O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi



Yüklə 315,17 Kb.
səhifə21/30
tarix25.12.2023
ölçüsü315,17 Kb.
#196288
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Jizzax davlat pedagogika instituti-fayllar.org

«Mumkin emas...» 

O’yinning borishi:
Guruh ikkiga bo’linadi. Birinchi guruh o’z istak-xohishlarini bayon qiladi,
ikkinchi guruh esa bunga rad javobini berishi kerak. 10 minutdan keyin guruxlar
o’z o’rinlarini almashadilar. O’yin taxminan quyidagicha boshlanishi mumkin:
- Men bugun kechqurun diskotekaga bormoqchi edim.
- Yo’q, mumkin emas, kech bo’lib qoladi.
O’yindan so’ng xohishlarni rad qilish uchun qo’llanilgan dalillar, ularning
sabablari va mazmuni taxlil qilib chiqiladi. Boshlovchi quyidagicha xulosa qilsa
bo’ladi: «Asosli va asossiz rad etishlari bor. Ko’pincha sizga ba’zi taqiqlar
asossizday tuyulishi mumkin, biroq ularda xam maqsad, mazmun borligini inkor
eta olmaymiz. Agar biz istagimiz nega rad etilayotganligini anglasak, tushunsak,
bunga ko’nishimiz osonroq bo’ladi. Ba’zan o’zimiz qilayotgan hatti-harakatlarimiz,
istagimiz noo’rin ekanligini ham anglab turamiz. Bunday holda tushunishimiz qiyin
bo’lgan kechinmalarni his qilamiz».


«Buzuq telefon» mashqi.
Maqsad: Ma’lumot uzatishdagi buzilishlarni anglash.
Ma’lumotni anglangan holda idrok qilish va faol tinglash uslubini
o’zlashtirish.
Yo’riqnoma: «Ushbu mashqimizda 6 kishi ishtirok etishi kerak. Bunda 5
kishi xonadan tashqarida poylab turishadi, 1 kishi esa xonada qoladi. Men xonada

50
qolgan odamga og’zaki topshiriq aytaman. Bu odam iloji boricha hamma


topshiriqni eslab qoladi va ikkinchi (xonadan tashqarida turganlardan biriga)
odamga aytadi. Ikkinchi odam uchinchisiga, uchinchisi to’rtinchisiga va h.k. Biz
esa ma’lumotlar qanday uzatilishini kuzatib turamiz. Keyin esa xuddi shu jarayonni
muhokama qilamiz».
5 ta o’quvchi xonadan chiqqanidan keyin boshlovchi qolgan 1 kishiga
quyidagicha topshiriq aytadi: «Siz maktab direktorining muovinisiz. Direktorimiz
Sobir Komilovich Sizni ancha poyladilar. Lekin kelmaganingizdan so’ng sizga men
orqali topshiriq aytib ketdilar. Aytdilarki, u kishi hozir bizga Yaponiya
apparaturasini olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishga ketdilar, u yerdan chiqib
rayonda kengaytirilgan yig’ilishga borar ekanlar. Agar ular soat 12 gacha
kelmasalar o’qituvchilar majlisini o’zingiz o’tkazar ekansiz, bu majlisda 8 «b»
sinfning davomatini ko’rib chiqish kerak. Keyin soat 15.00 da maktabimizga
Polshadan kelayotgan mehmonlarni kutib olish uchun aeroportga 1 ta «Neksiya»
bilan 1 ta «Damas» avtomashinasini chiqarish kerak ekan. Yana aytdilarki, soat
17.00 da XTBning ijtimoiy ta’minot bo’limidan go’sht kelar ekan. Hamma
o’kituvchilarga 2 kilogrammdan go’sht tarqatib direktorning ulushini xolodilnikka
solib qo’ysangiz o’zlari kelib olib ketar ekanlar».
Shundan so’ng ma’lumotlar birin-ketin kirib kelayotgan o’quvchilarga
uzatila boshlaydi.
Mashq so’ngida odatda ma’lumotning buzilishi kuzatiladi. Mashqda ishtirok
etgan o’quvchilar video yordamida ma’lumot mazmunini bilib oladilar. Shundan
so’ng o’quvchilarga har qanday ma’lumotni birinchi manbadan olish zaruriyati
aytib o’tiladi. Ma’lumotlarning bir kishidan ikkinchi kishiga o’tishi natijasida u
qanchalik o’zgarib ketishi paydo bo’ladigan mish-mish gaplarga asos bo’lishi aytib
o’tiladi.
Ma’lumot uzatishdagi xatolarni bartaraf etish maqsadida faol tinglashni
o’rganish mashqi taklif etiladi. Bu mashq yo’riqnomasiga ko’ra hamma o’quvchilar
uch kishilik guruhlarga bo’linadilar. Bu guruhdagi uch o’quvchi uch xil rolda
ishtirok etadi: gapiruvchi, tinglovchi va nazoratchi.

51
Gapiruvchi hayotdagi biror bir voqyeani aytib beradi va tinglovchi bu


voqyeani iloji boricha esida olib qolib, qaytadan takrorlab aytib berishi kerak.
Nazoratchining vazifasi yo’l qo’yilgan xatolarni aytishdan iborat. Guruhdagi har
bir ishtirokchi uchta roldan birortasida ishtirok etishi shart. Ushbu mashqni bajarish
orqali ishtirokchilar verbalizasiya, ya’ni faol tinglash metodini o’zlashtiradilar.



Yüklə 315,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin