O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi



Yüklə 315,17 Kb.
səhifə25/30
tarix25.12.2023
ölçüsü315,17 Kb.
#196288
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Jizzax davlat pedagogika instituti-fayllar.org

«Juftlik asosida tanishuv».
Ishtirokchilar juft-juft bo’lib 10 minut davomida bir-birlariga o’zlari haqida
ma’lumot beradilar. Keyin ulardan biri ishtirokchilar bir-birlarini tanishtirgunlariga
qadar davom etadi.


Ahillashtiruvchi o’yinlar.

55


«Botqoqlik».
Buning uchun kartondan yasalgan o’rtacha kattalikda «likopchalar» kerak
bo’ladi. Ularning soni 9 ta bo’lishi kerak. Guruh a’zolari qator bo’lib, birin-ketin
tarelkalarga oyoq qo’yib botqoqlikdan o’ta boshlaydilar, atrofda esa (ikkinchi
guruh a’zolari) qaroqchi timsohlar yuradi. Timsohlar tarelkalarni olib ko’yishga
shay turadilar, maqsad har bir guruh a’zosi tarelkalardan oyoq uzmasligi, hyech
bo’lmaganda bir oyoqning uchi bilan ularni bosib turishi kerak. Agar guruh a’zolari
ittifoq bo’lib harakat qilsalar, mag’lubiyatsiz botqoqlikdan o’tadilar, bironta
likopchani timsohga bermaydilar.

«Avtobus».
Ishtirokchilar ikki guruhga bo’linadilar. Boshlovchi ular ikkita avtobusda
joylashishlari kerakligini aytadi. Avtobus o’rindiqlari sifatida stullardan
foydalanish mumkin. Ishtirokchilar stullarga bir-birlariga qarama-qarshi joylashib
o’tiradilar. Hamma ikki avtobusga joylashib bo’lgach, boshlovchi birinchi avtobus
yurmasligini, u buzilib qolganligini ma’lum qilib, hamma ikkinchi avtobusga
o’tishi kerakligini aytadi. Bu o’yin boshlovchiga guruhga ishtirokchilar orasida bir-
biriga ishonchni rivojlantirishga yordam beradi.


Toping-chi, bu kim?
Buning uchun har bir ishtirokchi shu guruh a’zolaridan kimningdir 10 tadan
kam bo’lmagan xarakter xususiyatlarini qog’ozga yozadi, lekin kim haqda
yozganligini, hatto o’g’il yoki qiz bolaligini ham hyech kimga aytmaydi. Qolgan
ishtirokchilar yozilgan xarakter xususiyatlariga qarab gap kim haqda
ketayotganligini topishlari lozim. Agar guruh gap kim haqida ketayotganligini
qanchalik tez topsa, uni ta’riflagan ishtirokchi mohir odam sifatida
rag’batlantiriladi.



Yüklə 315,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin