56
o’rtaga chiqadi va o’yinni davom ettirish uchun boshqa tana a’zolarining nomini
aytadi (masalan qo’l, oyoq, bosh barmoqlar, yelka va hokazo).
“G’aram, tepalik, so’qmoq».
Ishtirokchilar 6-10 kishilik guruhga bo’linadilar. Har bir guruh a’zolari bir-
birlarining qo’llaridan ushlab, davra quradilar. O’yin ishtirokchilarning o’ng
tomonga qarab aylanishi bilan boshlanadi. Boshlovchi tomonidan «So’qmoq»
deyilganda ishtirokchilar bir qator bo’lib o’tirib olishlari kerak. 'G’aram»
deyilganda har bir guruh 2 kichik guruhga bo’linadi va bir-biriga yuzma-yuz bo’lib,
qo’llarini
birlashtirib
yuqoriga
ko’taradilar. «Tepalik»
deyilganda
esa,
ishtirokchilar yana bir qator bo’ladilar, biroq bunda guruhdagi bir ishtirokchi tursa,
ikkinchisi o’tirib oladi, natijada tepaliklar ko’rinishini aks ettiradilar. Vazifani
boshqalardan oldin va yaxshi bajargan guruhga 1 ball beriladi. Shunday qilib eng
ko’p ball jamg’argan g’olib deb topiladi.
“Qayerga, qayerga».
Guruh a’zolarining har biri raqam bilan nomlanadi. Ishtirokchilar o’z
raqamlarini eslab qolishlari kerak. Shundan so’ng ular aralashib ketishadi.
Boshlovchi o’rtada turib ikkita sonni aytadi. Shu raqamlar bilan nomlangan
ishtirokchilar «qayerga, qayerga» deb bir-birlarining o’rinlariga o’tib olishlari
zarur. Boshlovchi ham bu orada ochiq qolgan joyni egallashga urinadi. Joysiz
qolgan ishtirokchi o’yinni davom ettiradi.
«Qayta tuzilish».
Ishtirokchilar 2 guruhga bo’linadilar va boshlovchi ishorasi bilan turli
belgilarga ko’ra tezroq safga tizilishga harakat qiladilar (masalan, oyoq kiyimining
o’lchami, tug’ilgan kuni va h.k.lar hisobiga olinishi mumkin).
«Yomg’ir».
Ishtirokchilar aylana ko’rinishida turib olishadi Bunda jimlik hukm surishi
kerak. Boshlovchi hozir siz yomg’ir tovushini eshitasiz, lekin buning uchun mening
harakatlarimni takrorlashingiz kerak», — deydi. Boshlovchi o’rtada turib har bir
ishtirokchining oldiga keladi va uning ko’ziga qarab, muayyan harakatlarni bajarib
57
ko’rsatadi. Har bir ishtirokchi toki boshlovchi butun davrani aylanib kelib boshqa
harakatni ko’rsatmagunicha shu harakatni bajarib turishi zarur.
Harakatlar:
•
Kaftlarni bir-biriga ishqalash;
•
Barmoqlarni qirsillatish;
•
Tizzalarni shapatilash;
•
Tizzalarni shapatilab, oyoqlarni do’pillatish;
•
Tizzalarni shapatilash;
•
Barmoqlarni qirsillatish.
Dostları ilə paylaş: