O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi


Rolli o’yinlar jarayoni va uning shakllari



Yüklə 315,17 Kb.
səhifə17/30
tarix25.12.2023
ölçüsü315,17 Kb.
#196288
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Jizzax davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Rolli o’yinlar jarayoni va uning shakllari.
Rolli o’yinlar jarayoni. Bu jarayon ba'zan psixologik amaliyotda
psixodramatik seans deb ham atalib, uning asoschilaridan biri yuqorida
ta'kidlanganidek J. Morenodir. o’yin jarayonidagi asosiy shaxslardan biri -
boshlovchidan keyin ijtimoiy psixologik vaziyat-ning markazida to’rgan shaxsdir,
uni ilmiy adabiyotlarda protagonist deb atashadi. Uning ijtimoiy psixologik
vaziyatdagi muammo hamda ziddiyatlarni xal qilishdagi roli kattadir, chunki u
aynan voqealarning markazida turadi. Unga o’z rolining barcha jixatlarini har
tomon-yaama namoyon qilish xuquqi beriladi, boshqa rollar esa uning tabiatidan
va xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ya'ni protogonist asosiy muammoni eltuvchi va
boshqalarni o’ziga ergashtiruvchidir. Rollar o’ynab bo’linganidan so’ng uning
muxokamasi boshlanadi, unda barcha guru* a'zolari ishtirok etadilar va ularning
har biri o’zini protogo-nistning urniga kuyib kurishga harakat qilishi kerak
Psixodramada odam o’zini turli rollarga kira olishini sinab ko’radi, ya'ni bunda
interpersonal tajribaning ohishiga hamda har bir shaxsning o’zidagi va boshqalar-
dagi ustanovka va munosabatlarning xis qilinishiga im-koniyat tugiladi, masalan,
erkak kishi ayolni identifikatsiya qilishi, yosh odam karini, bola - kattani, va
aksincha, rollar egiluvchanligi xis etiladi. Klassik psixodramada, ayniqsa,

42
"rejissyor" rolidagi boshqaruvchi shaxsining roli katta. U ham o’yinni "sax;naga


kuyuvchi", ham terapevt, ham psixoanalitik rolini o’ynay-di. Butun o’yin
davomida u o’yinning katalizatori, har bir harakatning muvofiklashtiruvchisi,
rollarni aniq personallar shaqlida ishtirokchilarga bo’lib beruvchidir. U o’zining
boshqaruvchilik rolini ado eta borib, odamlarni ijtimoiy vaziyatni xis qilish va
undan chiqish choralari yo’zasidan terapevtik ko’rsatmalar berib boradi. Har bir
seansda rollarni almashtiruvchi va protogonistni tayinlovchi ham u xisoblanadi.
Amerikalik olim E. Bernning transakt taxlillar metodi ham shunga yaqin,
faqat unda odamlarni har bir ijtimoiy vaziyatlardagi samarasiz (nojuya, bexuda)
harakatlari taxlil qilinadi va o’yin vositasida ishtirokchilar to’g’ri harakatlarga
urgatiladi.Shunday qilib, o’yin metodlarini qo’llash soxalari nixoyatda ko’p, ular
doimo insonni xayotida to’g’ri mavqega ega bo’lishga, o’zi istagan, orzu qilgan
xayotiy vaziyatlarni o’zi yaratishga urgatadi va undaydi. O’yinning har qanday
shaqlini tashkil qilishda va uni samarali o’tkazishda, tabiiyki, trenerga ijtimoiy
psixologik bilimdonlik Xayotiy tajriba, muloqot san'ati va sabr-tokat kerak
Shuning -uchun ham o’yinni o’rganish va o’zi bilgan narsalarni birovlarga urgatish
malakasiga ega bo’lgan shaxsgina uni to’g’ri tashkil qilishi va psixokorrektsion
maqsadlarga erihishi mumkin.

Yüklə 315,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin