O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fakulteti umumiy psixologiya kafedrasi



Yüklə 315,17 Kb.
səhifə14/30
tarix25.12.2023
ölçüsü315,17 Kb.
#196288
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Jizzax davlat pedagogika instituti-fayllar.org

1. Intervyu usuli. Bunda ishtirokchilar trener tomonidan juftliklarga bo’lib
chiqiladi. Buning uchun ishtirokchilar mevalar, gullar, daraxtlar, hayvonlar,
qushlar va h.k.larning qaysi birini yoqtirishiga qarab ajratiladi. Guruhga
bo’linayotganda 1,2,3 deb raqamlar asosida guruhlarga bo’lish tavsiya etilmaydi.
Juftliklarga bo’linganlaridan so’ng ular bir-birlaridan intervyu oladilar. Buning
uchun savol javoblar uchun ularga 10-15 min. vaqt beriladi. Shundan keyin har bir
ishtirokchi o’zining sherigini guruh a’zolariga qisqa, lo’nda va iloji boricha
batafsilroq tarzda tanishtirishi lozim bo’ladi.


2. Video(audio)tasma usuli — bunda trener tomonidan har bir ishtirokchi
alohida jihozlangan xonaga chaqiriladi va u guruh a’zolariga o’zi hakda nimalarni
aytib berishni istasa, shuni gapiradi. Barcha ishtirokchilar o’zi haqidagi
ma’lumotlarni videotasmaga tushirib bo’lganlaridan so’ng, ularning hammasi
xonaga taklif etiladi va tasma yozuvi qo’yib beriladi.

3. Kartochkalar usuli — har bir ishtirokchi trener tomonidan tarqatilgan
maxsus kartochkaga o’zi to’g’risida nimani tanishtirishni istasa, o’shani yozadi.
Kartochkalarni tablichkaga o’xshatib hamma o’z oldiga qo’yib qo’yishi, oldiga
yoki orqasiga ilib olishi ham mumkin. Hamma bir-birining kartochkasini o’qib
o’zaro tanishadi.
Ko’pincha treninglarda tanishuv jarayonida ishtirokchilardan ismini aytish
bilan birga muloqotga kirishish jarayoniga salbiy va ijobiy ta’sir etuvchi jihatlarini
ham aytib o’tish so’raladi.

25
Treningning kutishlar bosqichida guruh a’zolarining har biridan treningdan


nimalar kutayotganligini so’raladi. Trener ularning kutishlarini bilib shunga qarab
o’z ishini rejalashtiradi. Bunda guruh a’zolari aylana bo’ylab o’zlarining
treningdan kutishlarini, xavotirlari va e’tirozlarini aytib chiqishlari so’raladi.
Trener barcha ishtirokchilarning fikrlarini ularga baho bermasdan, muhokama
qilmasdan, hayron bo’lmasdan, hayrixohlik bilan eshitishi lozim. Shundan
so’nggina guruh, ishlash uchun tayyor hisoblanadi va mashg’ulotlarni boshlash
mumkin bo’ladi.

26



Yüklə 315,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin