O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi



Yüklə 315,17 Kb.
səhifə23/30
tarix25.12.2023
ölçüsü315,17 Kb.
#196288
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Jizzax davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Ikki qo’llab ko’rishish.
Ishtirokchilarning hammasi doira shaklida o’tirishadi. Qo’llar bir-biriga
birlashtirilgan bo’ladi. Ishtirokchilar birvarakayiga xohlagan tomonidagi (chap yoki
o’ng yonidagi) kishiga salomlashish uchun qo’shqo’llab qo’l uzatadi. Unisi esa
qo’llarini yonidagisiga uzatishi mumkin va birinchi ishtirokchiga navbat
yetgunicha shu holda davom etadi. Shunday qilib bir nechta mos kelmaslik holati
kuzatilishi tabiiy. Ana shunda qanaqangi qiy-chuv ko’tarilishini ko’rasiz!
Bu o’yinni bir necha bor takrorlash nafas rostlash va tinchlanish uchun
foydalidir.

Aziz mehmon o’yini.
Maqsad: a) shaxsning va xususan, protogonist (mehmon) shaxsining guruh
tomonidan hurmat qilinishini tasdiqlash; b) guruhda odam bilan muomala qilish
san’atini shakllantirish; v) bevosita (o’yinni amalga oshirish orqali) guruhdagi
ayrim ishtirokchilarning protogonistga nisbatan salbiy munosabatini shakllantirish.
Bu o’yinda protogonist sifatida guruhdagi eng ko’zga tashlanmaydigan, sust
o’smir tanlanadi.
Boshlovchi o’yinning mohiyatini quyidagicha tushuntiradi: «Hozir bir kishi
tashqariga chiqib, to uni chaqirmagunimizcha eshik orqasida kutib turadi.
Qolganlardan 7 kishini biz har bir o’yin qatnashchilarining ishtirokini va xulq-
atvorini baholash uchun (5 balli sistemada) hakam sifatida saylaymiz. Vazifangiz
nimadan iboratligini aytib oling: eshik ortidagi kishi - bizning eng aziz
mehmonimiz. Tasavvur qiling, u bizning respublikamiz uchun do’st mamlakat
bo’lgan AQSh davlatining vakili bulib, O’zbekiston va Amerika o’rtasida
mustahkam aloqalarni yo’lga qo’yish uchun tashrif buyurgan. Ishtirokchilardan biri
mehmonni chaqiradi, shu bilan birga unga hamrohlik va tarjimonlik ham qiladi.

53
Qolgan ishtirokchilarning har biri mehmon bilan ko’rishishga, undan nimanidir


so’rashga, unga nimalarnidir gapirib berishga harakat qilishi kerak, chunki mehmon
zerikib qolmasligi kerak. Hakam a’zolarining vazifasi: qatnashchilarning ishtirokini
kuzatib
borib,

kimda-kim


mehmon

bilan
quruq,

betakalluf,
soxta,

xushomadgo’ylarcha va odobsizlarcha munosabatda bo’lsa, ularning ballarini


tushirishdan iborat. Odobsizlar va ballari past bo’lganlar o’yindan chiqariladi.
Hakamlar har bir ishtirokchining o’rtacha bahosiga qarab, uning o’zaro
munosabatga kirishish qobiliyatiga baho beradilar».
Boshlovchi ham ishtirokchilar bilan birgalikda hakam a’zolarini, xamrohlik
qiluvchi (tarjimon)ni va «mehmon»ni tanlaydi. Xamrohlik qiluvchi xonadan chiqib
ketadi va bir pasdan so’ng «mehmon»ni boshlab kiradi. Ishtirokchilar protogonistni
doira shaklida o’rab oladilar va uning atrofida kim qanday istasa shundayligicha
o’tiradilar. U bilan gaplashishning navbatma-navbatligi shart emas, muhimi har bir
ishtirokchi u bilan munosabatga kirishishi kerak.
Oldindan ma’lum bo’lgan kulguli narsalar (mehmon bilan «chet tilida
gaplashish» va muloqotning odatlanilmagan usuli) o’yinga zavq bag’ishlaydi,
kulgu uyg’otadi, lekin ta’kidlangan jiddiylik yo’qolmaydi. Tajribalarda
ko’rinishicha, protogonist bilan muloqotda bo’luvchi shaxslar o’z munosabatlarida
xazilomuz, kulguli harakatlarni ham qo’llaydilar. Bunda ishtirokchilar, hatto
hakamlar tomonidan ballar kamaytirilishi ehtimolini ham unutib qo’yadilar.
Shunday vaziyat kuzatilganda, o’yin nihoyasida boshlovchi ishtirokchilarning bu
xil (noo’rin) harakatlarini yengilgina bo’lsa xam ta’kidlab o’tishi kerak.
Mehmon nomiga aytilayotgan olqishlar haqida oldindan boshqotirib o’tirish
shart emas, balki ishtirokchilar buni o’yin jarayonida o’ylab topishlariga imkoniyat
yaratish kerak.


Yüklə 315,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin