61
Hozirgi vaqtda boshlang’ich sinf o’quvchilarining shaxs sifatlari va bilim
imkoniyatlariga pyedagogning psixologik tomondan yondashuvi dastur asosida
to’liq o’z ifodasini topmagan.
O’qituvchi bolaning imkoniyatlarini hisobga olgan xolda, dastur asosida
ta'lim-tarbiyasini tashkillashtirishi kyerak. Bunda asosan etibor dars
samaradorligini oshiradigan yangi pedagogik tyexnologiyalar, innovatsion g’oyalar
va mazmunli tashkillashtirish sharoitlariga bog’liqdir. Xuddi shunday usullardan
biri bu psixologik treninglardir. Ushbu malakaviy bitiruv ishida trening
tushunchasi, uning qonun-qoidalari, amal qilish tamoyillari va mazmuni bir qadar
tahlil qilindi va asoslab berildi.
Malakaviy bitiruv Ishning birinchi bobida psixologik treninglar va uning
shaxs shakllanishidagi roli va uni ta’lim jarayonida amalga oshirish tamoyillari
ko’rsatib o’tilgan. Shuningdek ushbu bobda treningda psixogimnastikasi
mashqlarining ahamiyati va uni bajarish qonunlari batafsil yoritib o’tildi.
Treninglarni o’tkazish jarayonida guruh faoliyatini tashkillashtirish ishlari ham
ushbu bobda ko’rsatib o’tildi.
Ishning ikkinchi bobida kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga ta’lim-
tarbiya berishda psixologik treninglardan foydalanishda muomala jarayoni, kichik
maktab o’quvchilarida o’yin metodlari va ularning ijtimoiy psixologik
xususiyatlari hamda kichik maktab o’quvchilari bilan o’tkaziladigan trening
mashg’ulotlar mazmuni va na’munalari atroflicha yoritib o’tildi.
Umuman olganda BMIda quyilgan maqsadga erishish uchun barcha uslubiy,
pedagogik–psixologik, tahlillar umumlashtirilib, vazifani hal qilish yo’llari va
samarali uslublar tavsiya qilindi.