O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika psixologiya fakul’teti



Yüklə 483,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix24.05.2020
ölçüsü483,24 Kb.
#31530
1   2   3   4   5
abu iso at-termiziyning yoshlar tarbiyasiga doir qarashlari


1.3.1 – shakl. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Ta’limni tashkil etish shakllari. 

XX  asrning  70  –  yillarida  o’qishni  tashkil  etishning  noan’anaviy  shakllarini 

izlash davom ettirildi. Tajriba va sinov maktablarini izlash birinchi navbatda sinf – 

dars  tizimini  modernizasiyalashtirish  fikri  bilan  bog’liq  bo’lgan.  Izlanishlarning 

asosiy masalasi – o’qishni individuallashtirishdan iborat edi.  

Birinchi universitetlar paydo bo’lishi bilan ta’limning maruza - seminar shakli 

yuzaga  kela  boshlaydi.  U  yaratilgan  paytdan  beri  mazkur  tizim  deyarli 

o’zgarmagan.  Ma’ruza,  seminar  va  laboratoriya  ishlari,  donsultasiya  va  tanlagan 

kasbi  bo’yicha  amaliyot  hozirgacha  ma’ruza  –  seminar  tizim  sifatida  o’qishning 

asosiy  shakllaridan  biri  bo’lib  kelmoqda.  Maruza  –  seminar  tizimi  o’zining  sof 

ko’rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida qo’llaniladi.  

Таълимни ташкил этиш шакллари 

Анъанавий таълим 

шакллари (синф – дарс 

тизими 


Анъанавий бўлмаган 

(ноанъанавий) таълим 

шакллари 

а)  Янги  билимларни  баён 

қилиш дарси; 

б) 


Ўтилган 

материални 

мустаҳкамлаш дарси; 

в)  Билим,  кўникма  ва 

малакаларни  шакллантириш  ва 

текшириш дарси; 

г)  Кириш  дарслари  ва 

такрорий умумлашма дарс; 

  

 

Репи



титор

лик 


таъ-

лими 


а) Маъруза дарси

б) Факультетив машғулотлар; 

в) Семинар дарслари

г)Лабаратория машғулотлари; 

д) Баҳс – мунозара дарси; 

е) Давра суҳбати машғулоти; 

ё) Викторина; 

ж) Матбуот конференцияси; 

з) Мўжизалар майдони ва шу 

 

 



Якка тартибдаги таълим 

 

32 


O’zbekistonda  uch  yillik  o’rta  maxsus,  kasb  –  hunar  ta’limini  tadbiq  etilishi 

bilan ma’ruza – seminar tizimidan akademik lisey va kasb – hunar kollejlarida ham 

ulardan  foydalana  boshlandi.  Oxirgi  paytlarda  ma’ruza  –  seminar  tizimi 

elementlaridan o’rta maktablarning katta sinflarida ham qo’llanila boshlandi. 

Demak,  qadim  zamonlardanoq  jamiyatning  etuk  kishilari  o’qitish  ishini 

tashkil  qilishning  ijtimoiy  taraqqiyot  ehtiyojlariga  javob  beradigan  shakllarini 

topishga uringanlar. Hozirgi vaqtda respublika ta’lim muassasalarida o’qitishning 1 

– shakldagidek ko’rinishlaridan foydalanilmoqda.

1

 

Bugungi  kunda  darslarni  tashkil  etishga  nisbatan  quyidagi  dedaktik  talablar 



qo’yilmoqda: 

1.  Darsning  maqsadi  va  vazifalarining  aniqligi  hamda  pedagogik  jihatdan 

to’g’riligi. 

2. Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining 

birligi va uzviyligi. 

3.  O’qitishning  yaxlit  dars  va  uning  ma’lum  qismlari,  vazifalari  hamda 

mazmuniga  muvofiq  keladigan  ta’lim  oluvchilarning  bilish  faolliklari  va  mustaqil 

faoliyatlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi maqbul metodlarni tanlash. 

4.  Mashg’ulotlarning  turli  shakllari:  jamoa;  guruhli  va  yakka  tartibdagi 

shakllarini maqbul ravishda qo’shib olib borish. 

5.  Ta’lim  beruvchining  rahbarlik  vazifasi  bilan  ta’lim  oluvchining  faol  bilish 

faoliyatini birga olib borish. 

6. Darslarning o’zaro uzviy va dialektik xususiyatga ega bo’lishiga erishish. 

7. Ta’lim oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish. 

8. Darsda ta’lim oluvchilarni o’qitish va tarbiyalash uchun qulay shart-sharoit 

yaratish. 

9. Darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish. 

10. Darsda ta’lim oluvchilar erkinligini ta’minlash.

1

 

                                                 

1

 

Ҳасанбоев Ж., Сарибоев Ҳ., Ниёзов Г., Ҳасанбоева О., Усмонбоева М. Педагогика. Ўқув қўлланма. – 



Тошкент: Фан, 2006. – 282 б. 

 

1



 

Ҳасанбоев Ж., Сарибоев Ҳ., Ниёзов Г., Ҳасанбоева О., Усмонбоева М. Педагогика. Ўқув қўлланма. – 

Тошкент: Фан, 2006. – 282 б. 


 

33 


Darsda bilimlarning o’zlashtirilishi, malaka va ko’nikmalarning hosil qilinishi 

murakkab  dinamik  jarayondir.  O’quv  materialini  o’rganishning  turli  vazifalari, 

yo’llari, usullari va vositalari vujudga keladi. Buning natijasida darsning juda ko’p 

turlari, uning har xil variantlari paydo bo’ladi. 

Ayni  vaqtda  ta’lim  tizimida  eng  ko’p  qo’llaniladigan  dars  turlari 

quyidagilardir: 

1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi. 

2. O’tilgan materialni mustahkamlash darsi. 

3. Ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish darsi; 

4. Takroriy – umumlashtiruvchi dars. 

5. Aralash dars. 

Muayyan dars turi asosida olib boriladigan mashg’ulotlarda ikkinchi, uchinchi 

bir dars turining qismlari bo’lishi mumkin. Misol uchun ta’lim muassasalarida eng 

qo’llaniladigan  dars  turlaridan  biri  yangi  bilimlarni  bayon  qilish  darsida  quyidagi 

holatlar amalga oshirilishi mumkin: 

• 

yangi bilimlarni bayon qilish; 



• 

yangi bilimlarni mustahkamlash; 

• 

yangi bilimlar ustida mashq o’tkazish; 



• 

yangi bilimlarga bog’liq holda uyga vazifalarini topshirish va hakazo. 

Demak, dars umumiy jarayon davomida bir dars turi asosida tashkil etilmaydi. 

Shunga  qaramay  darsning  maqsadi  ta’lim  oluvchilarga  yangi  bilim  berishga 

qaratilgan  bo’lsa,  butun  didaktik  usullar  ana  shunga  bo’ysundiriladi.  Shu  sababli 

ham bunday dars yangi bilim berish darsi deb ataladi. 

Muayyan dars turi bilan ish ko’rilayotganda boshqa bir dars turi unsurlarining 

asosiy dars tuzilishini tashkil qilishi mumkin. Darsning tarkibiy tuzilishi u yoki bu 

dars turining umumiy holati, uning qismlari mohiyatini anglatadi. 

Dars  jarayonida  qo’llanilayotgan  har  qanday  didaktik  usul  dars  tuzilishini 

ifodalashga  har  doim  ham  xizmat  qilavermaydi.  Didaktik  usullar  ta’lim  metodi 

bilan  baholangandagina  dars  tuzilishining  o’zgarishiga,  ta’lim  metodlarining 

                                                                                                                                                             

  


 

34 


o’zgarishi  ham  dars  tuzilishining  o’zgarishiga  olib  keladi.  Dars  jarayonining 

muayyan  qismida  dars  shakli  hamda  metodlarining  o’zgarishi  darsning  yangi 

bosqichini boshlaganligini anglatadi. 

Demak,  dars  tuzilishining  biridan  ikkinchisiga  o’tishi  va  shu  orqali  darsning 

shakl va metodlarining o’zgarishi dars bosqichi deb yuritiladi. 

Bu  borada  xulosa  o’rnida  shuni  ta’kidlash  mumkinki,  turi  darsning  shakl  va 

metodlari  hamda  ular  negizidagi  dars  tuzilishlariga  bevosita  bog’liqdir.  Quyida 

aralash dars turining tuzilishi haqidagi ko’rinishni aytishimiz mumkin.  

Umumlashtiruvchi dars – bu o’quv dasturining ma’lum bir qismi (bob, bo’lim 

yoki ayrim mavzu) o’tib bo’lganidan keyin o’tiladigan dars mashg’uloti. 

Umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarining  yuqori  sinflarida  ba’zi  o’quv 

materiallarining  ma’lum  qismi  yoki  yirik  mavzuni  boshlashdan  avval  kirish  dars 

ham olib boriladi. Bunday darslar, odatda, ijtimoiy fanlar bo’yicha o’tkaziladi. 

Hozirda  yakka  tartibda  ta’lim  olishning  asosiy  ko’rinishlaridan  biri  sifatida 

repititorlik ta’limi keng tarqalmoqda. 

Ma’ruza.  Bugungi  kunda  zamonaviy  o’quv  muassasalari  faoliyatida  o’qitish 

shakllaridan biri bo’lish ma’ruzadan foydalanish keng tarqalgan.  

Maktab amaliyotida ma’ruzaning quyidagi turlaridan keng foydalanilmoqda: 

• 

ma’ruza – hikoya; 



• 

ma’ruza – suhbat; 

• 

ma’ruza – munozara; 



• 

ommaviy ma’ruza. 

Fakultativ  mashg’ulotlar  –  bu  ta’lim  oluvchining  qiziqish  va  xohishlariga 

ko’ra  muayyan  fan,  predmet  yuzasidan  beriladigan  ilmiy  –  nazariy  bilimlarni 

chuqurlashtirish,  ularda  amaliy  ko’nikmalarni  shakllantirish  maqsadida  tashkil 

etiladigan ta’lim shaklidir. Fakultativ mashg’ulotlar ta’lim oluvchilarning mustaqil 

fikrlashini  oshirishga  va  ijtimoiy  faoliyatini  faollashtirishga,  aqliy  qobiliyatlarini 

takomillashtirishga xizmat qiladigan maxsus dastur asosida o’tkaziladi. 

Seminar  mashg’ulotlari.  Ijtimoiy  –  gumanitar  yo’nalishidagi  predmetlar 

bo’yicha  seminar  mashg’ulotlarini  tashkil  qilish  keng  qo’llaniladi.  Seminar 



 

35 


mashg’ulotlarini  tashkil  etishdan  asosiy  maqsad  ta’lim  oluvchilarning  mustaqil 

ishlarini yanada rivojlantirish, ayrim mavzular yuzasidan keng va chuqur ma’lumot 

bera oladigan manbalar ustida ishlay olishlari hamda shu asosda kelajakdagi kasbiy 

faoliyatlarida  zarur  adabiyotlardan  foydalana  olish  ko’nikma  va  malakalariga  ega 

qilishdan iboratdir. 

Seminar  mashg’uloti  ta’lim  beruvchi  rahbarligida  o’tkaziladi.  Bunda 

o’qituvchi  ta’lim  oluvchilar  faoliyatini  mashg’ulot  maqsadiga  yo’naltirib  turadi, 

mavzuga  oid  savollari  yuzasidan  tashkil  etilgan  muhokamani  xulosalaydi.  Zarur 

qo’shimcha  mulohazalar  bildiradi,  materialni  muayyan  tizimga  soladi.  Seminar 

darsida faol qatnashgan ta’lim oluvchilar baholanib boriladi. 

Ekskursiyalar.  Noan’anaviy  dars  shakllaridan  biri  hisoblangan  ekskursiyalar 

sinf  –  dars  tizimi,  shuningdek,  amaliy  mashg’ulotlardan  tubdan  farq  qiladi.  Bu 

farqlar quyidagilardan iborat bo’ladi: 

• 

ta’lim oluvchi rejalashtirilgan va o’tkaziladigan barcha ekskursiyalarga 



rahbarlik qilsa ham, u ekskursiya obektlarining barcha detallarini yaxshi bilmasligi 

mumkin, bunday hollarda maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan ekskursovod ish olib 

boradi; 

• 

ekskursiya  muddati  turlicha  bo’lib,  unda  doimiy  o’quv  jadvali 



talablariga amal qilish mas’uliyati mavjud; 

• 

ta’lim  beruvchi  yoki  ekskursovodning  rahbarlik  usuli  va  ta’lim 



oluvchilar faoliyati turlicha bo’lishi mumkin. 

Ekskursiya davomida ta’lim  oluvchilardan intizomga qat’iy  rioya qilish talab 

etiladi.  

Ta’limnining  noan’anaviy  shakli  siaftida  tashkil  etiladigan  bahs  –  munozara, 

davra  –  suhbati,  matbuot  konferensiyasi,  telekonferensiyalar  muayyan  predmet 

(yo’nalish) ning muhim mavzulari yuzasidan tashkil etilib, ular ta’lim oluvchilarda 

mustaqil  fikrlash,  o’z  fikrini  ilgari  surish,  uni  asoslash  hamda  himoya  qilish 

qobiliyatini  shakllantirish  uchun  xizmat  qiladi.  Bu  kabi  darslarning  tashkil 

etilishida  maqsadning  aniqligi,  shuningdek,  ta’lim  oluvchining  faol  ishtiroki 

muhim ahamiyat kasb etadi. 



 

36 


Viktorina,  mo’jizalar  maydoni,  zakovat  va  shu  kabi  shaklda  o’tkazilayotgan 

darslar  bellashuv  xususiyatiga  ega  bo’lib,  ular  ta’lim  oluvchilarni  faollikka 

undaydi. 

Yuqoridagi  bildirilgan  fikr  –  mulohazalarga  asoslanib  quyidagi  xulosani 

keltirish mumkin: 

• 

ta’limning shakli muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil 



etiladigan faoliyatning tashqi ifodasi bo’lib, ta’lim jarayonida etakchi o’rin tutadi; 

• 

ta’lim  jarayonini  samarasini  ta’minlash  uchun  ta’lim  metodlaridan 



o’rinli va unumli foydalanishga bog’liq; 

• 

ta’lim  metodi  ta’lim  jarayonida  ta’lim  beruvchi  va  ta’lim 



oluvchilarning  aniq  maqsadga  erishishga  qaratilgan  birgalikdagi  faoliyatlarining 

usullari hisoblanadi; 

• 

ta’lim  vositalari  ta’lim  metodlarining  ta’limiy  ta’sirchanligini 



oshirishga xizmat qiladi. 

 

BIRINCHI BOB  BO’YICHA XULOSALAR 

Mamlakatimizda 

olib 

borilayotgan 



pedagogik 

ta’limning 

asosiy 

maqsadlaridan  biri  tarbiyada  barkamol  shaxs  ma’naviyatini  shakllantirishning 



asosiy vositasi sifatida qarashidir.  

Yosh  avlodni  kelgusi  hayotga  barkamol  qilib  shakllantirish  ruhiy  va 

ma’naviy  jarayonlarga  bog’liq.  Pedagogika  fanining  asosiy  maqsadi  bo’lajak 

tarbiyachi-o’qituvchilarning  ongli  faoliyatida  maqsadi  tarzda  o’z  ustida  ishlash, 

intilish,  muntazam  ravishdagi  izlanish,  tanlangan  vosita  va  metodlardan 

foydalangan holdagi tarbiyachilik san’atini o’rgatishga qaratiladi. 

Bu mazmun quyidagilarda o’z ifodasini topadi: 

Birinchidan,  Kadrlar  tayyorlash  milliy  modelini  hayotga  joriy  qilishdagi  bosh 

muddao barkamol shaxsni shakllantirishning bir butun holatidagi muammolarni hal 

etish; 


 

37 


Ikkinchidan,  ta’lim-tarbiya  samaradorligini  muntazam  ravishda  oshirib  borish 

hisobiga uni jahon talablari darajasiga olib chiqish masalalarini hal qilishga ijodiy 

yondashuvni amalga oshirish; 

Uchinchidan,  umuminsoniy  qadriyatlar  va  milliy  madaniyatning  asoslarini 

e’tiborga  olib,  ta’lim-tarbiya  mazmunini  milliy  mafkurani  shakllantirib  borish 

imkoniyatini yaratish; 

To’rtinchidan, 

pedagogika-tarbiyashunoslik 

qoidalarini, 

qonunlarini 

ilg’or 

pedagogik  tajribalar  asosida  boyitib  borish,  yangi  metodlarni  izlab  topish  va 



qo’llashga doir tadbirlar ishlab chiqish; 

Beshinchidan,  bo’lajak  o’qituvchi  va  tarbiyachilarni  kasbiy  va  ixtisoslik 

tayyorgarliklarini talab darajasiga etkazish masalalariga e’tibor qaratish; 

Oltinchidan, uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish muammolarini hal etish. 

Ettinchidan,  O’rta  Osiyo  allomalarining  ijodidan  unimli  foydalanish  sohasidagi 

ishlarning ko’lamini oshirish bo’yicha tadbirlarni kuchaytirish. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

38 


II – BOB. ABU ISO AT TERMIZIY IJODI VA ILMIY TA’LIMOTINING 

YOSHLAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI 

2.1. Abu Iso at Termiziy ta’limotida pedagogik qarashlar 

 

Ma’naviyat-taqdirning  exsoni  emas.  Ma’naviyat  inson  qalbida  kamol  topishi 

uchun  u  qalban  va  vijdonan,  aql  va  qo’l  bilan  mexnat  qilish  kerak.  Bu  xazina 

insonga  xayotda  barqarorlik  bag’ishlaydi,  uning  qarashlari  shunchaki  boylik 

orttirish yo’lida kun ko’rishga yo’l qo’ymaydi, fojialar vaqtida omon saqlab qoladi 

va  moddiy  qiyinchilik  kunlarida  irodani  mustaxkamlaydi.  Xalqimizning  xotirasi 

boy.  Bugun  jaxonga  mashxur  bo’lgan  At-Termiziy  va  boshqa  ko’pgina  allomalar 

ma’naviyati  keng  va  ayni  vaqtda  qismati  og’ir  bo’lgan  siymolardir.  Ular  o’zlarini 

haqiqatga  tashna  va  o’ziga  haqiqat  bo’lgan  xalqqa  bag’ishladilar.  Buyuk 

ajdodlarimizning  ulug’  nomlari  xalq  xotirasi  va  uning  taqdirida  munosib  davom 

etishga loyikdir. 

Hadis ilmi bobida quvvatu iqtidorlari benihoyat ortib, islom olamida katta 

hurmat qozonganlar. Minglab shogirdlar etishtirganlar.  Iso at-Termiziy mashhur 

muhaddislar jumlasidandir. 

«Avesto» ta’limoti, «Qur’oni Karim» sabog’i, Abu Abdulloh Muhammad 

ibn Ismoil al-Buxoriy (810-970), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824-

892) kabi hadis ilmining ulug’lari ta’lim-tarbiya jarayonida o’ziga xos o’rin 

egalladilar. 

Didaktika yosh avlodni «nimaga o’qitish», «nimani o’qitish» va «qanday 

o’qitish» kabi savollarga javob beradi. Didaktika, o’z navbatida ayrim o’quv 

fanlarga oid o’qitish va o’qish metodi va uslublari bilan uzviy bog’liqdir. U 

o’qitishning barcha fanlarga oid umumiy qonuniyatlarini aniqlab borishi bilan 

birga, har bir o’quv fanini o’qitish metodlari uchun asos bo’lib hizmat qiladi. Ilmiy 

didaktikaning asoschisi chex pedagogi Yan Amos Komenskiy hisoblanadi. Uning 

«Buyuk didaktika» (1632 yil) asari o’qitishni rivojlantirishga g’oyat katta ta’sir 

ko’rsatdi. Sharqda pedagogik fikrlar rivojiga mutafakkirlar: Imom al-Buxoriy, Abu 

Iso at-Termiziy, Muxammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Ibn Sino, Abu 


 

39 


Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Xojib, 

Kaykovus, Umar Xayyom, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy va boshqalar katta 

xissa qo’shdilar. Umumiy didaktika-barcha o’quv fanlari, ma’lumot darajalari 

asosida ta’limning maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, qoidalari, metodlari, tashkiliy 

shakllari natijalarini o’rganuvchi fandir. 

Abu Iso at Termiziy 824 yili Termiz shahrida dunyoga keladi. 

Imom  at Termiziy ham  yoshlik  chog’idan  hadis  mutolaasiga  kirishib,  tezda 

hadislarni  to’play  boshlagan  va  bu  yo’lda  ko’plab  hadis  olimlari  bilan  muloqotda 

bo’lib, ularning suhbatini olgan. 

Abu Iso at Termiziy “Sunan”  kitobida  keltirilgan  hadislarida  uning  ta’lim-

tarbiyaga,  axloq-odobga  oid  fikrlari  ko’p  uchraydi.  Chunonchi,  olim  insonda 

yaxshilik  fazilatlarin  takomillashtirish  uchun  quyidagi  hadislarni  tavsiya  etadi: 

“Alloh  nazdida  eng  yaxshi  do’st  deb  odamlarga  doimo  xayirli  ishlarni  qilib 

yuruvchi  kishiga  aytiladi.alloh  nazdida  eng  yaxshi  qo’shni  o’z  qo’shnilariga 

yaxshilik qiluvchisidir”, “Odamlarga shukr aytmaydigan kishi Allohga ham shukr 

qilmaydi”, “Odamlarga hayrixohliging – bu sening sadaqang”.  

“Xayrli  va  yaxshi  ishlar  qilishga  da’vat  etishing  va  zulmdan  qaytarishing  – 

sening sadaqang”. 

“Adashgan  kishilarga  to’g’ri  yo’l  ko’rsatishing  ham  -  sadaqa”, “Hatto 

kambag’allarga  xushmuomilada  bo’lishing  ham  –  sening  sadaqang”, “Yerda 

xalaqit berib yotgan biror tosh, tikanak yoki suyakni bir chekkaga olib qo’yishing 

ham - sadaqa”, “O’z paqiringdagi suvdan boshqalarning ishidlariga solib berishing 

ham sadaqang hisoblanadi”. 

Buyuk  mutafakkir  al-Hakim  at  -  Termiziyning  hayoti  va  asarlarini  chuqur 

o’rgangan  zamonaviy  arab  olimi  Usmon  Ismoil  Yahyoning  ta’kidlashicha,  garchi 

at  –  Termiziydan  bevosita  ta’lim  olgan  taniqli  shogirdlarni  ko’rsatish  mushkul 

bo’lsada,  lekin  uning  asarlaridan  ta’sirlangan  va  fikrlarini  o’zlashtirgan  sufiylarni 

tasavvuftarixida  uchratish  mumkin.  Shulardan  biri  mashg’ur  olim  Ibn  al-

Arabiydir(1165-1240)  manashu  mashg’ur  islom  faylasufining  kitoblarida  at  – 

Termiziy  asarlaridan  ko’plab  yirik  lavhalarni  iqtibos  sifatida  keltirilganligini 



 

40 


ko’rish  mumkin.  at  –  Termiziyning  “Xatmu-l-avliyo”  asarida  ko’rilgan  masalalar 

sharhida o’rtaga tashlangan 155 ta savolga javoblar bergan. at – Termiziy ahloqiy 

tarbiya  haqida  nazariy  jihatdan  ta’riflab,  isbotlab  bergan  birinchi  olim  bo’lsa, 

ajabmas.  Abu Iso at Termiziy ijodida  muhim  hisoblanadigan  “nubuvvat”  va 

“valoyat”  masalalariga  katta  e’tibor  bergan. “Habar  berish”  ma’nosini  bildiruvchi 

nubuvvatni  Abu Iso at Termiziy,  pardaning  ko’tarilishi  va  g’ayib  sirlaridan  voqif 

bo’lib, Allohni bilish, Alloh nuri bilan o’ralgan ashyoning mohiyatiga basirat ko’zi 

bilan razm solish, diya sharhlangan. Bizning fikrimizcha inson tarbiyasida Abu Iso 

at Termiziy, diniy tarbiya to’g’risidagi qarashlari. 

Alloma  yoshlarda  sog’liqni  saqlashning  eng  muhim  omillari  sifatida 

salomatligini  saqlash  uchun  chora  tadbirlar  ko’rish  lozimliginim  ta’kidlaydi. 

Buyuk  olim  tarbiyani  kishining  yoshiga,  salomatligiga  va  kasalligiga  qarab,  turli 

usullarda  o’tkazish  kerakligini  ta’kidlaydi.  Ayniqsa,  bolalik,  o’smirlik,  yigitlik  va 

qarilik davrida kishi jismoniy mashg’ulotlarga turlicha munosabatda bo’lish kerak. 

Abu Iso at Termiziy to’plagan hadislar orasida bolalarni ahloq-odob, marhumlarga 

hurmat  ruhida  tarbiyalash  da’vati  kuchli: “Chinakam  sabr-toqatli  deb  mo’min 

musulmon  kishining  musibat  yuz  bergandagi  chidamliligiga  aytiladi”.    Shu 

o’rinda  alloma  Abu  Ali  ibn  Sinoning  tarbiya  haqidagi  qarashlariga  ham  to’xtalib 

o’tish  joizdir,  “Jismoniy  mashq  kishini  ketma-ket  chuqur  nafas  olishiga  majbur 

qiladigan  ixtiyoriy  harakat”

1

 

 



ekanligini  qayd  etgan  holda  muntazam  ravishda 

badan  tarbiya  bilan  shug’ullangan  kishiga  dard  yaqin  yo’lamasligi,  tabibga  ham, 

dori-darmonga ham muhtojlik sezmasligini aytib o’tadi. 

Abu  Ali  ibn  Sino  jismoniy  tarbiyaning  turli  ko’rinishlari  va  ulardan  qanday 

foydalanish  kerakligini  ham  ko’rsatib  bergan.  U  jismoniy  mashqlarni  quyidagi 

guruhlarga bo’ladi: “Kichigi va kattasi, juda kuchli va kuchsiz, tez va sust yoki tez 

va  shiddatli  harakatlardan  iborat  yoxud  sust  turi”.  Alloma  bolalarning  badan 

tarbiya  bilan  shug’ullanishlari  uchun  qulay  bo’lgan  vaqtlarni  ham  tavsiflagan. 

Chunonchi,  badan  tarbiya  uchun  bahor  faslida  tushga  yaqin  vaqt  qulay  bo’lib, 

                                                 

1

 

Қаранг: 



Сино,  Абу  Али  ибн.  Тиб  қонунлари.  III    жилдлик  сайланма  /Тузувчилар:  У.Каримов, 

Х.Хикматуллаев. - Т.: Абу Али ибн Сино номидаги тиббиёт нашриёти, 1996. – 418 б. 

 


 

41 


mashq  o’rtacha  haroratli  uyda  bajarilishi,  yozda  ertalab,  qishda  esa  kechqurun 

jismoniy  mashqlar  bilan  shug’ullanish  maqsadga  muvofiqdir.  Mutafakkirning 

fikricha, badan tarbiyasi bilan shug’ullanishda yana quyidagi shartlarga ham rioya 

qilish  zarur:  qishda  uyni  o’rtacha  haroratda  isitish,  mashqlarni  ovqat  hazm 

bo’lgach amalga oshirish tibbiy jihatdan to’g’ri sanaladi.  

Alloma bolalar tomonidan badan tarbiya bajarilayotgan quyidagi uch holatga 

alohida e’tibor berish zarurligini ta’kidlaydi: 

1.  Terining  rangiga  -  agar  u  yaxshilana  borsa,  mashqlarni  davom  ettirish 

mumkin, agar ter chiqa boshlasa, harakatni to’xtatish lozim. 

2. Mashqlarning engilligiga - jismoniy mashg’ulot davomida kishi tanasi engil 

bo’lib tursa mashqni davom ettirish mumkin. 

3.  A’zolarning  holatiga  –  agar  ularning  ko’pchishi  davom  etsa,  mashqni 

davom  ettirish  mumkin,  agar  ko’rsatilgan  belgilar  yo’qola  borsa,  mashqni  darhol 

to’xtatish kerak. 

Ulug’  alloma  Abu  Ali  ibn  Sinoning  jismoniy  tarbiyani  samarali  va  uzluksiz 

tashkil  etishga  oid  tavsiyalari  bilan  o’quvchilar,  shu  jumladan,  boshlang’ich  sinf 

o’quvchilarini  tanishtirish  va  ularda  jismoniy  faollik,  jismoniy  tarbiya 

ko’nikmalarini  shakllantirish  ularning  har  tomonlama  etuk  bo’lib  voyaga 

etishlariga yordam beradi. 

Abu  Ali  Ibn  Sinoning  atrof  muhitning  inson  organizmiga  ko’rsatadigan 

ta’sirlari  va  inson  salomatligini  saqlashga  oid  qarashlaridan  pedagogikada 

foydalanish  amaliy  ahamiyat  kasb  etadi.  Jumladan,  Abu  Ali  ibn  Sinoning  shaxsiy 

gigienaning  ahamiyati  borasidagi  qarashlari  o’quvchilar  ta’lim  tarbiyasida  samara 

beradi.  Alloma  ko’mir  gazining  zararli  xususiyatini  ilmiy  jihatdan  tavsiflagan: 

“Ko’mir  hidi,  miqdori  bilan  emas  zaharlilik  quvvati  hisobiga  miyani  qizdiradi, 

quritadi hamda uning quvvatini zaiflashtiradi”, -  deb ta’kidlagan. 

Tabiiy  muhitning  yoshlar  tanasiga  ko’rsatadigan  biologik  ta’siri,  inson 

salomatligini  saqlash,  parhez,  shaxsiy  gigiena  to’g’risidagi  masalalar  esa  alloma 

tomonidan  yaratilgan  “Tib  qonunlari”  asarining  bosh  g’oyalari  sanaladi. 

Allomaning inson tanasida kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillardan biri suv, er 



 

42 


va  havoda  mo’tadillikning  buzilishi  bilan  bog’liqligi,  yashash  joylarining  torligi, 

ozoda  bo’lmasligi,  yuqumli  (moxov,  chechak,  vabo  isitmasi,  yiring,  toshma  kabi) 

kasalliklarning tez tarqalishi uchun qulay sharoit yaratishi, yuqumli kasalliklarning 

aholi  zich  joylashgan  joylarda  havo  va  boshqa  omillar  orqali  yuqishiga  doir 

o’gitlari  bugungi  kunda  ham  muhim  ijtimoiy-tibbiy  ahamiyatga  egadir. 

Mutafakkirning  “Agar  havoda  chang  va  g’ubor  bo’lmaganida  edi,  inson  ming  yil 

umr  ko’rgan  bo’lar  edi”  degan  mashhur  iborasi  esa  o’quvchilarda  havoni 

ifloslantirmaslik,  atrof-muhitni  ozoda  saqlash  va  tabiatga  ziyon  etkazmaslik 

ko’nikma va malakalariga ega bo’lishlariga yordam beradi. 

Olimning fikricha, inson tabiatdan moddiy hayot manbalarini o’zlashtiribgina 

qolmay,  balki  ruhiy  va  jismoniy  quvvat  ham  oladi.  Shuningdek,  u  ayrim 

kasalliklarni  davolashda  tabiiy  manbalar,  xususan,  qum,  tuproq,  suv  va 

o’simliklardan foydalanish zarurligini uqtirib, qimmatli tavsiyalar beradi. 

Abu  Ali  ibn  Sino  o’zining  “Tib  qonunlari”  asarida  bir  qator  kasalliklarni 

davolash  yo’llarini  ko’rsatibgina  qolmay,  balki  jismoniy  tarbiyaning  salomatlikni 

muhofaza qilishdagi ahamiyatini ham asoslab bergan .  

U badan tarbiyani kishining  yoshiga, salomatligiga va kasalligiga qarab, turli 

usullarda o’tkazish lozimliginialohida ko’rsatib o’tadi. Ayniqsa, bolalik, o’smirlik, 

yigitlik  va  qarilik  davrida  kishi  jismoniy  mashg’ulotlarga  turlicha  munosabatda 

bo’lish kerak. Abu Ali ibn Sino: “Jismoniy mashq kishini ketma-ket chuqur nafas 

olishiga majbur qiladigan ixtiyoriy harakat” ekanligini qayd etgan holda muntazam 

ravishda  badan  tarbiya  bilan  shug’ullangan  kishiga  dard  yaqin  yo’lamasligi, 

tabibga ham, dori-darmonga ham muhtojlik sezmasligini aytib o’tadi. 

Abu  Ali  ibn  Sino  jismoniy  tarbiyaning  turli  ko’rinishlari  va  ulardan  qanday 

foydalanish  kerakligini  ham  ko’rsatib  bergan.  U  jismoniy  mashqlarni  quyidagi 

guruhlarga bo’ladi: “Kichigi va kattasi, juda kuchli va kuchsiz, tez va sust yoki tez 

va  shiddatli  harakatlardan  iborat  yoxud  sust  turi”.  Alloma  bolalarning  badan 

tarbiya  bilan  shug’ullanishlari  uchun  qulay  bo’lgan  vaqtlarni  ham  tavsiflagan. 

Chunonchi,  badan  tarbiya  uchun  bahor  faslida  tushga  yaqin  vaqt  qulay  bo’lib, 

mashq  o’rtacha  haroratli  uyda  bajarilishi,  yozda  ertalab,  qishda  esa  kechqurun 



 

43 


jismoniy  mashqlar  bilan  shug’ullanish  maqsadga  muvofiqdir.  Mutafakkirning 

fikricha, badan tarbiyasi bilan shug’ullanishda yana quyidagi shartlarga ham rioya 

qilish  zarur:  qishda  uyni  o’rtacha  haroratda  isitish,  mashqlarni  ovqat  hazm 

bo’lgach amalga oshirish tibbiy jihatdan to’g’ri sanaladi.  

Alloma bolalar tomonidan badan tarbiya bajarilayotgan quyidagi uch holatga 

alohida e’tibor berish zarurligini ta’kidlaydi: 

1.  Terining  rangiga  -  agar  u  yaxshilana  borsa,  mashqlarni  davom  ettirish 

mumkin, agar ter chiqa boshlasa, harakatni to’xtatish lozim. 

2. Mashqlarning engilligiga - jismoniy mashg’ulot davomida kishi tanasi engil 

bo’lib tursa mashqni davom ettirish mumkin. 

3.  A’zolarning  holatiga  –  agar  ularning  ko’pchishi  davom  etsa,  mashqni 

davom  ettirish  mumkin,  agar  ko’rsatilgan  belgilar  yo’qola  borsa,  mashqni  darhol 

to’xtatish kerak . 

Ulug’  alloma  Abu  Ali  ibn  Sinoning  jismoniy  tarbiyani  samarali  va  uzluksiz 

tashkil  etishga  oid  tavsiyalari  bilan  o’quvchilar,  shu  jumladan,  boshlang’ich  sinf 

o’quvchilarini  tanishtirish  va  ularda  jismoniy  faollik,  jismoniy  tarbiya 

ko’nikmalarini  shakllantirish  ularning  har  tomonlama  etuk  bo’lib  voyaga 

etishlariga yordam beradi. 

 


Yüklə 483,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin