ta’lim  beruvchidan  yordam 

so’rashlari asosida o’zlashtirishi va shu kabilar. 

XX  asrning  20  –  yillarida  maktab  ishlari  ilmiy  tadqiqot  instituti  ta’limning 

loyihali  tizimini  targ’ib  qila  boshladi.  Uni  amerikalik  U.Kelpatrik  ishlab  chiqqan. 

Ta’limning  bu  tizimining  mazmuni  ta’lim  oluvchilarning  o’zlari  loyiha  ishlari 

mazmunini  tanlab  olishlaridan  iborat.  U  mavjud  haqiqiy  hayot  bilan  bog’langan 

bo’lishi  va  o’quv  guruhi  iqtisoslashlariga  qarab  (yo’nalishlari)  ijtimoiy  –  siyosiy, 

xo’jalik  ishlab  chiqarish  yoki  madaniy  turmush  tomonlarini  aks  ettirishi  kerak 

bo’lgan. 

XX  asrning  60  –  yillarida  Tramk  rejasi  juda  mashhur  bo’lib  ketdi.  Uni 

amerikalik  professor  pedagog  Lyuyd  Trank  ishlab  chiqqan.  O’qitishning  tashkil 

etishning  bu  shakli  katta  auditoriyalarda  (100  –  150  odam)  umumiy 

mashg’ulotlarni, 10-15  kishilik  guruhlarda  esa  amaliy  mashg’ulotlarni  esa  va 

ta’lim  oluvchilarning  individual ishlarini ham birgalikda  olib borishni  taklif  etadi. 

Bunda  turli  xildagi  texnik  vositalardan  foydalanib  umumiy  ma’ruzalarni  olib 


 

31 


borishga  o’quv  vaqtining  40  foizi  ajratiladi.  Shuningdek,  kichik  guruhlardagi 

mashg’ulotlarga  (amaliy  mashg’ulotlar)  esa  o’quv  vaqtining  20  foizini  va  kabinet 

yoki  laboratoriyalarda  individual  mustaqil  ishlarni  bajarishga  o’quv  vaqtining  40 

foizi ajratiladi. 



Yüklə 483,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin