O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika psixologiya fakul’teti


 Abu Iso at Termiziy ijodidan yoshlar ekologik tarbiyasi  jarayonida



Yüklə 483,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix24.05.2020
ölçüsü483,24 Kb.
#31530
1   2   3   4   5
abu iso at-termiziyning yoshlar tarbiyasiga doir qarashlari


2.2. Abu Iso at Termiziy ijodidan yoshlar ekologik tarbiyasi  jarayonida  

foydalanish  

O’zbekiston  Respublikasi  mustaqil  taraqqiyot  yo’liga  kirishi  bilan  o’zining 

ma’naviy  qadriyatlarini  va  aqliy  salohiyatini  qayta  tiklash  davriga  qadam  qo’ydi. 

Iqtisodiy,  siyosiy  va  ijtimoiy  sohalarda  tub  o’zgarishlar  davri  boshlandi.  Bu  esa 

milliy  madaniyatni  yuksaltirish  hamda  boy  ma’naviy  merosni  chuqur  o’rganishni 

taqozo  etadi.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  O’zbekistonning 

o’ziga xos taraqqiyot va rivojlanish yo’li va uning ahamiyati haqida to’xtalar ekan, 

quyidagilarga alohida urg’u beradi: “Avvalo, u aholining milliy-tarixiy turmush va 

tafakkur  tarzidan,  xalq  an’analari  va  urf-odatlaridan  kelib  chiqadi.  Chuqur  ildizi 

o’tmishdagi  an’anaviy  jamoa  turmush  tarziga  borib  taqaladigan  jamoatchilik 



 

44 


asoslari  O’zbekiston  xalqiga  tarixan  xosdir.  Kattalarni  hurmat  qilish,  oila  va 

farzandlari to’g’risida g’amxo’rlik qilish, ochiq ko’ngillik, millatidan qat’iy nazar, 

odamlarga  xayrixohlik  bilan  munosabatda  bo’lish,  o’zgalar  kulfatiga  hamdard 

bo’lish  va  o’zaro  yordam  tuyg’usi  kishilar  o’rtasidagi  munosabatlarning  me’yori 

hisoblanadi.  O’zbeklar  diyoriga,  o’z  Vataniga  mehr-muhabbat,  mehnatsevarlik, 

bilimga,  ustozlarga,  ma’rifatparvarlarga  nisbatan  alohida  hurmat,  ehtirom  - 

O’zbekiston aholisiga xos fazilatlardir” . 

Abu Iso at Termiziyning  qarashlaridan  tarbiyaviy  jarayonda  foydalanish 

uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarni 

o’rganishga  nisbatan  qiziqish  yuzaga  keladi.  Mazkur  jarayonda  Abu Iso at 

Termiziyning  ekologiyaga  oid  qarashlaridan  foydalanishning  asosiy  vazifalari 

quyidagilardan iborat: 

- umumiy  o’rta ta’lim maktablari  o’quvchilari  tomonidan  ekologik bilimlarni 

Abu Iso at Termiziyning bu  boradagi  qarashlari  asosida  o’zlashtirishga  bo’lgan 

qiziqishlarini o’rganish; 

-  Abu Iso at Termiziyning ekologik  mazmundagi  hikoyat,  o’git,  nasihat 

hamda  ilmiy  xulosalari  bilan  tanishish  asosida  ularning  o’quvchilarga 

tabiatshunoslik bilimlarini berish borasidagi imkoniyatlarini aniqlash;  

-  “Tabiatshunoslik”  fani  o’quv  dasturlari  va  rejalarini  o’rganish  asosida 

mazmuni  va  g’oyasiga  ko’ra  Abu Iso at Termiziyning ekologik  qarashlari  bilan 

boshlang’ich sinf o’quvchilarini tanishtirish uchun maqbul mavzularni belgilash; 

-  Abu Iso at Termiziyning tarbiyaga  oid  g’oyalaridan  uzluksiz,  izchil  va 

tizimli foydalanishga erishish; 

-  Abu Iso at Termiziyning tarbiyaga  oid  qarashlaridan  foydalanishga 

qaratilgan  didaktik  jarayonni  samarali  shakl,  metod  va  vositalar  asosida  tashkil 

etish loyihalarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish. 

Abu Iso at Termiziyning tarbiyaga  oid  qarashlaridan  foydalanishda 

o’qituvchilar  muhim  o’rin  tutadilar.  Abu Iso at Termiziyning ekologiyaga  oid 

qarashlaridan  foydalanish  darajasini  aniqlovchi  quyidagi  mezonlar  ishlab 

chiqilgan: 



 

45 


1)  Abu Iso at Termiziyning allomalarining  ekologiyaga  oid  qarashlari 

majmui to’g’risida etarli ma’lumotlarga egaliklari; 

2)  O’qituvchilarning  tabiatshunoslik  fani  bo’yicha  tegishli  mavzularni 

belgilash  asosida  o’quv  materiallari  mazmuniga  O’rta  Osiyo  allomalarining 

ekologiyaga oid qarashlarini singdira olishlari; 

3)  tabiatshunoslik darslarida muayyan mavzular bo’yicha o’quvchilarni Abu 

Iso at Termiziyning ekologiyaga  oid qarashlaridan xabardor qilishda boshlang’ich 

sinf o’qituvchilari mahoratlarining namoyon bo’lishi; 

4)  O’quvchilarning  Abu Iso at Termiziyning ekologiyaga  oid  qarashlariga 

oid bilimlardan xabardorliklari. 

Tarbiya tarixini  o’rganar ekanmiz, u juda qadimiy jarayon ekanligini 

insoniyat butun hayoti davomida tarbiya bilan Shug’ullanganligiga ishonch hosil 

qilamiz. Tarbiya jarayonida ajdodlarimiz tarbiyaviy ta’sirning samarali yo’l, 

metodlari va manbalarini qidirib hayotga tadbiq qila boshlaganlar, buning 

natijasida  tarbiya haqidagi g’oyalar, nazariya va tavsiyalar paydo bo’la boshlagan. 

Bu pedagogika fanining  paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Jahon mutafakkirlari 

o’zlarining pedagogik g’oyalari bilan  fanning rivojlanishiga hissa qo’shdilar. Bu 

jarayonda o’zbek mutafakkirlarining jahon pedagogikasi tarixiga qo’shgan 

hissalari cheksizdir. Tarbiya haqidagi g’oyalar eramizdan oldingi VI asrda 

shakllanganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Keyingi davrlarda pedagogik 

g’oyalarning shakllanishida zardushtiylik ta’limoti, uning muqaddas kitobi 

«Avesto»da qimmatli fikrlar talqin etilgan. Kishilik tarixida islom ta’limotining 

tarbiya haqidagi g’oyalarining shakllanishida ahamiyati cheksizdir. Qur’oni Karim 

va hadisi-shariflarda musulmon ahlining dunyoqarashi, falsafasi, ma’naviyati, 

axloqi, e’tiqodi, har tomonlama barkamolligi kabi insoniy sifatlarni shakllantirish 

yo’llari bayon qilingan. 

Tarbiya haqidagi g’oyalarning rivojlanishida Imom Buxoriy, At-Termiziy, 

Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Axmad 

Yassaviy,  Naqshbandiy, Navoiy, Behbudiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning  

xizmatlari kattadir. 



 

46 


Prezidentimiz aytganlaridek: «Fuqarolar endi ijtimoiy-iqtisodiy 

jarayonlarning ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va 

tashkilotchisidir». Bunday yangicha yondashishlar pedagogika fanining obekti va 

predmetini kengaytirdi. Endilikda pedagogika fanining obekti faqat ta’lim-tarbiya 

jarayonining nazariy, metodologik amaliy ta’minlovchi emas, balki komil inson 

shakllanishi, rivojlanishini ta’minlaydigan keng sohalarni o’z ichiga oladi. Shuning 

uchun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturida»gi milliy modelida shaxs kadrlar 

tayyorlash tizimining bosh obekti va subekti sifatida qaraladi. Bundan tashqari 

pedagogika fani oldiga yangicha fikrlaydigan, yangicha tafakkur, milliy mafkuraga 

ega komil insonni shakllantirish vazifalari qo’yildi. 

Abu Iso at Termiziyning “Haqiqiy  mo’min  deb  xushxulq  va  ayollarga 

nisbatan  xushmuomala  kishiga  aytiladi”  fikrlarida  aytiqsa  “xushxulq”  so’ziga 

e’tibor  qilsangiz  tub  mohiyatida  nafaqat  insonlarga  atrof-muhit,  tabiatni,  o’simlik 

va hayvonat olamining asralishi ham nazarda tutilishini e’tiroz qilib bo’lmaydi, deb 

fikr yuritiga to’g’ri keladi. 

Ekologik  bilimlar  rivojiga  o’zining  munosib  hissasini  qo’shgan  allomalardan 

yana  biri  Abu  Rayhon  Beruniy  hisoblanadi.  Mutafakkir  tomonidan  152  ta  asar 

yaratilgan  bo’lib,  ularda  tabiiy  muhitdagi  dialektik  rivojlanishning  ilmiy  asoslari 

yoritilgan. 

Allomaning  asarlarida  insonlar  tomonidan  o’zlashtirilishi  zarur  bo’lgan 

ekologik  bilimlar,  jumladan,  o’simlik  va  hayvonlarning  biologik  xususiyatlari, 

ularning tarqalishi hamda tabiatdagi ahamiyatiga oid ma’lumotlar keltirilgan. 

“Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar”  va  “Hindiston”  asarlari  Abu 

Rayhon Beruniyning jahonga  mashhur asarlari sanaladi. Ularda  yosh avlod uchun 

o’ta  muhim  bo’lgan  o’simlik  va  hayvonlarning  tuzilishi,  ularning  tashqi  muhit 

bilan  o’zaro  aloqasi  haqida  qiziqarli  ma’lumotlarni  keltirgan.  Shuningdek, 

mutafakkirning  asarlarida  turli  tropik  o’simliklar  va  hayvonlar  to’g’risida 

ma’lumotlarning  keltirilishi  nabotot  va  hayvonot  olamining  tashqi  muhit  bilan 

aloqasini,  yil  fasllari  almashinuvining  o’simlik  va  hayvonot  olamiga  ta’sirini 

yoritishga xizmat qilgan. Chunonchi, “Qushlarning tog’lardan pastga, tekisliklarga 



 

47 


tushishi, chumolilarning o’z inlariga berkinib olishlari havoning sovishidan dalolat 

beradi”, - deydi olim . 

Abu Iso at Termiziyning “Kimda-kim  bir  ko’chat  o’tqazsa,  yobo’lmasa  ekin 

eksa-yu,  ular  hosilidan  odamlar,  qushlar  va  hayvonlar  bahra  olsa  –  bu  hamo’sha 

odam  uchun  sadaqa  sanaladi”, “Barcha  musulmonlar  o’zaro  birodarlardir.  Ular 

hech  qachonbir-birlariga  yomonlikni  ravo  ko’rmasliklari  kerak.  Kimda-kim 

o’zining musulmon birodarlariga yordam qilsa, oxiratda alloh unga yordam qiladi. 

Kimda-kim o’z birodari hojatini engillatsa, alloh ham uning oxiratini engil qiladi.” 

Ushbu  ta’limotlarni  yoshlar  ongiga  ekologik  ta’lim  sifatida  singdirish demakdir. 

Uzoq yillik ilmiy kuzatishlari va tajribalariga tayangan holda Abu Rayhon Beruniy 

tabiatdagi  hodisalar  ma’lum  tabiiy  qonuniyatlar  asosida  boshqariladi  degan 

xulosaga  keladi,  ularga  tashqaridan  ta’sir  etuvchi  har  qanday  kuch  ularni 

o’zgartirish  qobiliyatiga  ega  emas.  Bunday  holatning  ro’y  berishi  esa  ekologik 

buzilishga olib keladi.  

Allomaning  bu  boradagi  yondashuvi  uning  quyidagi  qarashlarida  yanada 

rivojlantirilgan: “Erda  hayvon  va  o’simliklarning  yashashi  uchun  zarur 

imkoniyatlar  cheklangan  bo’lsa  ham,  ular  cheksiz  ko’payishga  intiladilar  va  shu 

maqsadda  kurashadilar.  O’simlik  va  hayvonlarning  nasl  qoldirishi  bilan  olam 

to’lib-boyib  boraveradi.  Agar  o’simliklardan  yoki  jonivorlardan  biror  xilining 

o’sishiga  sharoit  bo’lmay,  o’sishdan  to’xtasa  ham  boshqalarida  bu  ahvol  sodir 

bo’lavermaydi.  Ularning  har  biri  vujudga  kelishda  birdaniga  paydo  bo’lib, 

yo’qolishida  esa  to’satdan  yo’qolib  ketmaydi.  Balki  tirik  mavjudotning  o’zi 

yo’qolsa  ham,  o’z  o’xshashini  qoldirib  ketadi.  Hatto  u  bitta  emas,  balki  bir 

nechasini  qoldiradi.  Agar  er  yuzini  bir  xil  daraxt  yoki  bir  xil  hayvon  butunlay 

qoplab olsa (bu holda) hayvonning ko’payishiga ham, daraxtlarning o’sishiga ham 

o’rin  qolmaydi”  .  Bu  fikrlarda  dialektik  rivojlanish  qonunlarining  falsafiy  bayoni 

o’z ifodasini topgan. 

Alloma  insonni  tabiatning  bir  qismi  deb  hisoblash  bilan  birga  ularning  turli 

irqqa  mansubliklarini  quyidagicha  izohlaydi: “... (Odamlar)  tuzilishlarining  rang, 

surat,  tabiat  va  axloqda  turlicha  bo’lishi  faqatgina  nasablarning  turliligidan  emas, 



 

48 


balki  tuproq,  suv,  havo  va  erning, (odam)  yashaydigan  joylarning  turlichaligidan 

hamdir. 


Tillarning  turlicha  bo’lishiga  sabab  odamlarning  guruhlarga  ajralib  ketishi, 

bir-biridan  uzoq  turishi,  ularning  har  birida  turli  xohishlarni  ifodalash  uchun 

(zarur) bo’lgan ehtiyoj tug’ilishidir” . 

Abu  Rayhon  Beruniy  “Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar”  asarida 

tabiatga  oid  fikrlarni  bayon  qilish  bilan  birga  insonning  atrof-muhitga  to’g’ri 

munosabatda 

bo’lishi 

lozimligini 

ham 

ta’kidlab, 



insonlarning 

tabiatga 

munosabatda o’ziga xos madaniyatli yondashishlarini targ’ib qiladi. 

Darslarda  o’quvchilarning  e’tiborlarini  quyidagilarga  qaratish  pedagogik 

jihatdan  to’g’ri  bo’lgan  bo’lar  edi:  tabiat  hodisalarini  tushuntirganda,  tabiatning 

o’zidan  kelib  chiqish  kerak  va  uning  o’zida  bo’lgan  qonuniyatga,  dalil  va 

tajribalarga  asoslanish  lozim,

  “


Biror  narsani  o’rganishni  mazkur  narsa  (fan)ni 

tashkil  etib  turgan  element  (unsur)larni  o’rganishdan  boshlash  zarur”, “Narsa 

(fan)ni  o’rgangan  paytda  fikrlash  zarur  (sezgi  a’zolaridan  qo’llanma  sifatida 

foydalanish kerak)” .  

Abu  Rayhon  Beruniyning  tabiatshunoslikka  oid  bilimlarini  o’zida 

mujassamlashtirgan  asarlaridan  yana  biri  “Hindiston”  asaridir.  Asarda  allomaning 

30  yillik  kuzatishlarining  samarasi  bo’lgan  bilimlar  yoritilgan  bo’lib,  unda  hind 

hayotining  turli  tomonlari,  urf-odatlari,  aqliy  va  ma’naviy  xususiyatlari,  jon  va 

uning  moddaga  munosabati,  diniy  qonun-qoidalar,  payg’ambarlar  va  shariatlar 

haqida  batafsil  ma’lumotlar  beradi.  Hindlar  tomonidan  qo’llaniluvchi  hisob-

o’lchov birliklari, geografiya, shahar, dengiz, chegaralar haqidagi ma’lumotlar ham 

asar  mazmunida  o’z  aksini  topgan.  Unda,  shuningdek,  inson  ekologiyasi 

mohiyatini yorituvchi muhim jihatlari - muqaddas joylarni ziyorat qilish, harom va 

halol  hisoblanadigan  ovqat  va  ichimliklar,  nikoh,  meros  bo’lish  qonun-qoidalari, 

da’volarni hal qilish yo’llari, ulug’ ayyomlar, yaxshi va yomon amallar va hokazo 

muammolar haqidagi ma’lumotlarga keng o’rin ajratilgan. 

 

 


 

49 


2.3. Abu Iso at Termiziy ilmiy qarashlarining yoshlar tarbiyasi bilan 

uyg’unligi 

O’zbekiston  Respublikasining  mustaqilligi  yillarida  milliy  qadriyatlar,  boy 

madaniy  merosga  asoslangan  milliy  ma’naviyatning  yuksalishiga  alohida  e’tibor 

qaratilmoqda.  Bu  jarayonda  ta’lim  mazmuniga  ham  milliy  qadriyatlar  g’oyalarini 

singdirish  asosida  yosh  avlodni  har  tomonlama  etuk  qilib  tarbiyalash  bugungi 

kunning  dolzarb  vazifalaridan  biri  hisoblanadi.  Ushbu  vazifalar  orasida 

o’quvchilarni  globallashuv  davrining  eng  muhim  muammolaridan  biri  –  ekologik 

xavfni  bartaraf  etishda  kurashishga  imkon  beruvchi  bilimlar  bilan  qurollantirish 

alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Yoshlarga  ekologik  bilimlarni  berishda  O’rta  Osiyo 

allomalarining  ekologik  g’oyalaridan  foydalanishda  ikki  muhim  holat  yuzaga 

keladi: 1) ular  ekologik  g’oyalarni  ifoda  etuvchi  milliy  qadriyatlar  namunalari 

bilan tanishadilar; 2) ularda atrof-muhit ekologik holatini yaxshilashga mas’uliyatli 

bo’lish, 

tabiatni 

asrab-avaylash 

to’g’risidagi 

bilim 

va 


ko’nikmalarni 

o’zlashtiradilar. 

O’tgan 

asrning 


ikkinchi 

yarmidan 

boshlab, 

insonlarning 

tabiatga 

ko’rsatayotgan  salbiy  ta’sirlari  natijalari  keng  jamoatchilikni  tashvishga  sola 

boshladi  va  bu  kabi  salbiy  holatlarga  barham  berish,  ularning  oldini  olishga 

qaratilgan keng ko’lamli harakatni amalga oshirishga qaror qilindi. Bu harakatning 

dastlabki  bosqichida  yo’qolib  borayotgan  o’simlik  va  hayvon  turlari  aniqlandi 

hamda  ularni  muhofaza  qilish  chora-tadbirlari  ishlab  chiqildi.  Jahonning  turli 

mintaqalarida  “Qizil  kitob”larning  yaratilishi  ana  shu  chora-tadbirlarning  biridir. 

Bu  kabi  kitoblarda  nomlari  qayd  etilgan  noyob  o’simliklardan  tegishli  ruxsatsiz 

foydalanish,  hayvonlarni  ovlash  qonun  yo’llari  bilan  taqiqlandi.  Kamayib  va 

yo’qolib  borayotgan  o’simlik  va  hayvonlarni  saqlab  qolish  va  ko’paytirish 

maqsadida  qo’riqxonalar,  zapovedniklar  tashkil  qilindi  va  maxsus  “yashil 

hudud”lar barpo etildi. 

Bu  kabi  harakatlar  tabiatni  asrab  qolish,  ekotizimning  mavjudligini  saqlab 

qolish  yo’lidagi  urinishlarning  bir  qismi  ekanligini,  uning  katta  qismi  butun 

insoniyat  e’tiborini  ushbu  muammoga  qaratish,  ularni  birgalikda,  o’zaro 


 

50 


hamjihatlilikda  tabiatni  muhofaza  qilishga  undash  ekanligini  o’quvchilariga 

tushuntirish kutilgan natijalarni beradi.  

      Ulug’  alloma  Imom  Iso  at-Termiziy  asarlarida  ham  yoshlar  tarbiyasi 

masalalari  yoritilgan.  Uning  “Sunnan” (“Hadislar  to’plami”), “Nuqsonlar  kitobi”, 

“Tarix  kitobi”, “Payg’ambarning  axloq-odob,  sayru  suluklari  haqida  kitob”, 

“Ismlar  va  laqablar  haqida  kitob”, “Zohidlik  haqida  kitob”  kabi  asarlari  juda 

mashhurdir. 

    Imom  Iso  at-Termiziy  o’z  asarlarida  yoshlar  tarbiyasining  aktual  masalalari 

tizimiga  kiruvchi  tabiatni  muhofaza  qilish,  tirik  jonzotlar,  o’simlik  va  dov-

daraxtlarni  asrab-avaylash,  atrof-muhitning  tabiiy  go’zalligini  saqlash  lozimligini 

uqtiradi.  Bu  kabi  qarashlar  allomaning  “Sunnan”  kitobida  keltirilgan  quyidagi 

hadislar  mazmunida  yaqqol  aks  etadi.  Ya’ni: “Erda  halal  berib  yotgan  biror  tosh, 

tikanak  yoki  suyakni  bir  chekaga  olib  qo’yishing  ham  -  sadaqa”; “Chelagingdagi 

suvdan  boshqalarning  idishlariga  solib  berishing  ham  sadaqa  hisoblanadi”; 

“Kimda-kim  bir  ko’chat  o’tqazsa,  yo  bo’lmasa  ekin  eksa-yu,  uning  hosilidan 

odamlar,  qushlar  va  hayvonlar  bahra  olsa,  bu  ham  o’sha  odam  uchun  sadaqa 

sanaladi”;  “Birodaringni  yuziga  kulib  boqishing  sen  uchun  sadaqadur”; 

“Odamlarga  xayrixohliging  sening  sadaqangdir”; “Kishilarni  xayrli  va  yaxshi 

ishlar  qilishga  da’vat  etishing  va  zulmdan  qaytarishing  sening  sadaqangdir”. 

Anglanganidek,  mazkur  hadislarda  inson  ekologiyasining  sharqona  jihatlari  ifoda 

etilgan. 

O’rta  asrlarda  yashagan  allomalar  tomonidan  yaratilgan  asarlarning 

aksariyatida  yoritilgan  tarbiyaviy  g’oyalar  umuminsoniy  xarakterga  egadir. 

Manbalarda  ko’rsatilishicha,  allomalar  tomonidan  juda  ko’plab  ilmiy  asarlar 

yaratilgan. 

Abu Nasr Forobiyning fikricha, inson Alloh yaratgan mavjudotlar orasida eng 

buyuk va etukdir. U o’zining ongi, aqli, sezgi a’zolari oraqli olamni har tomonlama 

o’rganish  qobiliyatiga  ega.  Aql  yordamida  inson  o’zini  o’rab  olgan  mavjud 

olamning mohiyatini bilishga qodirdir [131; 223]. Inson tomonidan olam va uning 


 

51 


mavjudligi asoslarini bilishda ilm-fan hal etuvchi omil hisoblanadi. Tashqi olamni 

o’rganish, tabiat sirlarini bilishda tabiatshunoslik fanining roli beqiyos. 

Buyuk alloma  o’zining  “Kitob al-mabodi al-insonino” (“Insoniyat hayotining 

boshlanishi  haqida  kitob”), (“Hayvon  a’zolari  haqida  so’z  (kitob)”)  nomli 

asarlarida  odam  va  ayrim  hayvonlarning  anotomik  tuzilishi,  organlarning 

xususiyatlari,  ular  o’rtasidagi  umumiylik  hamda  farqlarni  izohlaydi,  olamning 

turli-tumanligini  ta’kidlab,  ularning  er,  havo,  suv,  olovdan  paydo  bo’lganligini  va 

o’zaro bog’liqligini qayd etadi.  

Abu  Nasr  Forobiyning  insoniyat  tomonidan  tabiatga  ko’rsatilayotgan 

ta’sirning  doimiylik  kasb  etishi,  tabiiy  va  sun’iy  tanlanish  muammosini  atroflicha 

baholash zarurligi haqidagi fikrlari e’tiborga molikdir. 

Olimning  nuqtai  nazariga  ko’ra,  borliqdagi  mavjud  narsalar  abadiy  emas, 

ya’ni, “Ular  abadiy  (boqiy)  bo’la  olmaydilar,  chunki  ular  havo,  suv,  tuproq  va 

olovga  bo’linadilar,  birlari  boshqasiga  aylanadilar  va  balki  har  bir  unsur 

boshqasida mavjuddir. Misol tariqasida hayvonot dunyosini oladi, u to’rt unsurdan 

biridir”  

Alloma  “Oliy  maqsadga  erishish  faqat  tabiatni  o’rganish  orqali  qo’lga 

kiritiladi,  chunki  tabiatni  tushunish  osondir”  degan  fikrni  ilgari  surish  orqali 

ekologik bilimlarni boyitadi.  

Abu  Nasr  Forobiyning  ko’plab  asarlarida  inson  ekologiyasi  muammolari 

etakchi  o’rin  tutadi.  Jumladan,  olimning  “Inson  a’zolari  haqida”  nomli  asarida 

inson a’zolariga xos bo’lgan turli kasalliklarning kelib chiqish sabablarini alohida-

alohida  o’rganish,  organizmning  salomatligini  tiklash  uchun  kerakli  oziq-

ovqatlarga e’tibor berish zarurligiga e’tibor qaratilgan. Binobarin. insonning ruhiy 

va jismoniy holati tashqi omillar, muhit ta’siriga bog’liq, bu jarayonlar zamonaviy 

ekologiya  fanining  asosini  tashkil  etadi.  Anglanganidek,  inson  ekologiyasi 

muammolari o’z davrida buyuk alloma e’tiborini o’ziga tortgan. 

Alloma  asarlarida  ilgari  surilgan  ekologik  qarashlar  negizida  insoniyatning 

tabiat,  atrof-muhit  bilan  o’zaro  muloqoti  uning  tarbiyalanganlik  darajasiga 

bog’liqdir,  degan  g’oya  yotadi.  Ushbu  g’oyaga  tayangan  holda  aytish  mumkinki, 



 

52 


tabiat  sirlarini  o’rganib,  atrof-muhitga  nisbatan  ongli  munosabatda  bo’lish 

insoniylikning eng oliy sifatidir. 

O’rta  asrlarda  yashagan  Abu  Nasr  Forobiy  tomonidan  yaratilgan  asarlarning 

aksariyatida  yoritilgan  ekologik  g’oyalar  umuminsoniy  xarakterga  egadir. 

Manbalarda ko’rsatilishicha, alloma tomonidan 160 ta ilmiy asar yaratilgan bo’lib, 

ularni bitta nortuya zo’rg’a ko’tara olgan; . 

Abu Nasr Forobiyning fikricha, inson Alloh yaratgan mavjudotlar orasida eng 

buyuk va etukdir. U o’zining ongi, aqli, sezgi a’zolari oraqli olamni har tomonlama 

o’rganish  qobiliyatiga  ega.  Aql  yordamida  inson  o’zini  o’rab  olgan  mavjud 

olamning mohiyatini bilishga qodirdir . Inson tomonidan olam va uning mavjudligi 

asoslarini  bilishda  ilm-fan  hal  etuvchi  omil  hisoblanadi.  Tashqi  olamni  o’rganish, 

tabiat sirlarini bilishda tabiatshunoslik fanining roli beqiyos. 

Buyuk alloma  o’zining  “Kitob al-mabodi al-insonino” (“Insoniyat hayotining 

boshlanishi  haqida  kitob”), (“Hayvon  a’zolari  haqida  so’z  (kitob)”)  nomli 

asarlarida  odam  va  ayrim  hayvonlarning  anotomik  tuzilishi,  organlarning 

xususiyatlari,  ular  o’rtasidagi  umumiylik  hamda  farqlarni  izohlaydi,  olamning 

turli-tumanligini  ta’kidlab,  ularning  er,  havo,  suv,  olovdan  paydo  bo’lganligini  va 

o’zaro bog’liqligini qayd etadi.  

Abu  Nasr  Forobiyning  insoniyat  tomonidan  tabiatga  ko’rsatilayotgan 

ta’sirning  doimiylik  kasb  etishi,  tabiiy  va  sun’iy  tanlanish  muammosini  atroflicha 

baholash zarurligi haqidagi fikrlari e’tiborga molikdir. 

Olimning  nuqtai  nazariga  ko’ra,  borliqdagi  mavjud  narsalar  abadiy  emas, 

ya’ni, “Ular  abadiy  (boqiy)  bo’la  olmaydilar,  chunki  ular  havo,  suv,  tuproq  va 

olovga  bo’linadilar,  birlari  boshqasiga  aylanadilar  va  balki  har  bir  unsur 

boshqasida mavjuddir. Misol tariqasida hayvonot dunyosini oladi, u to’rt unsurdan 

biridir” . 

Alloma  “Oliy  maqsadga  erishish  faqat  tabiatni  o’rganish  orqali  qo’lga 

kiritiladi,  chunki  tabiatni  tushunish  osondir”    degan  fikrni  ilgari  surish  orqali 

ekologik bilimlarni boyitadi.  


 

53 


Abu  Nasr  Forobiyning  ko’plab  asarlarida  inson  ekologiyasi  muammolari 

etakchi  o’rin  tutadi.  Jumladan,  olimning  “Inson  a’zolari  haqida”  nomli  asarida 

inson a’zolariga xos bo’lgan turli kasalliklarning kelib chiqish sabablarini alohida-

alohida  o’rganish,  organizmning  salomatligini  tiklash  uchun  kerakli  oziq-

ovqatlarga e’tibor berish zarurligiga e’tibor qaratilgan. Binobarin. insonning ruhiy 

va jismoniy holati tashqi omillar, muhit ta’siriga bog’liq, bu jarayonlar zamonaviy 

ekologiya  fanining  asosini  tashkil  etadi.  Anglanganidek,  inson  ekologiyasi 

muammolari o’z davrida buyuk alloma e’tiborini o’ziga tortgan. 

Alloma  asarlarida  ilgari  surilgan  ekologik  qarashlar  negizida  insoniyatning 

tabiat,  atrof-muhit  bilan  o’zaro  muloqoti  uning  tarbiyalanganlik  darajasiga 

bog’liqdir,  degan  g’oya  yotadi.  Ushbu  g’oyaga  tayangan  holda  aytish  mumkinki, 

tabiat  sirlarini  o’rganib,  atrof-muhitga  nisbatan  ongli  munosabatda  bo’lish 

insoniylikning eng oliy sifatidir. 

O’zgaruvchan  miqdorlarga  ko’ra  to’rt  bosqichda  tajriba-sinov  ishlari 

tashkil  etildi.  Tajribada  o’zgaruvchan  miqdorlarni  oshirib  borish  usulidan 

foydalanildi. 

1–bosqich  o’zgaruvchan  miqdorlarga  ko’ra  tashkil  etildi.  O’rta  Osiyo 

allomalarining yoshlar tarbiyasiga doir qarashlari bo’yicha o’zgaruvchan miqdorlar 

doirasida o’tkaziladi. Bu bosqichda taqqoslash maqsadida 3 ta tajriba, 3 ta nazorat 

sinflari  tanlab  olinadi.  Tajriba  va  nazorat  sinflarida  jami  173  nafar  o’quvchi 

ishtirok etdi. 

Tajriba–sinov  o’rganilgan  va  endi  o’rganilayotgan  mavzularning  farqini 

anglash,  mavzuga  mos  dars  holatini  hosil  qilish,  o’rganilayotgan  mavzuning 

nazariy  va amaliy  ahamiyatiga  doir  kirish  suhbati  tashkil  etildi.  Nazorat  ishlari 

o’quvchilarda O’rta Osiyo allomalarining yoshlar tarbiyasiga doir qarashlari to’liq 

o’zlashtirishiga olib keladi, degan ilmiy faraz asosida o’tkaziladi. 

Tajriba–sinov  ishlarining  2–bosqichi  1–bosqichdan  farqli  ravishda 

o’zgaruvchan  miqdorlar  doirasida  o’tkaziladi.  Tajriba–sinov  ishlarining  2– 

bosqichida  yuqorida  keltirilgan  o’zgaruvchan  miqdorlarga  qo’shimcha  tarzda 

quyidagi miqdorlar berildi:  



 

54 


1) rasm, chizma, jadvallar;  

2) dars topshirig’ida berilgan vazifalar; 

3) takrorlash usuli;  

4) o’zlashtirish darajasidagi o’quvchilarni ogohlantirish;  

5) bahs; 6) savolga javob topish;  

7) qo’shimcha topshiriq tanlash;  

8) takrorlash. 

Tajriba–sinov  ishining  3–bosqich  tajriba–sinov  ishlari  2–bosqichida amal 

qilingan  barcha  o’zgaruvchan  miqdorlarga  qo’shimcha  tarzda  o’zgaruvchan 

miqdorlarninng ikki xususiyati hisobga olindi:  

Yakuniy bosqich tajriba-sinov ishlari davrida o’quvchilar (173 nafar) o’rtasida 

suhbat,  savol-javob  va anketa  so’rovlari  tashkil  etildi,  ular  tomonidan  test 

topshiriqlari  bajarildi.  O’rganish  natijasida  quyidagi  ko’rsatkichlar  qo’lga  kiritildi 

(2.3.1- jadvallar):  



Yüklə 483,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin