44
Maqsad: Turli xulq harakatlarini ko’rib chiqish va ularning muloqotga
tegshpli harakatlariing shakllanishiga ta’sirini aniqlash.
Materiallar: toza qog’oz, ruchka, qalam, 3 ta suratli plakat va ularga
taalluqli hulk, harakatlarining izohi.
Materiallarni tayyorlash: Har bir plakatning chap tomoniga u yoki bu hulq
harakatini ko’rsatuvchi tasvir tushirilgan qog’oz yopishtiriladi. Rasmning yonida
ushbu hulqning tavsiflari yozilgan.
Sust (passiv) xulq:
- O’z huquqlaringizni ta’kidlash uchun hyech qanday hatti-harakat
qo’llamayapsiz.
- O’zgalarni o’zingizdan yuqori qo’yayapsiz.
- Boshqalarning xohishiga yon berayapsiz.
- Sizni nimadir bezovta qilsa ham indamay turibsiz.
- Doimo uzr so’rayapsiz.
Agressiv xulq:
- Boshqalarni hyech qancha o’ylamay o’z huquqlaringizni himoya
qilayapsiz.
- O’zgalar ustidan hukmronlik qilishga urinayapsiz.
- O’zgalarni unutib faqat o’zingizni o’ylaysiz.
- Boshqalar hisobiga o’z huquqlaringizga erishayapsiz.
Ishonchli xulq.
- O’zgalar huquqini poymol qilmay o’z xuquqlaringizni himoya eta olasiz.
- O’zingizni va o’zgalarni hurmat qilasiz.
- Tinglashni va gapirishni bilasiz.
- Ham ijobiy, ham salbiy hissiyotlaringizni ayta olasiz.
- O’zingizga ishonasiz, lekin o’zgalarni «haqoratlamaysiz».
O’yinning borishi: O’yin 20 minut davom etadi.
Kirish. Ko’pincha o’zimizga ishonmasligimiz bizni turli salbiy kuchlarga
qarshi turolmasligimizga olib keladi, natijada har xil nojo’ya vaziyat va xulqlarning
ishtirokchisiga aylanib qolamiz Har xil salbiy yo’llarga kirib ketmaslik uchun biz
45
o’z xulk-atvorimizni, uning ichki sabablarini yaxshi tushunishimiz, hatti-
harakatlarimizni nazorat qilishimiz, hissiyotlarimizni boshqara olishimiz kerak.
Sinf uchta kichik guruhlarga bo’linadi.
Hap bir kichik guruhga quyidagicha topshiriq beriladi: ko’rsatilgan uchta
suratga asoslangan holda har xil xulq formalarining xatti-harakatlari, ichki holatlari
va nutq xususiyatlarini izohlab bering (guruhlar ishlayotgan paytda suratlarga
taalluqli tavsiflar yopib qo’yiladi, suratlar esa ochiq qoladi).
Har bir guruh tomonidan taqdim etilgan variantlarni muhokama qilish.
So’ngra boshlovchi plakatdagi tavsiflarni o’qib izohlaydi. Boshlovchilar o’z
xatti-harakatlari orqali har xil xulq modellarini misol tariqasida ko’rgazmali
namoyon etishlari mumkin.
Ikkala boshlovchi ishtirokida agressiv va sust xulq ko’rinishlari tasvirlanadi.
Ishtirokchilardan esa boshlovchilarning harakatlari, imo-ishora va so’zlarini
kuzatgan holda ushbu xulq ko’rinishlarining nomlarini to’g’ri topishlari so’raladi.
Dostları ilə paylaş: