O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi



Yüklə 315,17 Kb.
səhifə27/30
tarix25.12.2023
ölçüsü315,17 Kb.
#196288
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Jizzax davlat pedagogika instituti-fayllar.org

«Ko’rinmas sovg’a».
Ishtirokchilar davra qurib olishadi. Boshlovchi qo’lida narsani yasash
mumkin bo’lgan ko’rinmas loy borligini va ishtirokchilar undan sovg’a yasab, o’ng
tomonidagi ishtirokchiga uzatishlari lozimligini aytadi. Sovg’a yasaladi va qabul
qilib olingach, yana boshqatdan sovg’a yasalib, navbatdagi ishtirokchiga taqdim
etiladi. Shu tariqa barcha «sovg’a» olmagunicha bu harakatlar takrorlanadi. O’yin
oxirida kimning nima sovg’a qilgani va sababi so’raladi.

Sakrash”.


Guruh ishtirokchilari yuzlarini bir tomonga o’girgan holda bir qator turadilar.
Yo’riqnoma: «Men «bir, ikki, uch», deb sanayman va har «uch» deganimda
siz quyidagicha holatlarda sakrashingiz mumkin:
1. Joyingizda turgan holda.
2. Sakrab o’ng tomonga o’girilish.
3. Sakrab chap tomonga o’girilish.
Topshiriqni bir-birimiz bilan gaplashmasdan, jimlikda bajaramiz. Mashq
hamma ishtirokchilar bir tomonga qarab turmagunlaricha davom etaveradi.
Mashqni bajarishda o’zaro ko’rsatmalar berilmasligiga, ayrim ishtirokchilarning
kelishib olmasliklariga va bir ishtirokchining buyrug’i bilan biror tomonni
tanlamaslikka e’tibor berish kerak.

58
Mashq guruhni jipslashtiradi, kayfiyatni ko’taradi, qizg’inlikni, tanglikni


yumshatadi. Shuningdek, guruh qatnashchilarining birgalikdagi faoliyatda kelishib
olishlariga va umumiy qarorga kelishlariga imkon beradi.
O’yin oxirida guruhga beriladigan savollar: «Guruhning oldiga qo’ygan
vazifani bajarishda nima yordam berdi?», «Vazifani tezroq bajarishga nima xalaqit
berdi?», «Vazifani tezroq bajarishga nimalar yordam berishi mumkin edi?» va h.k.

Ishchanlik muhitini yaratuvchi o’yinlar. 

Joy almashish
Ishtirokchilar doira atrofida o’tiradilar, trener esa doira o’rtasida turadi.
Yo’riqnoma: doiraning markazida turgan kishi (boshida bu men bo’laman)
biror umumiy belgiga ega bo’lgan narsani hammaga taklif etadi va kimda shu belgi
bo’lsa u joyini almashadi. Masalan, men shunday deyman: «Singlisi borlar
joyingizni almashtiring» va hamma singlisi borlar joylarini almashtirishlari kerak.
Bunda doiraning markazida turgan kishi bo’shagan joyni egallashga ulgurishi
kerak. Markazda joysiz qolgan ishtirokchi esa o’yinni davom ettirishi kerak».
Mashq tugaganidan so’ng trener guruhga quyidagi savollar bilan murojaat
etishi mumkin: «Siz o’zingizni qanday sezayapsiz?», «Hozir sizning kayfiyatingiz
qanday?». Qoidagi muvofiq mashqlar quyidagicha o’tadi. U qizishganlikni
pasaytiradi, kayfiyatini ko’taradi, diqqat va fikrlarni faollashtiradi.



Yüklə 315,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin