O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi



Yüklə 315,17 Kb.
səhifə24/30
tarix25.12.2023
ölçüsü315,17 Kb.
#196288
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Jizzax davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Tanishuv o’yinlari. 

«Qop yig’imi».
Boshlovchi ko’rsatmasiga binoan uning o’ng yoki chap tomonida turgan
ishtirokchilardan bittasi o’z ismini aytadi. Ikkinchisi esa birinchi ishtirokchining va
o’zining ismini aytadi. Uchinchi ishtirokchi esa birinchi, ikkinchi ishtirokchining

54
va o’zining ismini aytadi. Shu tariqa oxirigacha davom etadi. Oxirgi ishtirokchi


birinchi ishtirokchidan boshlab to guruh a’zolarining hammasini va o’zining ismini
aytadi. Guruh a’zolarining bir-biri bilan tanishishi ana shu tarzda amalga oshadi.
Ikkinchi turda har bir ishtirokchi o’ziga taxallus (gul, meva, badiiy
qahramon, planetalar nomi kabi) o’ylab topib, keyin o’sha taxallus bo’yicha o’zini
tanishtiradi. Bu mashq ham shaxslararo chiniqish, xotirani mustahkamlash,
emosional tanglikning oldini olish maqsadida xizmat qilishi mumkin.


«Olma».
Qatnashuvchilar davra ko’rib o’tiradilar. Boshlovchi «Mening ismim... Men
...ni yaxshi ko’raman (xohlagan narsa yoki kishini aytishi mumkin)», - deydi va
olma (koptok)ni biron kishiga qarab otadi. Olma (koptok)ni ilib olgan ishtirokchi
ham o’z navbatida o’zini shunday tanishtiradi va koptokni boshqa ishtirokchiga
uzatadi. O’yin barcha ishtirokchilar o’zlarini tanishtirib bo’lgunlariga qadar davom
etadi.
Ishtirokchilar tanishtirish jarayonida aytilishi mumkin bo’lgan jumlalar:

Men ... yaxshi ko’raman (kishini ismi xam bo’lishi mumkin).


Bolaligimda yaxshi ko’rgan ovqatim ... (kasha) edi.
Men yoqtiradigan rang (gul yoki meva) - ...

«Ismlar — fazilatlar».
Bu o’yin guruh ishtirokchilarining kayfiyatini ko’tarish, ishtirokchilar
o’zlarini erkin his qilishlari uchun tashkil qilinadi.
Har bir ishtirokchi biron-bir ismning birinchi harfi bilan boshlanadigan
shaxsning ijobiy xarakter xususiyati, kishi fazilati nomini aytish lozim (Masalan,
Rashid - rostgo’ylik, Murod — mardlik va hokazo).



Yüklə 315,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin