O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi



Yüklə 315,17 Kb.
səhifə28/30
tarix25.12.2023
ölçüsü315,17 Kb.
#196288
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Jizzax davlat pedagogika instituti-fayllar.org

O’tirib turish.
Hamma ishtirokchilar doira shaklida o’tiradilar.
Yo’riqnoma: «Men sizlarga u yoki bu panjalar sonini ko’rsataman. Ba’zan
bir qo’lda, ba’zan ikki qo’lda, men qo’limni ko’tarishim bilan, shuncha
ishtirokchilar o’rinlaridan turishlari kerak, nechta ekanligini men ko’rsataman.
(ko’p ham, oz ham emas) Masalan: agar men qo’limni ko’tarib to’rtta panjamni
ko’rsatsam (ko’taradi va ko’rsatadi) unda mumkin qadar tezroq sizlardan to’rt kishi
turadi. Qachonki, men kaftimni tushirsam, ular o’tirishlari mumkin».
Trener guruhga bir necha marta u yoki bu panjalarining sonini khrsatadi.
Mashq boshlanishida 5-7 panjani ko’rsatish yaxshiroq bo’ladi, oxiriga borib esa 1-2
ta panjalarni. Mashqning bajarilishi jarayonida trener guruh ishtirokchilarinnig

59
vazifani bajarishga bo’lgan intilishlari haqida mulohaza yuritadi va taalluqli


xulosalar chiqaradi. Muhokama vaqtida trener guruhga bir necha savollar berishi
mumkin: «Biz oldimizga qo’yilgan vazifani bajarishimizda nima yordam berdi,
yoki uning bajarilishini nima qiyinlashtirdi?», «Siz turishga qaror qilganingizda
nimani nazarda tutdingiz? Agar bizda bu vazifani oldindan muhokama qilish, qaror
qilish imkoniyati bo’lganda, ishni qanday tashkil etgan bo’lardik?».

Mevali salat.
O’yin ishtirokchilari doira shaklida o’tirib olishadi, ulardan bittasi
(chaqiruvchi) o’rtada turadi. U uchta odamdan eng yaxshi ko’rgan mevasining
nomini aytishini so’raydi va keyin doira bo’ylab yurib, o’zidan boshlab har bir
ishtirokchiga aytilgan uch xil mevaning nomi bilan «ism» qo’yib chiqadi. Masalan,
agar mevalar — olma, anor, uzum bo’lsa, o’ziga «olma» deb nom qo’yadi va
qolganlarga ham shu tarzda nom qo’yib chiqishni davom ettiradi (ishtirokchilarnng
hammasiga ism qo’yilmaguncha). Shundan so’ng boshqalarga nom bergan
o’rtadagi odam mevalardan birortasining (masalan, olma) nomini aytsa, barcha
«olmalar» o’rinlarini almashishlari lozim bo’ladi, o’rtadagi odam esa ulardan
birining o’rniga o’tirib olishga harakat qilishi kerak. Turib qolgan odam
chaqiruvchi bo’ladi. Agar o’rtadagi odam «mevali salat» desa barcha ishtirokchilar
o’rinlarini almashadilar.
Bu o’yin juda qizikarli va jalb qilish xususiyatiga ega bulib, ishtirokchilar
o’rtasidagi baryerni yo’qotishga va ularni tez o’ylab, tez harakat qilishga undaydi.

60



Yüklə 315,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin